KILT. Shatlandiya milliy libosi. Shatlandiyalik erkaklar kiyib yuradigon yubka kilt deb ataladi. Nni kiyib yurish ko‘p asrlar davomida milliy an’anaga aylangan. Shotlandlarning so‘zlariga ko‘ra, bunday kiyimlar ularning yengilmas ruhga ega ekanliklari belgisidir, deydi.

Kilt tarixi

Kilt tog‘liklar davrida paydo bo‘lgan. Kuchli Shotlandiya erkaklari bu kiyim turli baland pastliklardan oson yurishga yordam berishini aytishgan. Shuningdek, kilt ko‘chada uxlashga to‘g‘ri kelganda ko‘rpa vazifasini bajargan.

Shotlandiya xalqi o‘z milliy libosini mardlik, jasorat va erkinlik ramzi deb bilishadi. Ular bir necha marta kilt kiyish huquqini himoya qilishlariga to‘g‘ri kelgan. XVIII asrda Shotlandiya o‘z mustaqilligini yo‘qotadi. Mamlakatning yangi hukmdorlariga aylangan inglizlar erkaklarga katak-katak yubka kiyishni taqiqlaydi.

O‘z urf-odatlariga sodiq bo‘lgan shotland erkaklari shimlarni tayoqchalarga kiyg‘izib qo‘yib, o‘zlarining milliy kiyimlarini kiyib gerdayib yurishgan. Bu holatlar ba’zan hibsga olish va qamoq jazosi bilan yakunlangan bo‘lsa-da ozodlikni sevadigan odamlar bundan qo‘rqishmagan.

Mamlakatda klanlar jangi haqida afsona bor. Afsona Shotlandiya va Irlandiya tog‘lari orasida bo‘lib o‘tgan jangda shotlandlar irlandlarning 7 ming kishilik qo‘shinini qanday mag‘lub qilganligi haqida bo‘lib, o‘shanda tog‘lardan qo‘rqmaydigan shotlandlar kiltlarini yechib bitta ko‘ylakda kurashgan ekan. Bu urush tarixga “ko‘ylakli jang” nomi bilan kirgan.

Kilt qanday yaralgan?

Qadimgi davrlarda kilt bir-biriga tikilgan ikkita jun qoplamadan yaratilgan. Uning uzunligi 7-8 metrga yetgan. Erkaklar uni beliga o‘rab, matoning qolgan qismini yelkasiga tashlab olishgan. Keyinchalik milliy kiyimlarning ko‘rinishi o‘zgargan. Oddiy ishchilarga qulay bo‘lishi uchun “ortiqcha mato”dan qutulishga qaror qilingan. Shu bilan uzunligi tizzadan tushib turadigan zamonaviy kilt yaratilgan va u “kichik kilt” deb nomlangan.

Shotland erkaklarining kiyimiga qarab uning qaysi tabaqaga mansubligini aniqlash mumkinligi haqida juda kam odamlar biladi. Kiltning rangi, tikilishi va chiziqlarining soni shotlandlarning barcha sirlarini ochib beradi. Masalan, kambag‘al va uy xizmatchilari bir rangdagi yubka kiygan, fermerlar 2 xil, ofitserlar 3 xil, harbiy qo‘mondonlar 5 xil, yozuvchi va shoirlar esa 6 xil rangdan iboratlilarini kiygan. Rahbarlarga 7 xil rangli yubka kiyishga ruxsat berilgan.

Hozirgi kunda kilt uchun, taxminan, 700 ga yaqin chiziqlar to‘plami mavjud. Kilt tabiiy ranglar bilan bo‘yaladi. Masalan, maymunjondan binafsharang olinadi. Kilt tikiladigan mato tabiiy jundan tayyorlanadi – u tartan deb nomlanadi.

Bugungi kun an’analari

Zamonaviy shotlandlar o‘z urf-odatlariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lsalar-da bugungi kundagi kundalik hayotlarida kilt kiyib yurishmaydi. Milliy kiyimdagi odamni faqat katta bayramlarda, to‘ylarda yoki sport musobaqalarida ko‘rish mumkin.

Shotlandiya maxsus raqs tomoshalariga mezbonlik qiladi. Ularda kilt kiygan erkaklar qatnashadi. Bu manzaraning ko‘rinishi juda chiroyli va qiziqarli.

Xush kelibsiz

tahrir
 
Mevalardan oling!  

Salom, Fathullo315! Vikipediyaga xush kelibsiz! Qoʻshajak hissangiz uchun oldindan rahmat. Umid qilamizki, sizga vikipediyachi boʻlish manzur boʻlgay! Sizga yordam tariqasida mana bu maqolalar bilan tanishib chiqishni taklif qilamiz:

Iltimos, munozara sahifalarida oʻz fikringizni bildirganingizdan soʻng, imzo chekishni unutmang (bu toʻrtta tilda belgisini yozish bilan amalga oshiriladi: ~~~~; bu belgilar avtomatik ravishda sizning foydalanuvchi nomingiz va sanaga aylantiriladi). Agarda yordamga muhtoj boʻlsangiz, munozara sahifangizga {{yordam kerak}} ni qoʻshing yoki mendan munozara sahifamda sizni qiziqtirgan savolni soʻrang. Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Yana bir bor xush kelibsiz! MalikxanBot aloqa 18:07, 6-Yanvar 2022 (UTC)

Salom. Avvalambor, koʻngilli boʻlib hissa qoʻshayotganingiz uchun tashakkur. Oʻzbekcha Vikipediyada asli lotin yozuvida yoziladigan kishilar ismlari aslidek qilib yoziladi. Frank Duxni Frenk Dyuks, deb yozmaymiz, balki aslidek kabi yozamiz. Batafsil VP:Kishilar ismlari sahifasi bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Maqola boshida talaffuzini keltirishingiz mumkin. Shunda, qanday talaffuz qilinishini bilib olish mumkin boʻladi. Maqolangizning mashina tarjimasi yordamida yaratilgan qismini olib tashladim. Umuman tushunarsiz boʻlgani uchun. Yangi foydalanuvchi ekanligingizni hisobga olib, keling, katta hajmli, koʻp soʻzdan iborat maqola yaratish qiyin boʻlsa, kichik hajmli, oz soʻzdan iborat maqola yarating. Maqolangizni oʻqigan odam uning mazmuniga tushunmogʻi lozim. Qiziqtirgan savollaringiz boʻlsa, bemalol berishingiz mumkin. Yoqimli tahrirlar tilayman. Malikxan munozara 20:36, 1-Avgust 2022 (UTC)

Maslahat uchum rahmat. Maqolamni hechkim oʻqimasa kerak deb boshqa saytdan nusxa koʻchirib wikipediyaga joylab qoʻygandim. Fathullo315 (munozara) 20:59, 1-Avgust 2022 (UTC)
Boshqa saytdan koʻchirib oʻtmang. Mualliflik huquqlari buziladi. Eʼtiboringizni Ip man (film) maqolangizga qaratmoqchiman. Uni Ip Manga koʻchirdim. Maqolangizda mazmunsiz jumlalar bisyor. Iltimos, maqola mazmuniga eʼtibor bering. Yuqorida yozganimdek, katta hajmli, koʻp soʻzdan iborat maqola yaratish qiyin boʻlsa, kichik hajmli, oz soʻzdan iborat maqola yarating. Filmlar uchun {{Film bilgiqutisi}} andozasi bor, jadval oʻrniga shuni ishlating. Noerkin suratlarni Vikiomborga yuklamang, u yerga oʻzingiz olgan, erkin litsenziyali suratlarni yuklashingiz mumkin. Hademay, ular Vikiomborda oʻchiriladi. Xullas, maqolangizni qayta koʻrib chiqishingiz lozim. Tushunmagan joylaringiz boʻlsa, tortinmasdan soʻrang. Malikxan munozara 21:33, 1-Avgust 2022 (UTC)

Azizbek Jabborov (Rassom) sahifasi tezda oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatildi

tahrir
 

Salom hamda Vikipediyaga xush kelibsiz. Siz yaratgan Azizbek Jabborov (Rassom) nomli sahifa bizning siyosatimizga mos kelmaydi, shu sababli tezda oʻchirish mezonlarining „M6: Keng ommaga mashhur boʻlmagan kishilar, tashkilotlar, veb-saytlar, hodisalar haqidagi maqola“ bandiga binoan oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatildi. Tajriba oʻtkazayotgan boʻlsangiz, itlimos, qumloq sahifasidan foydalaning.

Agar sahifani oʻchirmaslik lozim, deb hisoblasangiz, bu haqda uning munozara sahifasida tayinli sabab(lar) keltirgan holda bayon eting.

Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan munozara sahifamga yozing. Rahmat! vikichizar💬 12:28, 8-Avgust 2022 (UTC)

Bu rassom rassomlar orasida taniqli rassom. Oʻzbek multfilimiga ham kotta yordami tekkan inson. Manashunaqa inson rassomlar orasida taniqli bolsada lekin halqni kopchiligi eshitmagan. Shunday insonlarni boshqalar ham bilsin degan maqsadda bu maqolani yozganman. Yana kopchilik tanimagan gʻurumsaroy Namangan kulolchilik maktabi asoschilari haqida ham internetda berilmagan shu haqida ham maqola tayyorlanyabdi. Gʻurumsaroy kulolchilik maktabi asoschisini ham hechkim tanimedi. Hechqanday taniqli inson emas. Shu insonlar haqida maqola yozib chiqarnasek hechkim u isnonlarni tanimasdan qolib ketadi. Fathullo315 (munozara) 12:46, 8-Avgust 2022 (UTC)

„Samyun van“ sahifasi tezda oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi

tahrir
 

Siz tomoningizdan yaratilgan „Samyun van“ sahifasi tezda oʻchirish mezonlariga („U2: Test sahifa“) binoan oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi, chunki sahifa hozirgi holatida oʻzbekcha Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga mos kelmaydi. Tajriba oʻtkazayotgan boʻlsangiz, itlimos, qumloq sahifasidan foydalaning.

Agar sahifani oʻchirish kerak emas, deb oʻylasangiz, oʻz fikringizni sahifa munozara sahifasida qoldiring.

Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan munozara sahifamga yozing. Rahmat! MrShaxas #Munozaracha 08:48, 22-Oktyabr 2023 (UTC)