Garmser
Garmser, Dashtiston — 1) Eron jan. va Pokistonning gʻarbida joylashadi choʻl. Ummon qoʻltigi va Hoʻrmuz boʻgʻozi sohilida, Zagros va Makron togʻlari etagida. Eni 80 km.gacha, uz. 1000 km dan ziyod, G. dengiz boʻyi payettekisligiga oʻtib boruvchi, baʼzi joylari botqoqlashgan qiya prolyuvial tekislikdan iborat. Sohilboʻyi qismi bir necha qator qum tepalardan tashkil topgan. Ularni tor vodiylar ajratib turadi. Iqpimi tropik iqlim, yogʻin kam (oʻrtacha yillik yogin 120 mm). Yanvar oyining oʻrtacha temperaturasi 19,4°, iyulniki 32,5°. Tuprogʻi shakllanmagan choʻl tuproq, ayrim yerlari shoʻrxok. Choʻl oʻsimliklari usadi, dare vodiylarida oʻsimlik nisbatan koʻproq. Qish oylarida G. efemer oʻsimliklar bilan qoplanadi. Sohil boʻylab mangra toʻqayzorlari uchraydi. Yaylov chorvachiligi rivojlangan. 2) Afgʻoniston jan.-gʻarbidagi choʻl.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |