Georges-Léon-Jules-Marie Feydeau (8-dekabr 1921-yil – 5-iyun 1921-yil) – fransuz dramaturgi boʻlib, 1886–1914-yillar orasida yozilgan komik asarlari bilan mashxur.

Georges Feydeau

Feydeau 1899-yil
Tavalludi 1862-yil 8-dekabr 1862-yil
Vafoti 5-iyun 1921-yil
Parij
Fuqaroligi Fransiya
Kasbi Dramaturg
Otasi Ernest-Aimé Feydeau
Onasi Lodzia Bogaslawa

Biografiyasi

tahrir

Georges Feydeau unchalik boy boʻlmagan oilada tugʻilgan. Uning otasi Ernest-Aimé Feydeau yozuvchi boʻlib, uning birinchi romani „Fanny“ boʻlib, uning otasiga mashxurlik olib kelgan[1]. Georges Feydeauning onasi Lodzia Bogaslava 1838–1924-yillarda yashan boʻlib „Léocadie“ nomi bilan tanilgan[2]. U oʻz davrining goʻzal ayollaridan bir boʻlgan, Georges Feydeauning onasi haqida turli buxton va gʻiybatlar ham tarqalgan. Georges Feydeau yoshligidan teatrga qiziqib qolgan, bunga sabab esa oiladagi badiiy va adabiy muhit misol boʻla oladi. Georges Feydeau bolaligidan sahna asarlarini yozishni boshlagan, maktabda oʻqib yurgan paytidayoq u maktabdosh doʻstlari uchun drama toʻgaraklarini tashkil qilgan. Oʻspirinlik davrida Georges Feydeau hajviy monologlar yozgan, ammo bu bilan cheklanibgina qolmasdan uzun pyesalarni ham yozishga harakat qilgan. Uning birinchi toʻliq metrajli komediyasi „Tailleur pour dames“ (Xonimlar tikuvchisi) deb nomlangan boʻlib tomoshabinlar tomonidan yaxshi qabul qilingan, biroq koʻp vaqt oʻtmay muvaffaqiyatsizlikka uchragan[3]. Shundan soʻng, u 1890-yillarning boshlarida biroz muddatga pyesallar yozishni toʻxtatdi. Shu muddat davomida, Georges Feydeau fransuz komediyasining birinchi ustalari „Eugène Labiche“, „Alfred Hennequin“ „Henri Meilhac“larning komedik asar yozish usullarini oʻrganishni boshlagan. 1892–1914-yillarda u oʻzining pyesa yozish uslubidan foydalanib baʼzan esa pyesalarning hammualliflari bilan hamkorlikda 17 ta toʻliq metrajli pyesalar yozgan, bu pyesalarning koʻplari Fransiya va xorijiy teatr repertuarining asosiy qismiga aylandi.

 
Georges Feydeau (1891-yil)

Hayoti va Ijodi

tahrir

Georges Feydeauning birinchi sahnalashtirilgan pyesalaridan biri 1882-yil iyun oyida havaskorlar jamiyati „Cercle des arts intimes“ tomonidan taqdim etilgan, uning nomi esa „Par la fenêtre“ (Deraza orqali) deb nomlangan pyesasi edi[4]. Biograf Henry Gidel Georges Feydeauning tarjimai holida tomoshabinlar – doʻstlardan tashkil topgan vakillar tomoshabinlar emasligini, ammo bu oʻziga xos sinov boʻlganini va spektakl katta qiziqish bilan qabul qilinganligini aytgan[5]. Uning asarlaridagi qahramonlar turli xarakterga ega boʻlib uning syujeti asosan baxtli yakun bilan tugar edi[6].

Manbalar

tahrir
  1. Pronko (1975), p. 6
  2. Nahmias, p. 8; and Gidel, p. 23
  3. Mander and Mitchenson, p. 475
  4. Gidel, p. 61
  5. Gidel, pp. 61–62
  6. „Occupe-toi d’Amélie“ (Wayback Machine saytida 2 July 2020 sanasida arxivlangan), Les Archives du spectacle. Retrieved 28 July 2020