Malika Erkinjonova
2022-yil 22-iyulda qoʻshildi
Sakkiz oydan boshlab go'dak qo'llariga qalam ushlay oladi. Bolaning sog'lom rivojlanayotganini boshqa omillardan ko'ra uning ushlab turush qobiliyati namoyon etadi. Bu yoshda bola onasini noiloj holatda qoldirib kitoblarni yirta, o'yinchoqlarni bo'laklarga ajrata boshlaydi. Boshqacha qilib aytganda, bola o'z shaxsiyatini namoyon qiladi.
Bolaning xatti-harakatlarini aql bilan yo'naltirish darkor. Chunki bu kelajakda ijod qilish qobiliyatini shakllantiradi. Unga rangli qalamlar tutqazing. U esa, albatta, istagan joyini bo'yay boshlaydi. Agar unga qog'oz bersanggiz, bir nechta qiyshiq chiziqlar chizadi va, ehtimolki, uni yirtib yuboradi. Siz uchun bu qing'ir-qiyshiq yozuvlar, ammo bola uchun o'z fikrini ifodalashdir.
11:48, 24-Iyul 2022 (UTC)
Bolalar uchun piyoda yurish foydali
tahrir
Bolalar uchun piyoda yurish foydali
Avtomashinalar qatnovi tufayli biz ko'chada o'ynayotgan bolalarni ko'rmaymiz. Onalari ularni qo'llaridan ushlaydilar, o'zlari kalovlanib yurishlariga ruxsat bermaydilar. Siz farzandingiz tezligida sekin yurishga vaqtingiz yo'qligidan shikoyat qilishdan avval piyoda yurish unga naqadar foydali ekanligi haqida o'ylab ko'ring.
Piyoda yurganda butub tana harakatlanadi. Tanamizdagi 639 mushakdan 400tasi piyoda yurganda ishtirok etadi. Boshqa jismoniy mashqlardan farqli ravishda, piyoda yurganda bosim va bo'shashish bir maromda almashib turadi. To'gri yo'lda yurganda bir oyoqning mushaklari taranglashadi va boshqa oyoqdagisi dam oladi. Energiya sarflamasdan ravon harakat vujudga keladi.
Oyoqni sudirab yuruvchi odamlar yurishni boshlagan paytlarida doim katta oyoq kiyim kiyganlar degan yangicha fikr bor. Katta oyoq kiymda yurganida oyog'idan sirg'anib ketaverganidan shunday bo'lib qoladi. Rost yoki yolg'onligi aniq emasku, shunday bo'lishi ham mumkin.
Malika Erkinjonova (munozara) 12:08, 24-Iyul 2022 (UTC)