Foydalanuvchi:Usmonov Gayrat/Nigeriyada banditlar urushi

Nigeriya banditlari urushi – Shimoliy-Gʻarbiy Nigeriyada sodir boʻlgan turli etnik va jinoiy toʻdalar oʻrtasidagi qurolli toʻqnashuvdir. Bu urushlar 2011-yilda mahalliy dehqonlar va chorvadorlar oʻrtasidagi nizolar bilan boshlangan. Nigeriya chorvadorlari asosan musulmonlar boʻlishgan va ular fulanilar millatiga mansub boʻlishgan, fermerlar esa boshqa millatga mansub nasroniylar boʻlganligi sababli ular oʻrtasidagi nizolar etnik va diniy tus oladi. Tez orada bu toʻqnashuvlarga uyushgan jinoiy guruhlar va qurolli jihodchi guruhlar aralashdi.

Mojaroning paydo boʻlishi

tahrir

Nigeriyadagi banditlar urushining boshlanishiga nigeriyalik fermerlar va chorvadorlar oʻrtasidagi koʻplab qurolli toʻqnashuvlar sabab boʻlgan. Ekologiyaning buzilishi, suv va haydaladigan yerlarning tanqisligi ushbu cheklangan tabiiy resurslar uchun mahalliy jamoalar oʻrtasida qattiq raqobatga olib kelgan. Vaziyat ishsizlik, qashshoqlik va mahalliy hokimiyatlarning zaifligi tufayli murakkablashdi. Bu esa koʻproq umidsiz odamlarning tirikchilik uchun jinoyatga qoʻl urishiga sabab boʻldi. Katta oʻrmonlarda koʻplab qurollangan guruhlar yashirinib, oʻz lagerlarini qurishgan. Yetarlicha maxsus jihozlar va tayyorgarlikka ega boʻlmagan harbiylar va politsiya ular joylashgan yerga yetib bora olmas edi[1].

Mojaroning kuchayishi

tahrir

Uzoq davom etgan nizolar, yerning choʻllanishi va jihodchilarning taʼsiri quroli toʻqnashuvlarning koʻpayishiga olib kelgan (birinchi navbatda, toʻlov uchun odam oʻgʻirlash). Yirik hajimdagi qurol kontrabandasi jinoiy guruhlarga ogʻir qurollarni qoʻlga kiritish imkonini berdi. Bunday qurollar qoʻllanilgan hujumlarda koʻplab odamlarning hayoti zomin boʻldi, milliardlab dollar moddiy zarar keltirdi va xorijiy sarmoyalarni toʻxtatishiga sabab boʻldi. Nigeriya hokimiyati bu banditizmga samarali qarshi tura olmagan. Chunki ham federal, ham mahalliy politsiya xodimlari yetarli darajada qurol va maxsus jihozlar bilan taʼminlanmagan va zich oʻrmonlarda ishlashga tayyor emas edilar. Bundan tashqari, politsiyachilar tez-tez pistirmalarga uchrab tutgan va koʻpi shavqatsizlarcha oʻldirilgan[2].

Odam oʻgʻirlash biznesi

tahrir

Nigeriyadagi qurolli banditlar koʻpincha mototsikllarda mahalliy aholini talon-taroj qilish va oʻgʻirlash maqsadida qishloqlarga kelishgan. Agar tinch aholi qarshilik koʻrsatmoqchi boʻlsa ularni oʻldirishgan. Toʻlov evaziga odam oʻgʻirlash Nigeriyaning shimoli-gʻarbiy qismida juda daromadli jinoiy biznesga aylangan. 2011-yildan 2020-yilgacha nigeriyaliklar oilasi va yaqinlarini ozod qilish uchun kamida 18 million naira toʻlashga toʻgʻri kelgan[3].

Qurol savdosi

tahrir

Noqonuniy qurollar savdosi Nigeriyaning shimoli-gʻarbiy qismida keng tarqalgan. U yerda jinoiy guruhlar oltin qazib olish operatsiyalarini nazorat qilishgan. Shuningdek ular oltindan mahalliy va xalqaro savdogarlardan qurol sotib olish uchun foydalanganlar[4]. Nigeriyada yiliga 60 000 ga yaqin qurol-aslaha savdosi amalga oshiriladi. Nigeriyaning shimoli-gʻarbiy chegarasi atigi 1950 nafar chegarachi tomonidan qoʻriqlanadi va bu qurol-yaroq kontrabandasini olib oʻtishni osonlashtiradi[5].

Urushayotgan tomonlar

tahrir
 
Banditlar bazasida, 2021-yil fevral

Birgina Zamfara shtatida 2021-yilda 30 mingdan ortiq banditlar va 100 dan ortiq ularning lagerlari borligi aniqlangan[6] .

Ali Kachalla guruhi

tahrir

Ali Kachalla nomi bilan mashhur boʻlgan Ali Kavaje Dansadau yaqinidagi kichik Madada shahrida tugʻilgan. U 30 yoshida Cuyambana oʻrmoniga koʻchib oʻtgan. Ali 200 ga yaqin aʼzodan iborat toʻdaning rahbari hisoblanadi (inglizcha: Kuyambana Forest). Ushbu guruhning asosiy bazasi Dansadaudan 25 kilometr janubda Goron Dutse daryosi yaqinidagi bir nechta kulbalarda joylashgan. Guruh Dandalla, Madada va Gobirava Kvacha aholi punktlarini bevosita nazoratini oʻz qoʻliga olishgan. Ular u yerdan Dansadau va boshqa qoʻshni aholi punktlariga hujumlar amalga oshirib turishgan. Ali Kachala guruhining ittifoqchisi Dodo Gide hisoblangan[7].

Manbalar

tahrir
  1. „Combating Banditry in Northwest Nigeria“. American Security Project. 2021-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  2. „Why insurgent and bandit attacks are intensifying in Nigeria“. TRTworld (2021-yil 7-may). 2021-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  3. „Katsina: The motorcycle bandits terrorising northern Nigeria“. BBC (2020-yil 5-iyul). 2021-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-iyul.
  4. „Small Arms Proliferate in Nigeria“. 14 North. 2021-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
  5. Azeez, Wasilat „'N20k to transport AK-47, N5k for ammunition' – insider's account on banditry business in Zamfara“. TheCable (2021-yil 11-sentyabr). 2023-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-aprel.
  6. „30,000 bandits terrorising my state, says Gov Matawalle“. The Nation (2021-yil 3-aprel). 2021-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
  7. „Another notorious terrorist, 'Ali Kachalla', others killed in NAF airstrike in Niger“. Vanguard (2023-yil 12-dekabr). 2023-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-dekabr.