Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Zafar Shamsiddinov!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

--Asadbek Botirqulov (munozara) 13:52, 13-Iyul 2020 (UTC)

Sizni Oʻzbekcha Vikipediyaning Telegram guruhiga taklif qilamiz!

tahrir

 
Oʻzbekcha Vikipediya Telegram kanali va guruhiga qoʻshiling!
Xayrli kun, Zafar Shamsiddinov!
Sizdan umumiy mavzularga bagʻishlangan va vikipediyachilar oʻrtasida tezkor aloqa oʻrnatish maqsadida ochilgan oʻzbekcha Vikipediya Telegram kanali/guruhiga qoʻshilishingizni soʻrab qolamiz.

Guruh oʻzbekcha Vikipediya koʻngillilari tomonidan boshqariladi va Vikimedia Jamgʻarmasiga hech qanday aloqasi yoʻq. Telegramdagi guruh ochiq guruh boʻlib, unda muloqotlar qaydi olib boriladi. Shuning uchun siz oshkor etishni istamagan maʼlumotlarni Telegram guruhda yozmang. Guruhning rasmiy vazifalari yoʻq. Vikipediyaning doʻstona siyosati va barcha umumiy Vikipediya qoidalari guruh ichidagi barcha suhbatlar uchun amal qiladi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Telegram sahifasi bilan tanishib chiqing.

Guruhga qoʻshilish uchun ushbu havoladan foydalanishingiz mumkin.
Yoqimli tahrirlar tilayman!   Malikxan munozara 11:45, 12-Sentabr 2021 (UTC)

Mukofot

tahrir
  Gʻayratli ishtirokchi
Hurmatli, Zafar Shamsiddinov!

Oʻzbekcha Vikipediyaga qoʻshayotgan salmoqli hissangiz uchun sizni ushbu yulduz bilan taqdirlayman. Shunday ruhda davom eting! Malikxan munozara 08:47, 13-Noyabr 2021 (UTC)

@Zafar Shamsiddinov:, foydali tahrirlaringiz uchun tashakkur. Hozirgi faolligingiz bardavom boʻlsin. — Kagansky (munozara) 08:54, 13-Noyabr 2021 (UTC)

Salom! Marafon doirasida yaratish uchun maqolalar roʻyxatidan anchasini yaratdingiz. Buning uchun tashakkur. Siz ularni Fountainga ham qoʻshasizmi? — Kagansky (munozara) 14:30, 16-Noyabr 2021 (UTC)

Assalomu alaykum,
Xoʻp boʻladi qoʻshib chiqaman. Zafar Shamsiddinov (munozara) 14:48, 16-Noyabr 2021 (UTC)

Kishi ismlari

tahrir

Salom! Avvalambor, qoʻshayotgan hissangiz uchun tashakkur! Sizdan iltimos qilardimki, originali lotin yozuvida yoziladigan ismlarni translit qilmang. Masalan, Bill Geyts emas, Bill Gates. Malikxan munozara 18:17, 30-Noyabr 2021 (UTC)

Assalomu alaykum, xoʻp boʻladi. Zafar Shamsiddinov (munozara) 04:56, 2-Dekabr 2021 (UTC)

Yangi yil bilan

tahrir
 

Yangi yil bilan!

Salom, Zafar Shamsiddinov! Sizni kirib kelayotgan 2022-yil bilan tabriklayman! Vikipediyaga qoʻshgan hissangiz uchun tashakkur aytgan holda, kelayotgan yilda ham hozirgidek faol boʻlishingizni tilab qolaman! Yangi yil bilan! Malikxan munozara 15:29, 31-Dekabr 2021 (UTC)