Foydalanuvchi:Mamajonova Gulasal/qumloq
Shahzoda Husayn (Qazvin) maqbarasi
tahrirImomzoda shahzoda Husayn maqbarasi Qazvin shahrida joylashgan, u Ali bin Muso ar-Rizo oʻgʻli hisoblanadi. U 2 yoshida Marvga sayohat qilib, Qazvindan o‘tayotganda shu shaharda vafot etib, osha yerni o`zida yerda dafn etilgan.
Hozir uning ziyoratgohi Qazvin Salamgoh ko‘chasida joylashgan
Tarixi
tahrirAli bin Muso ar-Rizoning Qazvinga safari Xuroson safari chog'ida yashirincha sodir bo'lgan. Ali bin Muso ar-Rizo “Dovud ibn Iso G‘oziy”ning uyida qoladi va ikki yoshli o‘g‘li kasallik tufayli Qazvinda vafot etadi. O`g`lini shu yerda dafn qiladi.
Safaviylar hukmronligi davrida bu Imomzoda uchun ko‘plab binolar qurilib, keyinchalik shahzoda Husayn nomi bilan mashhur bo‘lgan. U Qazvin ahlining ziyoratgohiga aylangan. Shahzoda Husaynning qurilish majmuasiga quyidagilar kiradi: kirish darvozasi, gumbazli bino, ayvon, meyancer, ayvon, maqbara va markaziy hovli yoki maqbaraning atrofidagi xonalar. Shahzoda Husayn majmuasiga shimol tomondan kirish joyi Safaviylar va Qojar shaharlarining kirish darvozalariga o‘xshagan. Kirishda ark yo‘lak va oltita minora bor, ularning har biri chiroyli koshinlar bilan bezatilgan.
Qurilish xususiyatlari
tahrirShahzoda Husayn maqbarasi shimoli va janub qismlarida ikkita kirish eshigi mavjud bo‘lib katta hovlining o‘rtasida joylashgan. Hovli atrofida turli dizayndagi jozibador koshinlar bilan bezatilgan ayvonlar qad ko‘targan. Shahzoda Husayn maqbarasining kirish eshigida moqranlar ish va turli naqshinkor bezaklar mavjud bo‘lib, Qajarlar davrida unga ayvon qo‘shib, yangi qiyofaga kiritildi. Maqbaraning gʻarbiy va sharqiy qismlarida “Bala Sar” va “Paisin Paʼ” nomlari bilan tanilgan boʻlgan, suvoq va koshin bilan qoplangan ikkita ayvon qurilgan. Shahzoda Husayn maqbarasining ichki qismi ranglar gammasi bilan o’ynatilgan ya’ni yetti rangli loy koshinlar bilan bezatilgan, uning tanasi oyna naqshlari bilan bezatilgan va gumbaz ostida lapis lazuli fonida uchburchak shaklida bitiklar bitilgan. Shahzoda Husayn kollektsiyasining eng qadimiy va eng go‘zal asari bu to‘plamga hijriy 967-yilda qo‘shilgan naqshlarga boy mohirona ishlangan yog‘och eshikdir. Marmar koshinlar bitigiga ko‘ra, bu majmua hijriy 1040-yilda Shoh Tahmasab Safaviyning qizi Zaynab begimning amri bilan qayta qurilib va boyitilib, qabriga yog‘och sandiq yasatilib o‘rnatilgan.
- Eron arxitekturasi - کتاب تاریخ هنر معماری ایران در دورهٔ اسلامی
- پایگاه اطلاعرسانی آستان امامزاده شاهزاده حسین