Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Wknewpages!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

Umarjon Rahimov (munozara) 11:40, 30-Iyun 2022 (UTC)

Salom. Filmlar nomlarini mashina tarjimasi bilan xato tarjima qilmang. Agar biror film/teleserial oʻzbek tiliga rasmiy oʻgirilinmagan boʻlsa, aslidek qoldiring (istasangiz, yonidan qavs ichida tarjimasini kelrishingiz mumkin). Katta hajmli, koʻp soʻzli yarataman, deb mazmunsiz maqola yaratgandan koʻra, oz soʻzli boʻlsa ham mazmunli maqola yarating. Yoqimli tahrirlar tilayman. Malikxan munozara 18:36, 31-Iyul 2022 (UTC)

Assalomu aleykum, bu mening aktyor xaqida birinchi maqolam edi, xatolar uchun uzr, kegingi safar bunaqa xato qilmaslikka xarakat qilaman. Yani, Filmlar nomlari ingliz tilida qanaqa berilgan bo'lsa shunaqa qolishi kerak ekanda? Wknewpages (munozara) 18:46, 31-Iyul 2022 (UTC)

Maqoladagi xato

tahrir

Salom, @Wknewpages. Chalie Patino maqolangizdagi karyera soʻzi kelgan joylarni oʻrniga faoliyat soʻzini qoʻying. Menimcha bundan oldingi maqolalaringiz ham shunday xatochalar bor. Yoqimli tahrir tilayman Muzaffar murodovich (munozara) 10:56, 4-Sentabr 2022 (UTC)

Assalom aleykum, xatoyimni aytganingiz uchun rahmat! Xatolarimni to'g'irlab, keyingi taxrirlarimda ko'proq faolit so'zini ishlatishga xarakat qilaman. Wknewpages (munozara) 11:02, 4-Sentabr 2022 (UTC)

Fountain

tahrir

Hayrli kech @Wknewpages. Siz oraliq tanlovlar fountainiga marafon startidan oldin maqolalarni kirityapsiz. 8-sentyabrdan yaratilgan maqolalarni kiritishingiz kerak aslida, maqolalaringiz inobatga olinmaydi. Mehnatizni oʻylab aytdim :)

Muzaffar murodovich (munozara) 14:50, 21-Sentabr 2022 (UTC)

Salom. Hozirgi holatda 211 ta maqola kiritibman, ulardan nechtasi hisobga olinishini bilsam bo'ladimi. 8-sentabrgacha yaratilgan maqolalar, nimaga hisobga olinmaydi? Rahmat, ogohlantirganingiz uchun! Wknewpages (munozara) 15:08, 21-Sentabr 2022 (UTC)
@Wknewpages koʻpi bilan 51 ta maqolangiz qabul qilinadi
https://xtools.wmflabs.org/pages/uz.wikipedia.org/Wknewpages
shu saytdan koʻrsez boʻladi qaysi kundan nechta maqola yaratganizni
Muzaffar murodovich (munozara) 15:32, 21-Sentabr 2022 (UTC)
n 31.148.162.186 13:07, 9-Dekabr 2022 (UTC)