Assalomu aleykum!

tahrir
  Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Shahii qudratovna!
  Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

 
Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
  Maqolalarni nomlash
  Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
  Qoida va koʻrsatmalar
  Tasvirlar bilan bezash
  Mualliflik huquqlari
  Glossariy

Doniyor Yóldoshev (munozara) 11:31, 2024-yil 3-oktyabr (UTC)Javob berish

Maqolani vikilashtirish

tahrir

Assalomu alaykum. Avvalambor, Vikipediyaga hissa qoʻshayotganingiz uchun tashakkur. Ammo yozayotgan maqolalaringiz yanada sifatli boʻlishi uchun siz yoʻl qoʻyayotgan baʼzi xatoliklarni aytib oʻtmoqchiman:

  1. Maqola boshlanishida maqola nomini, Robin maher maqolasida qilganingiz kabi alohida qilib yozish shart emas.
  2. Maqolalarni nomlashda odamlarning nafaqat ismlari balki familyalari ham katta harf bilan yozilishi kerak.
  3. Har bir boʻlim nomi ikki tomondan ikkitadan teng belgisi (=) bilan berilsa boʻlgani qora tus beruvchi Qalin shrift kerak emas. Masalan Robin maher maqolasida Manbalar boʻlimi toʻgʻri yozilgan, qolgan boʻlimlar xato.
  4. Keyin manbalarni eng oxirida emas, har bir abzasda berish kerak.

Yana boshqa savollaringiz boʻlsa https://t.me/uzwikichat telegram guruhi yoki munozara sahifamda berishingiz mumkin. Yoqimli tahrirlar. ANJANIY#gurung 16:28, 2024-yil 5-oktyabr (UTC)Javob berish

Avtomat tarjima kontent yaratishni bas qiling

tahrir

Hormang! Vikipediyaga hissa qoʻshayotganingiz uchun rahmat. Ammo tarjima qilayotganda muayyan qoidalarga amal qilish kerak. Mazmunsiz, avtomat tarjima maqola yaratishni toʻxtating. en:Robyn Maher maqolasini Robin Mahir shaklida notoʻgʻri nomlab (qarang: VP:MNKI), ichida tugʻilgan yilini notoʻgʻri koʻrsatib, mashina tarjimasidan iborat gaplar bilan tarjima qilibsiz. ("o‘zining kuchli jismoniy holati" nima degani?) Bemaʼni avtomat tarjima gaplardan iborat barcha maqolangiz VP:M2ga koʻra oʻchiriladi. Shuningdek, maqolalarni boshqa tillarga ulash kerak. Ogohlantirishlarga qaramay mashina tarjimasidan iborat kontent yaratishda davom etgan foydalanuvchilarga qarshi keskin chora koʻrilishi mumkin. Nataev munozara 16:34, 2024-yil 5-oktyabr (UTC)Javob berish