Malika Erkinjonova
BOLA TARBIYALASHNING ANDAZASI YO'Q
Shu paytga qadar men tashqi muhitning bolaning kelajak hayotidagi ahamiyati haqida so'z yurutdim. Ko'pgina oilalarda, shu jumladan yapon xonadonlarida ham aynan ona bolalar tarbiyasi uchun mas'uliyatni o'z bo'yniga oladi. Ammo men aytmoqchi bo'lgan yosh bolalar tarbiyasi bilan shug'ullanuvchi har bir insonga taalluqlidir.
Avvalambor, ona, albatta, bolaning qaysi rivojlanish bosqichida ekanligini inobatga olgan holda butun e'tiborini va tashabbuskorligini bola tarbiyasiga qaratish kerak.
Men ochiq-oydin taklif qilayotgan maslahatlarni har bir ona tavsiya deb bilib, bolaning fe'l atvoriga va kamolga yetish bosqichiga mos ravishda tanlab, o'z qarorini chiqarishni hamda takliflarni o'z ixtiyoriga ko'ra qabul etish-etmasliklari mumkin.
Har safar bolani yaxshi musiqa va rasmlar bilantanishtirishni tavsiya etganimda talabchan onalar "yaxshi" musiqa va "haqiqiy" rasm degandanimani nazarda tutishimni so'raydilar. Betxovenmi yoki Motsart? Van Gogmi yoki Pikasso? Albatta, ba'zida biz mutaxasizlar bilan maslahatlashgandan so'ng aniq tavsiyalar beramiz.
Biroq ota-onalar bizning tavsiyalarni bolaning xususiyatlaridan kelib chiqib, moslashtirishlari, o'zgarmas qoida sifatida qabul qilmasliklari lozim.Yaponlar qoida sifatida tayyor andazalarni qidiradilar: ular o'zlarini aniq bir sharoitda qanday tutish kerakligini aytmaguncha ishonch hosil qilmaydilar. Ammo, tarbiyada, ayniqsa, go'daklikdagi tarbiyada tayyor formulalar bo'lishi mumkin emas. Agar ona o'z bolasi uchun biron narsani yaxshi deb o'ylasa, ushbu narsani g'odakka kechiktirmagan holda berishi kerak.
Mening fikrimcha, bunday tayyor qoida va me'yorlarga doim shubha bilan qaramoq zarur!