Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Qudratova Dilxumor!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

Logopedsurayyo (munozara) 06:19, 19-Aprel 2023 (UTC)

Kit eng yirik hayvon

tahrir

Yer  yuzidagi  barcha  hayvonot  va  o`simlik  olami  juda  ham  rang  barang  bo`lib, har biri  alohida  ahamiyatga  ega  hisoblanadi.  Har  bir  tirik  organizmning  o`z vazifasi va o`rni  bor .  Lekin  hozirgi  kunda o`simlik  qoplami  va  hayvonot  olami  keskin kamayib bormoqda  va  ayrim  turlar  esa  butkul  yo`qolib  ketish arafasida. Shu sababdan turli  mintaqalarda  uchragan  hayvonlar  keyinchalik  ayrim  hududlardagina uchrashi  kuzatilmoqda.  Kitlar ham huddi shunday hayvonlar toifasiga kiradi.

Dunyo- Hayvon-Zoa

Kenja dunyo-Ko`p hujayralilar-Metazoa

Bo`lim- Haqiqiy ko`p hujayralilar- Eumetazoa

Tip- Xordalilar- Chordata

Kenja tip- Boshskeletlilar(umurtqalilar)- Craniata (vertebrata)

Guruh- murtak pardalilar- Amniota

Sinf- Sutemizuvchilar- Mammalia

Turkum- Kitsimonlar- Cetacea

Oila- Tishsiz kitlar- Mustacoceti

Tur- Ko`k kit- Balaenoptera musculus

    Ko`k  kitlar  hayvonot  olamidagi   eng  yirik  hayvon  hisoblanadi.  Ularning tuzilishi  va  hayoti  suvda  yashashga  moslashgan   bo`lib, og`irligi 150-160  tonna gacha,  uzunligi esa 30-33 m gacha boradi. Ular asosan Uzoq sharq va Shimoliy dengizlarda uchraydi. Gavdasi duksimon, baliqsimon, oldingi oldingi oyoqlari kurakka aylangan, orqa oyoqlari yo`qolib ketgan, baliq dumiga o`xshash dum rivojlangan, lekin dum vertikal emas balki, gorizantal o`rnashgan bo`ladi. Bo`yni mutlaqo bilinmaydi.   Ularning   terisi   juda   elastik   bo`ladi.   Terisi  ostida   joylashgan  yarim   suyuq,   qalinligi  50 sm  keladigan  yog`I   ularni   sovuqdan   himoya  qiladi.   Shuning   uchun   ular   sovuq   dengizlarda   ham   suza  olishadi.     

  Ularning  ko`payishiga  keladigan  bo`lsak, homiladorlik davri  11oy davom etadi.  Kitlar asosan ikki yilda  bir  marta  bolalaydi  va 6-9 metrli  1ta  bola tug`adi.  Tug`ish  paytida  dumini  suvdan  yuqoriga  ko`taradi  va  bolasi  dumi  bilan   oldinga  qarab  tug`iladi.  Kit   suvda  yashashiga   qaramay  bolasini sut  bilan boqqani  uchun uni  sutemizuvchilar   sinfiga  kiritamiz.  Kit  suti  tarkibida  38-54% yog`   bor. Bolasi   4-8  oy  onasini  emadi  va   3-6 yilda jinsiy  voyaga  yetadi.  Tug`ilgan bolasining og`irligi 2-3 tonnaga   boradi. 7 oylik  bolasining  uzunligi  16metr  va  og`irligi  23 tonnaga  yetadi.  Kitlar muntazam   migratsiya  qilib  turishadi.  Ko`pchiligi  3-5 tadan   kichik  to`da  bo`lib  yashaydi.  Ular  soatiga  5-15 km tezlikda  suzishadi.  Agar  biror  xavf  sezishsa   yoki  yarador   bo`lsa   soatiga   35-55 km  tezlikda  suzaoladi.

  Kitlar   bahaybat  bo`lishiga  qaramay  mayda  ozuqalar bilan  oziqlanadi. Buning   asosiy  sababi   tomog`ining    diametri  atigi   10 santimetr.  Shuning   uchun   ular   katta   oziqni   o`zlashtira  olmaydi.    Ularning asosiy  oziq  manbayi  qisqichbaqasimonlar   hisoblanadi.  Bir  kecha-kunduzda  2-4 tonna   oziq   yeydi.  Oshqozoni 3tonnadan  ortiq   oziqni  sig`dira  oladi.     Og`iz   bo`shlig`ida   juda   ko`p   miqdorda   mo`ylov  plastinkalari  joylashgan  bo`ladi  va ularning  soni  360-800 taga boradi.  

  Tadqiqot   natijalariga  ko`ra   kitlar  20-50 yil yashashi   mumkin. Lekin,  so`ngi  vaqtlarda  ko`plab  ovlanishlari  natijasida   kamayib  bormoqda,  avvalari  Shimoliy   Atlantikada uchragan   bo`lsa   hozirgi  vaqtda deyarli  uchramaydi. Shu  sababdan  ularni  noyob  tur   sifatida   5 ta  turi  Xalqaro  “Qizil kitob” ga   kiritilgan.  Ular  sonining   kamayishining   asosiy  sabablaridan  biri  ko`plab  ovlanishi  hisoblanadi.  Chunki,   ulardan   sanoatda  keng  foydalaniladi. Iqtisodiy  ahamiyati  ham  juda  katta   hisoblanadi.  Yog`idan  glitserin,   margarin   va   sovun,   go`shtidan  konserva   tayyorlanadi,  suyagidan   chorva mollari  va   parrandalar   uchun   un  tayyorlanadi,  jigarida  esa  “A”  vitamini  ko`p   bo`ladi.  30 metrli   kitdan   27-30 tonna  yog`,  60-65 tonna   go`sht   olingan. 1 kilogramm   go`shti  Yaponiyada   160 dollar turadi. Kitlarni   ovlash  1970-yildan   boshlab  taqiqlangan   va   muhofaza   ostiga  olingan.  Kitlarning   kamayish   sabablaridan   yana  biri   okeanlarning   neft,  turli  zavodlarning  keraksiz  chiqindilari   bilan  ifloslanishi,   dengizdan  sayozlikka  chiqib qolishlari   ham  sabab  bo`lmoqda. Qudratova Dilxumor (munozara) 17:39, 8-May 2023 (UTC)