Gigantopiteklar
Gigantopiteklar (Gigantopithe-cus) — qirilib bitgan yuksak primatlar urugʻi. G.ning suyak qoldiqlari (pastki va yuqori katta oziq, tishlari)ni birinchi marta 1935-yil Janubiy Xitoyda erta pleyston qatlamlarida Gollandiya olimi Kengsvald topgan. Bu topilma kaynazoyning toʻrtlamchi davriga mansub. 1959-yilda Xitoy olimlari Pey Ven Chjun va Li ham Guansi viloyatidagi gʻorlardan Gigantopiteklarning uchta butun pastki jagʻlari va juda koʻp tishlarini topishgan. G.ning primatlar turkumidagi sistematik oʻrni toʻliq aniqlanmagan, baʼzi belgilariga kura gigantopiteklar pongidlarga, boshqa belgilari bilan gominidlarga yaqin. Baʼzi olimlarning fikricha, gigantopiteklar ikki oyoqda yerda yuradigan maymunlar boʻlgan, ammo tanasining keskin yiriklashuvi tufayli gominidlardan chetlashgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |