Fereshteh Forough
Fereshteh Forough (1985-yilda tugʻilgan[1]) – afgʻonistonlik ijtimoiy faol va mamlakatidagi qizlar uchun birinchi kodlash maktabi – Code to Inspire (CTI)ning bosh direktori hamda asoschisi. Shuningdek, gender tengligi va rivojlanayotgan mamlakatlarda raqamli savodxonlik orqali ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiluvchi ijtimoiy faol ayol.
Taʼlimi
tahrirFereshteh Forough Eronda afgʻon oilasida tugʻilgan. U qochqinlikda katta boʻlgan[2][3]. 2001-yilda Tolibon magʻlubiyatidan bir yil oʻtgach, uning oilasi Afgʻonistonning Hirot shahriga koʻchib oʻtdi[2][4][3].
Forough Eronda adabiyotga ixtisoslashtirilgan maktabni tamomlagan. U dastlab informatika faniga, umuman, texnologiyaga qiziqmasdi, lekin kollejga kirish imtihonini topshirgandan soʻng ushbu sohaga qiziqishi ortdi. Otasi qizini zamonaviy sohalarda sinab koʻrishga undadi[5]. Keyin u Hirot universitetida kompyuter ixtisosligi boʻyicha bakalavr darajasini, keyinchalik Germaniyaning Berlin Texnik universitetida magistrlik darajasini oldi[4].
Faoliyati
tahrirFereshteh Forough magistrlik darajasini olib, Hirotga qaytgach, oʻzining oʻzi tahsil olgan Hirot universitetida informatika professori boʻldi va u yerda uch yil ishladi[4]. 2015-yil yanvar oyida „Code to Inspire“ ga asos solishdan oldin „Womenʼs Annex Foundation“ hammuassisi va boshqaruv kengashi aʼzosi boʻlgan[6][7]. Hozirda Raqamli Fuqarolar Jamgʻarmasi nomi bilan tanilgan ushbu tashkilot notijorat tashkilot boʻlib, qizlar va ayollarni raqamli savodxonlikka oʻrgatadi va rivojlanayotgan mamlakatlardagi qizlarga texnologiya va internetdan foydalanishni taʼminlash uchun faoliyat olib boradi[6][8].
Manbalar
tahrir- ↑ TED Archive (2017-11-20), The IT Women of Afghanistan | Fereshteh Forough, qaraldi: 2017-11-27
- ↑ 2,0 2,1 Brewer, Kirstie. „Meet Afghanistan's female coders who are defying gender stereotypes“ (en-GB). The Guardian (2016-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 27-noyabr.
- ↑ 3,0 3,1 „Fereshteh Forough Is Empowering Afghani Women Through Code – Welcome to World Woman Foundation“ (en-US). www.worldwomanfoundation.com. Qaraldi: 2017-yil 27-noyabr.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 „Want to visit Afghanistan? They're making an app for that“ (en-US). PBS NewsHour (2016-yil 29-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 27-noyabr.„Want to visit Afghanistan? They’re making an app for that“. PBS NewsHour. 29 September 2016. Retrieved 2017-11-27.
- ↑ „Empowering Afghan Girls Through Code with Fereshteh Forough“ (en-US) (2016-yil 26-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 27-noyabr.
- ↑ 6,0 6,1 „How learning to code can bring Afghan girls into the global tech marketplace“ (en-US). Women in the World in Association with The New York Times - WITW (2015-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 27-noyabr.
- ↑ Sinha, Shivika. „Fereshteh Forough: The Decoder - VENEKA.ME“ (en-US). VENEKA.ME (2015-yil 7-iyul). 2018-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-noyabr.
- ↑ „Digital Citizen Fund |“ (en-US). digitalcitizenfund.org. Qaraldi: 2017-yil 27-noyabr.