Gʻuzordaryo
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Gʻuzordaryo — Qashqadaryo viloyatidagi daryo. Qashqadaryoning chap irmogʻi. Uz. 86 km. Havzasining maydoni 3170 km². Suv yigʻilish maydonining oʻrtacha balandligi 1532 m. Hisor tizmasining shim.garbiy yon bagʻridan boshlanadigan Katta Oʻradaryo va Kichik Uradaryolarning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Togʻlardan oqib chiqqach, tekislikdan oqib Qashqadaryoga quyiladi.
Gʻuzordaryo | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 86 |
Davlat | Oʻzbekiston |
Oʻrtacha yillik suv sarfi 5,9 m:’/sek. Eng koʻp suv sarfi 15,9 m³/sek., eng kam suv sarfi 0,31 mUsek. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Eng koʻp suv sarfi aprelda (22,5%), eng kam suv sarfi sentabrda (3,6%) kuzatiladi. Gʻ.ning yuqori qismida Pachkamar suv ombori barpo qilingan hamda daryodan irrigatsion kanallar chiqarilgan. Suvi, asosan, ekin maydonlarini sugʻorishga sarf boʻladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |