Foydalanuvchi:Bakhrieva 03/qumloq
Ilon chaqishi | |
---|---|
Tailanddagi bir qizning oyog‘ini kobra chaqib olgan | |
Belgilari | Ikkita teshilgan yara, qizarish, shish, sohada kuchli og‘riq |
Mutaxassislik | Shoshilinch tibbiy yordam |
Asoratlari | Qon ketishi, buyrak yetishmovchiligi, og‘ir allergik reaksiya, tishlov atrofidagi to‘qimalar nekrozi, nafas olishdagi muammolar, amputatsiya, zaharlanish |
Sabablari | Ilonlar |
Xavf omillari | xavflar = Ochiq havoda qo‘l mehnati bilan shug‘ullanish (dehqonchilik, o‘rmonchilik, qurilish) ta’qib qilish[1][2], mastlik[3] |
Oldini olish | Himoya poyabzali kiyish, ilonlar yashaydigan hududlardan uzoq turish, ilonlarga qoʻl tekkizmaslik |
Davolash | Jarohatni sovun va suv bilan yuvish, antizahar |
Prognoz | Ilon turiga bogʻliq |
Takrorlanishi | Yiliga 5 milliongacha |
Oʻlim holati | Yiliga 94 000 tadan – 125 000 gacha |
Ilon chaqishi – ayniqsa, [[zaharli ilon]] chaqishi natijasida kelib chiqadigan jarohat hisoblanadi[4]. Zaharli ilon chaqqanining umumiy belgisi asosan hayvon panjasidagi ikkita teshilgan jarohatning mavjudligi hisoblanadi. Baʼzan tishlab zahar yuborish holatlari ham kuzatiladi[5]. Bunday paytda sohaning qizarishiga, shishishiga va kuchli ogʻriq paydo boʻlishiga olib kelishi, baʼzi hollarda esa bunday belgilar bir soatgacha paydo boʻlmasligi ham mumkin. Bundan tashqari qusish, koʻrishning xiralashishi, oyoq-qoʻllarning jimirlab turishi va terlash holatlari ham yuzaga kelishi mumkin. Aksariyat tishlashlar (ilonning chaqishi) qoʻllarda, yoki oyoqlarda boʻladi[6][7]. Ilon chaqqandan keyin qoʻrquvni his qilish keng tarqalgan boʻlib, u yurak urishining tezlashishi (taxikardiya) va hushidan ketish kabi alomatlarni paydo qilishi mumkin[6]. Zahar – qon ketishi, buyrak yetishmovchiligi, kuchli allergik reaksiya, chaqqan joy atrofidagi toʻqimalarning oʻlishi (nekrozi) yoki nafas olish qiyinchiliklarini keltirib chiqarishi[8][5], bundan tashqari ilon chaqishi oqibatida qoʻl-oyogʻini yoʻqotish, boshqa surunkali muammolar va hatto oʻlimga ham olib kelishi mumkin[9][5].
Natija yaʼni nimalar sodir boʻlishi ilonning turiga, chaqqan tananing qismiga, yuborilgan zahar miqdoriga, bemor odamning umumiy sogʻligʻiga va shifokor tomonidan oʻz vaqtida ilon zahariga qarshi zardob yuborilganligiga bogʻliq boʻladi[9][10]. Muammolar koʻpincha bolalarda kattalarga qaraganda jiddiyroq boʻladi, chunki ularning tana oʻlchami kichik[11]. Ilon zahariga qarshi allergik reaksiyalar vaziyatni yanada murakkablashtirishi mumkin. Bu anafilaksiyani oʻz ichiga olishi mumkin boʻlib, qoʻshimcha davolanishni talab qiladi va baʼzi hollarda esa oʻlimga ham olib kelishi mumkin[9].
llonlar ov qilish paytida, bundan tashqari oʻzini himoya qilish uchun ham chaqadi. Qishloq xoʻjaligi, oʻrmonchilik va qurilish kabi sohalarda tabiat qoʻynida qoʻl bilan ishlash xavf omili hisoblanadi. Tashqarida qoʻl bilan ishlash ilon chaqishi uchun sharoit hisoblanadi. Masalan, qishloq xoʻjaligida, oʻrmonchilikda va qurilishda[8][5]. Zaharlanishga koʻpincha sabab boʻladigan ilonlarga elapidlar (masalan, kraitlar, kobralar va mambalar), viperlar va dengiz ilonlari kiradi[12]. Aksariyat ilon turlarida zahar yoʻq va ular oʻz oʻljalarini boʻgʻish (siqish) orqali oʻldiradi[6]. Zaharli ilonlar Antarktidadan tashqari qolgan barcha qitʼalarda uchraydi. Chaqishga sabab boʻlgan ilon turini aniqlash koʻpincha mumkin emas[12]. Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkilotining taʼkidlashicha, ilon chaqishi „Koʻpgina tropik va subtropik mamlakatlarda eʼtibordan chetda qoladigan sogʻliqni saqlash muammosi“dir[13] hisoblanadi va 2017-yilda JSST ilon chaqishi bilan zaharlanishni eʼtibordan chetda qolgan tropik kasallik sifatida tasnifladi (A toifa). Shuningdek, JSSTning hisob-kitoblariga koʻra, har yili 4,5 milliondan – 5,4 milliongacha odam tishlanadi va bu raqamlarning 40-50 foizida qandaydir klinik kasallik rivojlanadi[14]. Bundan tashqari, bunday jarohatlardan vafot etganlar soni yiliga 80 000 dan 130 000 gacha boʻlishi mumkin. Ilon chaqishi bilan zaharlanishning tarqalishi[15][14]. Bundan koʻzlangan maqsad „Rivojlanayotgan mamlakatlar“da tadqiqotlarni ragʻbatlantirish, zaharlarga qarshi vositalarning mavjudligini kengaytirish va ilon chaqishiga qarshi kurashni takomillashtirishdan iborat edi[16].
Ilon chaqishining oldini olish uchun himoyalovchi poyabzal kiyish, ilonlar yashaydigan joylardan qochish va ilonlarga tegmaslik kerak[8]. Davolash qisman ilonning turiga bogʻliq[8]. Jarohatni sovun va suv bilan yuvish va oyoqni ushlab turish tavsiya etiladi[8][12]. Zaharni soʻrib olishga urinish, jarohatni pichoq bilan kesish yoki turniketdan foydalanish tavsiya etilmaydi[8]. Antizahar oʻlimning oldini olishda samarali; ammo antizaharlar koʻpincha yon taʼsirga ega. Zarur boʻlgan antitanachaning turi, ishtirok etayotgan ilonning turiga bogʻliq[12]. Ilonning turi nomaʼlum boʻlsa, antizahar foyda bermaydi. Antizahar koʻpincha hududda maʼlum boʻlgan turlarga qarab beriladi[12]. Dunyoning ayrim hududlarida toʻgʻri turdagi antizahar topish qiyin boʻlib, bu holat qisman ularning baʼzan samarali ishlamasligiga sabab boʻladi[5]. Yana bir qoʻshimcha muammo esa – bu dorilarning narxi[5]. Zahar qarshi vosita tishlov sohasining oʻziga deyarli taʼsir koʻrsatmaydi[12]. Bemorning nafas olishini qoʻllab-quvvatlash baʼzan zarur boʻladi[12].
Belgi va alomatlari
tahrirBarcha ilon chaqqanida eng koʻp uchraydigan dastlabki belgi – bu kuchli qoʻrquv hissi boʻlib, u boshqa alomatlarga sabab boʻlishi mumkin. Bu alomatlarga koʻngil aynishi, qusish, ich ketishi, bosh aylanishi, hushdan ketish, yurak urishining tezlashishi hamda terining sovuq va nam boʻlib qolishi kabilar kiradi.[6][20]. Ilon chaqishi turlariga qarab turli xil belgi va alomatlarga ega boʻlishadi[9].
Qurgʻoq ilon chaqishi va zaharli boʻlmagan turlar tomonidan yetkazilgan chaqishlar ham jiddiy jarohatlar keltirib chiqarishi mumkin. Chaqish joyi ilon soʻlagidan yalligʻlanishi mumkin. Ilon tishlari baʼzan patogen mikroorganizmlarni, jumladan „Clostridium tetani“ni oʻzida saqlashi mumkin, shuning uchun tetanus immunizatsiyasini yangilash talab etiladi[21][14].
Aksariyat ilon chaqishi, zaharli yoki zaharli boʻlmagan ilon chaqishi mahalliy taʼsirga ega boʻladi[22]. Ozroq ogʻriq va qizarish 90 foizdan ortiq hollarda uchraydi, lekin baʼzi joylarga qarab farq qilinadi[6]. Ilon va baʼzi kobralarning chaqishi juda ogʻriqli boʻlishi mumkin. Mahalliy toʻqima baʼzan besh daqiqa ichida nozik va kuchli shishga aylanadi. Bunday paytda sohada qon ketishi va pufakchalarning paydo boʻlishi hamda toʻqimalar nekroziga olib kelishi mumkin. Ilon va ilon chaqishining boshqa keng tarqalgan boshlangʻich alomatlariga lanjlik, qon ketish, holsizlik, koʻngil aynishi va qusish kabilar kiradi[6]. Simptomlar vaqt oʻtishi bilan hayot uchun xavfli boʻlib, gipotoniya, ogʻir taxikardiya, ogʻir ichki qon ketish, oʻzgargan sensor, buyrak yetishmovchiligi va nafas yetishmovchiligiga aylanishi mumkin.
Baʼzi ilonlar, jumladan kraits, marjon iloni, Mojave choʻqmorili iloni va Crotalus mitchellii (dogʻli choʻqmorili ilon) kabi turlarning chaqishi, ularning jiddiy va hayot uchun xavfli zahariga qaramasdan, ozgina ogʻriq keltirishii yoki umuman ogʻriq keltimasligi mumkin[6]. Baʼzi odamlar ayrim turdagi shaqildoq ilonlar chaqqanidan soʻng ogʻizlarida „rezinaga oʻxshash“, „yalpizsimon“ yoki „metalga oʻxshash“ taʼm sezishlarini aytishadi[6]. Tupuradigan kobralar va rinkallar odamning koʻziga zahar purkashi mumkin. Bu darhol qattiq ogʻriq, koʻz harakati falaji va baʼzan koʻrlikka olib keladi[23][24].
Baʼzi Avstraliya elapidlari va koʻpchilik ilonlarning zahari koagulopatiyani keltirib chiqaradi, baʼzida shunchalik ogʻir holatda boʻladiki, odam ogʻzi, burni va hatto eski, tuzalgan deb oʻylangan yaralardan oʻz-oʻzidan qon oqishi mumkin. Miya va ichaklar kabi ichki aʼzolardan ham qon ketishi mumkin[26]. Koʻpincha terida ekximoz (qontalashlar – koʻkarishlar) paydo boʻladi[27].
Baʼzi kobralardan chiqadigan zahar, deyarli barcha ilonlar va baʼzi dengiz ilonlari, mushak toʻqimasini nekrozga olib keladi. Butun tana boʻylab muskul toʻqimalari oʻla boshlaydi, bu holat rabdomioliz deb ataladi. Rabdomioliz buyrak kanalchalarida mioglobinning toʻplanishi natijasida buyraklarga zarar yetkazishi mumkin. Bu holat gipotenziya bilan birgalikda o‘tkir buyrak shikastlanishiga olib kelishi va davolanmasa, oxir-oqibat oʻlimga sabab boʻlishi mumkin.
Ilon chaqishi, shuningdek, omon qolganlarning koʻp qismida tushkunlik va jarohatdan keyingi stress holatini keltirib chiqarishi ham aniqlangan[28].
- ↑ „Eldorado - Outdoor Safety & Ethics“.
- ↑ „What to do if you encounter a rattlesnake“.
- ↑ „Alcohol and Snake Bites – Reptiles Magazine“ (2011-yil dekabr).
- ↑ „Definition of Snakebite“ (en). www.merriam-webster.com. Qaraldi: 2019-yil 17-iyun.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 „Animal bites: Fact sheet N°373“. World Health Organization (2015-yil fevral). 2015-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-may.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 6,6 6,7 "Bites of venomous snakes". The New England Journal of Medicine 347 (5): 347–356. August 2002. doi:10.1056/NEJMra013477. PMID 12151473.
- ↑ "Venomous snakebites". Journal of Emergency Medical Services 39 (6): 58–62. June 2014. PMID 25109149.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 8,3 8,4 8,5 „Venomous Snakes“. U.S. National Institute for Occupational Safety and Health (2012-yil 24-fevral). 2015-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-may.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 9,3 Eske, Jamie; Biggers, Alana „How to identify and treat snake bites“ (English). Medical News Today. Healthline Media UK Ltd (2018-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 4-may.
- ↑ Rosen's emergency medicine: concepts and clinical practice, 7, Philadelphia: Mosby/Elsevier, 2010 — 746-bet. ISBN 978-0-323-05472-0.
- ↑ World Report on Child Injury Prevention (en). World Health Organization, 2008 — 128-bet. ISBN 978-92-4-156357-4.
- ↑ 12,0 12,1 12,2 12,3 12,4 12,5 12,6 „Neglected tropical diseases: Snakebite“. World Health Organization. 2015-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-may.
- ↑ „Snake antivenoms: Fact sheet N°337“. World Health Organization (2015-yil fevral). 2017-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-may.
- ↑ 14,0 14,1 14,2 Langley, Ricky; Haskell, Marilyn Goss; Hareza, Dariusz; King, Katherine (October 2020). "Fatal and Nonfatal Snakebite Injuries Reported in the United States". Southern Medical Journal 113 (10): 514–519. doi:10.14423/SMJ.0000000000001156. PMID 33005969.
- ↑ [https://web.archive.org/web/20170922113845/http://www.who.int/snakebites/epidemiology/en/ ]. Accessed April 15, 2019
- ↑ „WHO | Snakebite envenomation turns again into a neglected tropical disease!“. WHO. 2017-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 17,0 17,1 MedlinePlus – Snake bites (Wayback Machine saytida 4 December 2010 sanasida arxivlangan) From Tintinalli JE, Kelen GD, Stapcynski JS, eds. Emergency Medicine: A Comprehensive Study Guide. 6th ed. New York, NY: McGraw Hill; 2004. Update date: 27 February 2008. Updated by: Stephen C. Acosta, MD, Department of Emergency Medicine, Portland VA Medical Center, Portland, OR. Review provided by VeriMed Healthcare Network. Also reviewed by David Zieve, MD, MHA, Medical Director, A. D. A. M., Inc. Retrieved on 19 mars, 2009
- ↑ Health-care-clinic.org – Snake Bite First Aid – Snakebite (Wayback Machine saytida 16 January 2016 sanasida arxivlangan) Retrieved on 21 mars, 2009
- ↑ Snake bite image example at MDconsult – Patient Education – Wounds, Cuts and Punctures, First Aid for (Wayback Machine saytida 7 January 2016 sanasida arxivlangan)
- ↑ "Envenomation by the Eastern coral snake (Micrurus fulvius fulvius). A study of 39 victims". JAMA 258 (12): 1615–1618. September 1987. doi:10.1001/jama.258.12.1615. PMID 3625968.
- ↑ Otten E, Blomkalns A. Venomous animal injuries. In: Marx J, Hockberger R,Walls R, eds. Rosenʼs Emergency Medicine: Concepts and Clinical Practice. St Louis: Mosby; 2002
- ↑ „Snakebites in Nepal are a medical emergency. Here are things you should know about them“. Online Khabar (2023-yil 3-iyun). Qaraldi: 2023-yil 21-iyun.
- ↑ "Snake venom ophthalmia and blindness caused by the spitting cobra (Naja nigricollis) in Nigeria". The American Journal of Tropical Medicine and Hygiene 25 (3): 525–529. May 1976. doi:10.4269/ajtmh.1976.25.525. PMID 1084700.
- ↑ "The ocular effects of spitting cobras: I. The ringhals cobra (Hemachatus haemachatus) venom-induced corneal opacification syndrome". Journal of Toxicology. Clinical Toxicology 31 (1): 31–41. 1993. doi:10.3109/15563659309000372. PMID 8433414.
- ↑ "Confronting the neglected problem of snake bite envenoming: the need for a global partnership". PLOS Medicine 3 (6): e150. June 2006. doi:10.1371/journal.pmed.0030150. PMID 16729843. PMC 1472552. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=1472552.
- ↑ Cuhna, John P. „Symptoms and Signs of Snakebite (Snake Bite)“. eMedicineHealth. WebMD (2021-yil 6-avgust). Qaraldi: 2022-yil 26-iyul.
- ↑ Peterson, Michael E.; Talcott, Patricia A. (2013). "Snake Bite: North American Pit Vipers". Small Animal Toxicology: 783–797. doi:10.1016/B978-1-4557-0717-1.00075-2. ISBN 978-1-4557-0717-1. https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/B9781455707171000752.
- ↑ "Mental health conditions after snakebite: a scoping review". BMJ Global Health 5 (11): e004131. November 2020. doi:10.1136/bmjgh-2020-004131. PMID 33257419. PMC 7705584. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=7705584.