Georgiy Borisenko
Georgiy Konstantinovich Borisenko' ( 1922-yil 25-may, Chuguev — 2012-yil 3-dekabr, Toshkent ) — sovet shaxmatchisi va nazariyotchisi, SSSR sport ustasi (1950), ICCF (ingl. ICCF — International Correspondence Chess Federation — Sirtqi shaxmat o‘yinlari bo‘yicha xalqaro federasiya) grossmeysteri (1965). Gruziya va SSSRda xizmat ko‘rsatgan murabbiy. SSSRda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi.
Georgiy Konstantinovich Borisenko | |
Георгий Константинович Борисенко | |
Tugʻilgan sanasi: | 25-may 1922-yil |
Tugʻilgan joyi: | Chuguev, Xarkov guberniyasi, Ukraina SSR |
Vafot sanasi: | 3-dekabr 2012-yil (90 yoshda) |
Vafot joyi: | Toshkent Oʻzbekiston |
Yashash joyi: | → |
Unvoni: | SSSR sport ustasi (1950) grossmeyster (1965) xalqaro usta (1961) |
Maksimal reytingi: | 2817 (2016-yil oktabr) |
Hozirgi reytingi : | 2440 (may 1974) |
Mukofotlari: |
Biografiyasi
tahrirGeorgiy Borisenko Xarkov guberniyasining Chuguyev shahrida tug‘iladi, oradan bir qancha vaqt o‘tgach, oilasi bilan Leningradga ko‘chib keladi. Uning shaxmatga bo‘lgan qiziqishi 1931-yilda pionerlar oromgohida ta’til paytida boshlanadi.
Shuningdek, u Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi, urush paytida olgan ikkita jiddiy jarohatga ega.
Georgiy Borisenko 1965-yildan to umrining oxirigacha Toshkentda yashab o‘tadi.
G.B.Borisenkoning ismi vafotidan keyin FIDE shon-sharaf zaliga yozilgan.
Oilasi
tahrirRafiqasi — V.M.Borisenko (turmushidan avval Belova bo‘ladi, 1920—1993), grossmeyster, besh karra SSSR chempioni (1945, 1955, 1957, 1960 va 1962), Jahon chempionatining bronza medali sovrindori (1949—1950-yillarda).
Sport faoliyati
tahrirYuzma-yuz shaxmat
tahrirSakkizta SSSR chempionati ishtirokchisi (1950—1967-yillarda).
1953-yilda Leningrad chempionatining bronza medali sovrindori.
1961-yilda RSFSR chempionatining kumush medali sovrindori.
1966, 1968 va 1971-yillarda O‘zbekiston SSR chempioni.
1953-yilda Lokomotiv KSJ(Ko‘ngillilar sport jamiyati) chempioni.
1953-yilda Leningrad jamoasi tarkibida SSSR jamoaviy birinchiligi g'olibi. 1962-yilda RSFSR jamoasi tarkibida SSSR jamoaviy chempionati kumush medali sovrindori.
1997—1998-yillarda faxriylar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi.
Sirtqi shaxmat
tahrir1950—1960-yillarda u sirtqi musobaqalarda katta muvaffaqiyatlarga erishadi.
Ikki karra SSSR chempioni: 1955—1957-yillarda (P.V.Dubinin va 1960—1962-yillarda Ya.B.Estrinlar bilan).
4-jahon chempionatining kumush medali sovrindori (1962—1965-yillarda).
SSSR terma jamoasi tarkibida ikkita sirtqi olimpiada g‘olibi (1958—1961 va 1961—1964-yillarda) [1] .
Murabbiylik faoliyati
tahrirG.K.Borisenko turli yillar davomida jahon chempioni Nona Gaprindashvili, uning rafiqasi Valentina Belova-Borisenko, grossmeysterlar Semyon Furman, Viktor Korchnoy, Mark Taymanov, Lev Polugaevskiy va boshqa mashhur shaxmatchilarga murabbiylik qiladi.
Mukofotlari
tahrirGeorgiy Borisenko mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy islohotlardagi faol ishtiroki, samarali mehnati, yosh avlodni Vatanga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalashga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga qo‘shgan hissasi uchun — “Shuhrat” medali ( 2003-yil 22-avgust) bilan taqdirlanadi .
Manbalar
tahrir- ↑ Гродзенский С. Я., Романов И. З. Ход в конверте. — М.: ФиС, 1982. — С. 136.
Adabiyot
tahrir- Шахматный словарь / гл. ред. Л. Я. Абрамов; сост. Г. М. Гейлер. — М.: Физкультура и спорт, 1964. — С. 205. — 120 000 экз.
- Шахматы: энциклопедический словарь / гл. ред. А. Е. Карпов. — М.: Советская энциклопедия, 1990. — С. 43. — 621 с. — 100 000 экз. — ISBN 5-85270-005-3.
- Гродзенский, С. Я. „Борисенко Георгий Константинович“, . Энциклопедия заочных шахмат. М.: Проспект, 2018 — 55—56-bet. ISBN 978-5-392-26087-4.
- Бегматов Д. В гостях у шахматной легенды // 64 — Шахматное обозрение. 2012. № 5. С. 64—68.
Havolalar
tahrir- Биография Георгия Борисенко на сайте ФШР
- Выступления Георгия Борисенко в чемпионатах СССР