Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Yangilik 3!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

Umarxon III (munozara) 15:47, 5-May 2022 (UTC)

Shuningdek qarang boʻlimi

tahrir

Salom! Shuningdek qarang boʻlimida yozilganlarga Vikihavola qoldirmasangiz agar, bu boʻlimni yaratisgning hojati yoʻq. Yoki [[]] yordamida vikihavola qoldiring, yoki umuman bu boʻlimni yaratmang. — Kagansky (munozara) 11:01, 8-May 2022 (UTC)

rahmat inobatga olaman Yangilik 3 (munozara) 17:57, 9-May 2022 (UTC)

Sifatsiz maqolalar

tahrir

Mashina tarjimasi yordamida koʻplab sifatsiz maqolalarni yaratib tashlagansiz. Iltimos, ularni yaxshi holatga keltiring. Aks holda bunday maqolalarni tezda oʻchirishga majbur boʻlamiz. — Kagansky (munozara) 11:02, 8-May 2022 (UTC)

iloji bo'lsa, misollarni keltiring
mashina tarjimasini mutlaq o'zgartiryapman, ma'lumotingiz uchun Yangilik 3 (munozara) 05:43, 9-May 2022 (UTC)
Mayli, quyida ularga alohida toʻxtalib oʻtishga harakat qilaman. Boshladik boʻlmasam. — Kagansky (munozara) 07:40, 9-May 2022 (UTC)

Mana bu yerda tahrirladim. Siz yozgan matn bilan men tahrirlagan matn orasidagi farqni koʻrib, qanday xatolarga yoʻl qoʻyganingizni bilib olishingiz mumkin. 1-dan, baʼzi bir gaplar oʻzbekchaga tushunarsiz tarzda tarjima qilingan. 2-dan, ruscha yozilishi kerak boʻlgan manbalar lotin alifbosida yozilgan. 3-dan, maqolaning ruscha versiyasidagi [[]] yordamida rasmiylashtirilgan Vikihavolalar oʻzbekcha versiyasida koʻrsatilmagan. 4-dan, ochilgan qavslar yopilmagan. 5-dan, [[muzqaymoq]]<nowiki/>dan kabi tushunarsiz Vikihavolalar koʻrsatilgan. 6-dan, maqola soʻngida {{stub}} andozasi koʻrsatilmagan. 7-dan, maqola soʻngida turkumlar koʻrsatilmagan. 8-dan, andoza bilgiqutisi koʻrsatilmagan. Davom ettiramizmi? Yoki shuning oʻzi yetarlimi? — Kagansky (munozara) 07:40, 9-May 2022 (UTC)

Endi siz ushbu maqolangizni kamchiliklarini qarab beringchi. Mashina tarjimasi mutlaq oʻzgartirilgan yeri koʻrinyaptimi? — Kagansky (munozara) 07:52, 9-May 2022 (UTC)

Kishi ismlari va dismabig

tahrir

Salom hamda Vikipediya xush kelibsiz! Avvalambor, qoʻshayotgan hissangiz uchun tashakkur! Sizdan iltimos qilardimki, originali lotin yozuvida yoziladigan kishi ismlarini translit qilmang (VP:Maqolalarni nomlash sahifasi bilan tanishib chiqing). Masalan, Albert Eynshteyn emas, Albert Einstein. Bundan tashqari, maqola yaratganingizda shunday nomli maqola mavjud boʻlmasa, disambig qoʻshmang. Misol uchun, Kuku(taom) emas, Kuku deb nomlashning oʻzi kifoya. Malikxan munozara 16:29, 11-May 2022 (UTC)

Vikifaktor tugmasini bosganimda bazi oʻzgarishlar boʻlayapti shundda xato ketib qolayotgan boʻlsa kerak INOBATGA olaman va keyingi safar bu xatolarni qaytarmaslikga harakat qilaman Rahmat Yangilik 3 (munozara) 05:08, 12-May 2022 (UTC)
Bunga Vikifikatorni nima aloqasi bor? Keyingi safar bu xatolarni qilmayman deyabsiz-u, ortidan M 2 maqolasini yaratib, yana shu xatolarni qilyabsiz. Uilyam Gerschel emas, William Herschel boʻlishi kerak. Malikxan munozara 06:48, 12-May 2022 (UTC)
Hop man sizdi tushundim harakat qilaman bu yomon odatni yoʻqotishga Yangilik 3 (munozara) 07:02, 12-May 2022 (UTC)
Shunday deb aytyabsiz, lekin amal qilmayabsiz. Yaqinda yaratgan M 53 (yulduzlar to‘dasi) maqolangizni olaylik. Oʻzbekcha Vikipediyada M 53 nomli maqola mavjud emas, nega yana disambig qoʻshyabsiz? Keyin, References (Примечания) ni Eslatmalar emas, Manbalar, deb oʻgiring. Malikxan munozara 07:24, 12-May 2022 (UTC)
Shuncha yozishimga qaramay, nega yana amal qilmayabsiz? Buning nimasi tushunarsiz? Yana takrorlayman, originali lotin yozuvida yoziladigan kishi ismlarini translit qilmang. Siz yaratgan Karl yuragi maqolasini olaylik. Charlz Skarboro emas, Charles Scarborough boʻlishi kerak. Malikxan munozara 18:24, 13-May 2022 (UTC)
Toʻrtinchi marta ogohlantirishim. Asli lotin yozuvida yoziladigan kishi ismlarini translit qilmang. Villendorf emas, Willendorf deb yozing. Malikxan munozara 18:32, 8-Iyun 2022 (UTC)