Gennadiy Denisov
Gennadiy Anatolevich Denisov (1960-yil 20-avgustda Oʻzbekistonning Sirdaryo, Sirdaryo viloyatida tugʻilgan) — sovet va oʻzbek futbolchisi, himoyachi sifatida maydonga tushadi. Ayni kunda murabbiy. 1982-yilda SSSR sport ustasi boʻlgan. Uning oʻgʻli Oʻzbekiston terma jamoasi futbolchisi — Vitaliy Denisov hisoblanadi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Gennadiy Anatolevich Denisov | ||
Tavallud sanasi | 20-avgust 1960-yil | ||
Tavallud joyi | Sirdaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR | ||
Boʻyi | 1.82 m (5 ft 11 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1977 | Paxtachi Guliston | ||
1978—1986 | Paxtakor | 194 | (12) |
1986 | SSKA Moskva | 19 | (0) |
1987—1991 | Paxtakor | 177 | (20) |
1992—1994 | Spartak Alaniya | 77 | (12) |
1995—1997 | Navbahor | 41 | (0) |
1998 | Sergeli Toshkent | ||
Milliy terma jamoa | |||
1992—1996 | Oʻzbekiston | 5 | (0) |
Boshqargan klublari | |||
1998—2000 | Sergeli Toshkent | ||
2001 | Kimyogar (Chirchiq) (assistant) | ||
2002 | Paxtakor-2 (zaxira jamoasi) | ||
2003 | Lokomotiv Toshkent (assistant) | ||
2010—2016 | OKMK (assistant) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Tarjimai hol
tahrirGennadiy 1971-yildan G.Titov nomidagi sport maktab-internati tarbiyalanuvchisi. Boʻlajak futbolchi sportdagi faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan, uning birinchi murabbiyi Viktor Naumenko edi[1].
Denisovning „Paxtachi“ (Guliston)da birinchi klubi boʻlgan. Futbolchi 1978-1979-yillarda Toshkent „Paxtakor“ klubi tarkibida oʻynagan. U asosiy jamoada 1979-yil 13-iyunda „Ararat“ (Armaniston) bilan oʻtkazdi va 11-avgust kuni „Dinamo“ Minsk shahriga yoʻl olgan samolyotda jamoaning 17 aʼzosi halok boʻldi. Denisov esa bu mahalda zahira jamoasi bilan uchib ketgan va shu bilan uning hayoti saqlanib qolgan. Umuman olganda, u „Paxtakor“ safida 13 ta mavsum oʻtkazdi (1986-yil chempionat ikkinchi davrasini MHSK (Markaziy harbiy sport klubi)da oʻtagan, mamlakat chempionatida oʻtkazilgan oʻyinlar boʻyicha 371 ta oʻyin oʻtkazib, jamoa rekordchisiga aylangan. SSSR chempionati ligasida — 177 oʻyin, 3 ta gol urgan).
Andrey Yakubik „Paxtakor“dan ketgach, „Paxtakor“ jamoasini sardori boʻlib qoldi. U maydondagi asosiy oʻrinda chap qanot himoyachisi sifatida boʻlgan. Shuningdek, murabbiylar undan yarim himoyachi, markaziy, orqa himoyachi[2]. oʻrinlarida ham foydalanishgan.
1992-1994-yillarda Vladikavkazning „Spartak“ klubida oʻynagan, u yerda Igor Shkvirin va 1992-yilgi Rossiya chempionati kumush medali sovrindori Mirdjalol Qosimov bilan birga toʻp surgan. Denisov futboldagi faoliyatini Namangan „Navbahor“ jamoasida yakunlab, 1996-yilda Oʻzbekiston chempionati terma jamoasida oʻynagan va 1995—1997-yillarda bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Oʻzbekiston terma jamoasi safida 5 ta oʻyin oʻtkazgan.
Toshkentning „Sergali“, „Chirchiq“, „Paxtakor“, „Lokomotiv“ jamoalarida murabbiy boʻlgan, keyinchalik Toshkent Chigʻatoydagi futbol maktabiga (Futbol boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi) murabbiy sifatida borgan[2]..
2010-yildan „Olmaliq“ FK bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelgan.
Gennadiy 2006-yildan „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan.)[3][4].
Yutuqlari
tahrir- 1995—1996-yillarda Oʻzbekiston chempioni, 1994-1995, 1996—1997-yillarda Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori.
- 1992-yilda Rossiya chempionati kumush medali sovrindori
- 1989-yilda SSSR Birinchi ligasi kubogi sohibi: 1988-yil (1-final uchrashuvida penaltidan gol urgan).
Manbalar
tahrir- ↑ Naumenko Viktor Moiseevich
- ↑ 2,0 2,1 „C юбилеем! Геннадию Денисову — 50 лет!“ (deadlink). 31-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyun 2012-yil.
- ↑ „Ташкентскому «Пахтакору» — 50 лет!“ (deadlink). 1-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyun 2012-yil.
- ↑ „PAXTAKOR“ FUTBOL JAMOASI TASHKIL ETILGANLIGINING 50 YILLIGI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTONDA FUTBOLNI RIVOJLANTIRISHDA ALOHIDA OʻRNAK KOʻRSATGAN SPORTCHI VA MURABBIYLARDAN BIR GURUHINI MUKOFOTLASH TOʻGʻRISIDA
Havolalar
tahrir- Gennadiy Denisov National-Football-Teams.com saytida
- Gennadiy Denisov WorldFootball.net saytida