Gavriil Makarov
Gavriil Ivanovich Makarov (adabiy taxallusi Duon Dyangili; 1914-1956) – sovet Yokutiya shoiri, tarjimoni va pedagogi. SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi (1945-yildan). Ulugʻ Vatan urushi ishtirokchisi.
Gavriil Makarov | |
---|---|
Tavalludi |
1914-yil 27-fevral |
Vafoti | 1956-yil 6-may |
Taxallusi |
Duon Dyangili, Tiyeyelyaxep, Mashinist Xabiiriis |
Fuqaroligi | SSSR |
Janr | poeziya |
Biografiyasi
tahrirGavriil Ivanovich Makarov 1914-yil 27-fevralda Yakutiyaning Churapchi ulusi Boltogin naslegining Kındal hududida tugʻilgan. Suntar ulusidagi Toybohoy maktabini tugatgan. 1937-yilda S. A. Novgorodov nomidagi Churapchi pedagogika bilim yurtiga oʻqishga kirgan[1].
Shoir 1943-yil kuzida Qizil Armiya saflariga chaqirildi. Uning guruhi Irkutsk viloyatining Jigalovo temir yo‘l stansiyasiga yetkazilgan 300 dan ortiq otni kuzatib borish vazifasini bajargan[2]. Keyinchalik Sharqiy frontga pulemyotchi etib tayinlandi[3]. 1945-yilda militaristik Yaponiya qismlariga qarshi Xaylar tumani yaqinida olib borilgan harbiy operatsiya paytida koʻkrak va yuzidan ogʻir jarohat olgan boʻlib, oqibatda uzoq vaqt davomida Katta Xingan harbiy shifoxonasida davolanishga majbur boʻlgan[2][4].
Gavriil 1946-yil noyabr oyida oʻz vatani Churapchaga qaytib keldi. 1949-yilda Yakutiya oʻqituvchilar institutini, 1955-yilda esa Maksim Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini tamomladi. Qishloq maktablarida o‘qituvchi boʻlib ishladi[3].
Ijodi
tahrirMakarov 1932-yildan boshlab asarlarini nashr etishni boshlagan. Birinchi she’riy to‘plami „Tөrөөbүt kүүleber“ (yakutchadan tarjimasi – „Ona qoʻynida“) 1936-yilda chop etilgan. Shoirning she’rlari Tiyeyelyaxep va Mashinist Xabiiriis taxalluslari bilan respublika gazetalari „Kiim“ va „Eder bassabiik“ sahifalarida bosilib chiqqan, shuningdek yosh yozuvchilar to‘plamlariga kiritilgan. Urush boshlanishidan oldin Duon Dyangili taxallusi ostida she’rlar yozishni boshlagan[5].
Duon Dyangili rus va sovet mumtoz adabiyotini yakut tiliga eng mohir tarjimonlaridan biri sanaladi. U tarjima qilgan asarlar orasida Pushkinning „Skazka o pope i o rabotnike ego Balde“, Mixail Lermontovning „Mtsiri“ va „Uznik“, Nekrasovning „Knyaginya Trubetskaya“ asarlari bor. Yakutiya adabiyotidagi eng muhim va eʼtiborga loyiq voqealardan biri uning „Yevgeniy Onegin“ tarjimasining alohida kitob shaklida nashr etilishi boʻldi. Bu tarjima Yakutiya adabiyotida katta ahamiyatga ega hodisa sifatida baholandi[6].
Manbalar
tahrir- ↑ „Фронтовики. С винтовкой и рукописью“ (ru). exo-ykt (2015-yil 25-aprel). 2021-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-sentyabr.
- ↑ 2,0 2,1 „Фронтовики. С винтовкой и рукописью“ (ru). exo-ykt (2015-yil 25-aprel). 2021-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-sentyabr.
- ↑ 3,0 3,1 Павлова 2020.
- ↑ Егоров 1981.
- ↑ „Фронтовики. С винтовкой и рукописью“ (ru). exo-ykt (2015-yil 25-aprel). 2021-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-sentyabr.
- ↑ Кириллин 2000.