Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Boburmirzo Hakimov!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

Umarxon III (munozara) 11:22, 25-May 2022 (UTC)

Ism Familiya

tahrir

Oʻzbekcha Vikipediyada kishi haqidagi maqolalarni "Familiya Ism" formatida emas, balki "Ism Familiya" formatida nomlang. Shunda, Alimxodjayeva Paraxat maqolasini Paraxat Alimxodjayevaga koʻchirishingiz kerak boʻladi. Mana bu jumlaga eʼtiboringizni qaratmoqchiman: "Alimxodjayeva Paraxat Rustamovna — (ruscha: Алимходжаева Парахат Рустамовна) Tibbiyot akademiyasi tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi professori". Bu yerda, tire qavsdan keyin qoʻyilishi lozim. Bu ismni nega ruschasini ham yozyapsiz? Aslida, ruschasi umuman kerak emas. Malikxan munozara 13:20, 1-Iyul 2022 (UTC)

Assalom u alaykum @Malikxan aka
Tushunarli ko'chirib qoyaman ism familyalik shakliga. Ruschasini qo'yganimni sababi google orqali shu shaklda iizlashganda(auditoriya nuqtayi nazaridan) maqolani chaqirib olishi osonlashadi degan maqsadni ko'zlagan edim. tire masalasidagi tavsiyangiz uchun alohida rahmat , rostanam diqqat qilmabman. Boburmirzo Hakimov (munozara) 14:00, 1-Iyul 2022 (UTC)

Salom. Bir iltimos, sanalarni chiziqcha bilan yozing (10 mart emas, 10-mart; 2008 yil emas, 2008-yil va hk). --Amir.Temur (munozara) 17:06, 3-Iyul 2022 (UTC)

Assalom u alaykum! xo'p bo'ladi, rahmat Boburmirzo Hakimov (munozara) 17:09, 3-Iyul 2022 (UTC)

Plagiat!

tahrir

Yaratayotgan ko'plab plagiat maqolalaringiz uchun hozircha bir haftaga bloklandingiz! Keyingi safar bir oyga va cheksiz muddatga bloklanasiz! Jamshid Nurqul (munozara) 08:42, 8-Iyul 2022 (UTC)

Zebiniso Kamalova maqolasi oʻchirishga nomzod qilib koʻrsatildi

tahrir
 

Siz tomoningizdan yaratilgan Zebiniso Kamalova maqolasi oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatildi. Chunki, maqolangiz Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga mos kelmaydi, shuning uchun oʻchirilishi lozim.

Maqolangizni oʻchirish masalasi konsensusga erishilgunga qadar Vikipediya:Oʻchirishga/Zebiniso Kamalova sahifasida muhokama qilinadi. Muhokamada hamma, jumladan siz ham qatnasha olasiz.

Muhokama davomida ham maqolada tahrirlar qilishingiz mumkin, biroq uning tepasidagi {{oʻchirishga}} andozasini olib tashlamasligingiz kerak. Salazarov 09:26, 4-Avgust 2023 (UTC)