Giorgia Meloni (italyancha: Giorgia Meloni ; 1977-yil 15-yanvar) — italiyalik siyosatchi. 2022-yil 22-oktabrdan beri Italiya Vazirlar Kengashi raisi lavozimida ishlab kelmoqda. Giorgia Meloni Italiya tarixidagi birinchi rais ayoldir. 2014-yildan Meloni Italiya Birodarlar partiyasi, 2020-yildan esa Yevropa konservatorlari va Islohotchilar partiyasi yetakchisi.

Giorgia Meloni

Rasmiy portreti (2023)
Italiya Bosh vaziri
Mansab davri
22-oktabr 2022-yil
Prezident Sergio Mattarella
Oʻtmishdoshi Mario Draghi
Italiya Birodarlar tashkiloti prezidenti
Mansab davri
8-mart 2014-yil
Oʻtmishdoshi Ignazio La Russa
Yevropa konservatorlari va islohotchilar partiyasi prezidenti
Mansab davri
29-sentabr 2020-yil
Oʻtmishdoshi Jan Zahradil
Italiya yoshlar vaziri
Mansab davri
8-may 2008-yil – 11-noyabr 2011-yil
Bosh vazir Silvio Berlusconi
Oʻtmishdoshi Giovanna Melandri
Vorisi Andrea Riccardi
Deputatlar palatasi vitse-prezidenti
Mansab davri
4-may 2006-yil – 14-aprel 2008-yil
Prezident Fausto Bertinotti
Deputatlar palatasi aʼzosi
Bosh vazir 28-aprel 2006-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Giorgia Meloni

15-yanvar 1977-yil (1977-01-15) (47 yosh)
Rim, Italiya
Fuqaroligi Italya
Siyosiy partiyasi FdI (2012 yildan beri)
Boshqa siyosiy
birlashmalari
  • MSI (1992–1995)
  • AN (1995–2009)
  • PdL (2009–2012)
Bolalari 1
Imzosi
Vebsayti giorgiameloni.it

Hayoti

tahrir

Giorgia Meloni 1977-yil 15-yanvar kuni Rimda tugʻilgan. Meloni Sardiniyalik yurist Franchesko Meloni va Anna Paratorning qizidir. Uch yoshli Meloni va singlisi tasodifan uylariga oʻt qoʻyishadi. Natijada, u singlisi va onasi bilan Garbatella mahallasiga koʻchib oʻtgan. Oʻsha paytda otasi ularni tashlab ketadi va oʻn ikki yoshli Giorgia otasi bilan aloqani uzadi[1].

2018-yilgi parlament saylovlari va undan keyingi voqealar

tahrir

1996-yilda Giorgia Amerigo Vespuchchi institutida tilshunoslik fakultetida oʻqigan. U oʻsha yerda oʻrta maxsus diplomini olgan. 15 yoshida u „Ajdodlar“ (Gli Antenati) talabalar uyushmasini tuzdi. Giorgia oʻz uyushmasini Taʼlim vaziri Russo-Ervolino tomonidan ishlab chiqilgan maktab islohoti loyihasiga qarshi kurash deb hisobladi. 1996-yilda u „Student Action“ (Azione Studentesca) tashkilotiga boshchilik qiladi. 1998-yilda u Milliy Alyansdan Rim viloyati kengashiga saylangan va 2003-yilgacha Madaniyat, maktab va yoshlar siyosati komissiyasida ishlagan. 2001-yilda Milliy Alyans rahbari Janfranko Fini Giorgiani „Yoshlar harakati“ (Azione Giovani) partiyasi va yoshlar tashkiloti Milliy boshqaruv qoʻmitasining koordinatori etib tayinlandi. 2004-yilda ushbu tashkilotning Viterbodagi Milliy Kongressiga rahbarlik qildi. 2008-yil 8-mayda u Berluskonining toʻrtinchi hukumatida yoshlar bilan ishlash boʻyicha vazir etib tayinlandi (31 yoshida u Italiya Respublikasi tarixidagi eng yosh vazir edi). Keyinchalik, u ozodlik xalqining „Yosh Italiya“ (Jiovane Italia) yoshlar tashkilotiga ham rahbarlik qildi[2].

2006-2008-yilda XV chaqiriq Deputatlar palatasida Giorgia Meloni Milliy Alyans, 2008-2011-yillarda esa XVI chaqiriq palatasida „Ozodlik xalqi“ fraksiyasi aʼzosi boʻlgan[3]. XV chaqiriq Deputatlar palatasida 2006-yil 4-maydan 2008-yil 28-aprelgacha palata raisining oʻrinbosari, 2006-yil 29-iyundan 2008-yil 28-aprelgacha Aloqa va tashqi axborot qoʻmitasi boshqarmasi boshligʻi boʻlgan (Comitato per la comunicazione e l’informazione esterna, Commissione per il conferimento delle borse di studio della fondazione „carlo finzi“)[4].

2011-yilda Sperling & Kupfer jurnali Giorgi Meloni „ Noi crediamo“ kitobini nashr etdi („Biz ishonamiz, Italiyadagi eng yaxshi yoshlar“)[5].

Italiya Birodarlari Tashkiloti

tahrir
 
Crosetto, Meloni va La Russa Italiya birodarlarining tashkil etilishi munosabati bilan qoʻshma matbuot anjumanida.

2012-yil iyun oyida Giorgia Meloni Ozodlik xalqini tark etdi. 2012-yilning dekabr oyida Ignazio La Russa va Gido Crosetto bilan birgalikda Italiya birodarlar — Milliy oʻng markaz partiyasiga asos soldi[6].

2013-yilgi parlament saylovlaridan soʻng Meloni yana parlament quyi palatasiga oʻtdi va u yerda 2013-yil 19-martdan boshlab aralash fraksiyaning bir qismi boʻlgan. 2013-yil 3-aprelda u Italiya birodarlar — Milliy Alyans fraksiyasiga qoʻshiladi[7].

2014-yil 8-martda Meloni „Birodarlar Italiya“ partiyasi raisi etib saylandi[8].

2014-yilning bahorida matbuotda Silvio Berluskonining mumkin boʻlgan vorislari qatorida Italiyaning markaziy oʻng kuchlari rahbari sifatida Giorgi Meloni nomi tilga olindi va oʻsha yilning kuzida bu haqda matbuotda xabarlar tarqaldi[9]. Baʼzi ijtimoiy soʻrovlar natijalariga koʻra, Meloni ishonch reytingida amaldagi Bosh vazir Matteo Rensidan keyin ikkinchi oʻrini qayd etgan[10].

2015-yil 4-noyabrda Giorgi Meloni barcha markazchi oʻng kuchlarni birlashtirish uchun moʻljallangan Terra nostra — Italiani con Giorgia Meloni (Bizning erimiz Giorgia Meloni bilan italyanlar) harakati tashkil etilganini eʼlon qildi[11].

2016-yilning 17-martida Giorgia Meloni Matteo Salvinining Shimoliy Ligasi koʻmagida Rim saylovlarida ishtirok etishni eʼlon qildi. U oʻng markaziy lagerni siyosiy jihatdan ikkiga boʻldi, chunki Silvio Berluskoni Forza Italiya allaqachon nomzodini ilgari surgan edi[12].

2016-yil 5-iyunda Giorgia Meloni 20,64% ovoz bilan birinchi turda magʻlub boʻldi va Italiya Deputatlar palatasi raisi oʻrinbosari Roberto Giachetti (24,87%) parlament nomzodiga yutqazib, uchinchi oʻrinda qoldi. Besh yulduzli harakati Virjiniya Raggi 35,25% ni qayd etdi[13].

Italiya bosh vaziri

tahrir

2018-yilning 4-martida „Birodarlar Italiya“ parlament saylovlariga oʻng-markaz koalitsiyasining bir qismi sifatida kirishdi va u koʻp saylovchilar ovoziga ega boʻldi. „Osilgan“ parlamentning paydo boʻlishi tufayli yangi hukumatni shakllantirish kechiktirildi. Besh yulduz harakatining eng koʻp koalitsiyasi boshqa oʻng markaz kuchlari ishtirokisiz faqat Shimoliy Liga bilan qoldi. 27-may kuni prezident Mattarella yevroskeptik Paolo Savonaning ishtiroki tufayli tomonlar oʻrtasida kelishilgan vazirlar mahkamasi tarkibini tasdiqlashdan bosh tortgan. Va iqtisodchi Karlo Kottarelliga „texnik“ hukumat tuzishni taklif qildi[14][15].

2020-yilgi Parlament saylovlari

tahrir

Hukumat koalitsiyasining parchalanishi tufayli rejalashtirilgan 2022-yilgi muddatidan oldin parlament saylovlariga tayyorgarlikning yakuniy bosqichida Meloni hukumati yangi kabinetga kiritilmaydi[16].

2022-yil 25-sentabrda Abruzzo 3-okrugida boʻlib oʻtgan saylovlardan soʻng Meloni 51,5% ovoz bilan bir mandatli (L'Aquila shahri) deputatlar palatasiga qayta saylandi. Italiyaning oʻng-markaziy birodarlar koalitsiyasi, Olgʻa Italiya! va Biz moʻtadilmiz / Lupi — Toti — Brugnaro — SC ligasi Deputatlar palatasiga saylovlarda 43,8%, Senat saylovlarida 44% ovozni qoʻlga kiritdi (200 tadan 112-oʻrin, Italiya Birodarlarning ulushi 26%, u parlament quyi palatasida mutlaq koʻpchilikni tashkil qilardi(400 tadan 235-ta oʻrin)[17][18].

Oʻng markazchilar oʻrtasida koalitsiya tuzish shartlari boʻyicha muzokaralar choʻzilib ketdi. Silvio Berluskoni Meloni ustidan tanqidlarini yozadi: „oʻziga ishongan, hukmron, magʻrur va tajovuzkor“ (Supponente, prepotente, arrogante e offensiva)[19].

2022-yil 21-oktabrda Meloni Italiya Prezidenti Serjio Mattarellaga boʻlajak hukumat vazirlari roʻyxatini taqdim etdi. Serjio Mattarella Giorgia Meloniga kabinetni shakllantirishni topshiradi. Giorgia Mattarellaning qasamyod qabul qilish marosimini 22-oktyabr kuni soat 10.00 ga belgiladi[20].

 
Meloni inauguratsiya marosimida Prezident Mattarella bilan

2022-yil

tahrir

2022-yil 22-oktabrda Giorgia Meloni qasamyod qildi. Oʻsh kunning oʻzida u lavozimga kirishdi va rasman Giorgia Italiya hukumati tarixida birinchi rais ayol boʻldi. U Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Leyen va Yevropa parlamentida notiq Roberta Metsoladan rasmiy tabriklar oldi. Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Twitter’da u haqida shunday yozdi: „Giorgia Meloni hukumati tuzilgani bilan tabriklayman! Bu Yevropa huquqi uchun ajoyib kun“[21].

2022-yil 23-oktabrda Meloni Rimda Vatikanga tashrif buyurgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan norasmiy muzokaralar oʻtkazdi[22].

2022-yil 25-oktabrda Italiya Bosh vaziri Giorgia Meloni parlamentdagi birinchi nutqida mamlakatning yangi hukumati Ikkinchi jahon urushidan beri eng jiddiy muammolarga duch kelayotgani va kelasi yili iqtisodiyot tanazzulga yuz tutishi mumkinligini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, Vazirlar Mahkamasi energiya inqirozi oqibatlarini bartaraf etish uchun katta miqdorda mablagʻ sarflashi kerak edi. Meloni Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasining bashoratiga asoslanib, Italiya iqtisodiyotini 2023-yilda 0,2 foizga oshirdi[23].

2022-yil 22-dekabrda Meloni Bruno Vespa dasturida Italiya hech qachon Yevropa barqarorlik mexanizmi shartlarini qabul qilmasligini va Meloni migrantlarni qabul qilish mavzusida Bryussel bilan kurashishga tayyorligini aytdi (uning soʻzlariga koʻra, „biz qabul qilganlar — kontrabandachilarga toʻlash uchun puli borlar“)[24].

2023-yil

tahrir

2023-yil 24-martda u Ardeatin gʻorlaridagi otishmalarning 79 yilligiga bagʻishlangan dafn marosimida shunday dedi: „335 begunoh italiyalik shunchaki italiyalik boʻlgani uchun oʻldirilgan“. Bu mulohaza muxolifatni gʻazablantirdi. Italiya partizanlari Milliy Assotsiatsiyasining azosi Janfranko Pagliarulo Bosh vazirning bayonotiga izoh berdi: qatl etilganlarning barchasi, albatta, italiyaliklar edi, ammo natsist bosqinchilari jazolash operatsiyasi davomida anti-fashistlar, partizanlar va yahudiylar qatl qilish uchun tanlangan, bunga jim qarab turib boʻlmaydi[25].

2023-yil 18-aprelda Meloni Italiyada immigratsiyani kamaytirish va tugʻilish darajasini oshirish tarafdoriligini va „etnik oʻrin almashish“ga yoʻl qoʻymaslik haqida gapirdi. Muxolifat uni oq tanlilik gʻoyalariga sodiqlikda va yevropaliklarni Osiyo va Afrikadan kelgan muhojirlar bilan etnik almashtirish rejasi mavjudligida aybladi[26].

2023-yil 13-may kuni Meloni Italiyaga kelgan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi va qoʻshma matbuot anjumanida Rossiya bilan urushda Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligini „360 daraja“ qatʼiy qoʻllab-quvvatlashi haqida gapirdi. Italiya xalqining Ukraina xalqiga yaqinligi, umumiy erkinlik va demokratiya qadriyatlarini ulashishi, shuningdek, harbiy yordam va Kiyevning Yevropa integratsiyasiga boʻlgan qonuniy umidlarini qoʻllab-quvvatladi. Shuningdek, u Ukrainaga Yeropa Ittifoqiga qoʻshilish uchun nomzod maqomini berishga koʻmaklashini aytgan[27][28].

2023-yil 2-avgustda Meloni Platsebo vokalisti Brayan Molko ustidan rasmiy shikoyat qildi. Brayan Molko 18-iyul kuni Turin yaqinidagi Stupinigi shahridagi konsert sahnasida Melonini haqorat qilgan. Prokuratura zudlik bilan uni omma oldida haqorat qilganlik uchun 5 ming yevrogacha jarima toʻlashni nazarda tutuvchi modda boʻyicha tergov boshlaydi[29][30].

2023-yilning 1-noyabrida Meloni rossiyalik prankchilar Vovan va Lexus tomonidan uyushtirilgan prankning qurboniga aylandi[31][32]. Qoʻngʻiroq qilganlar oʻzlarini maʼlum bir yuqori martabali afrikalik amaldor deb tanishtirdilar. Suhbat mavzusi Ukrainadagi qurolli mojaro boʻldi. Prankchilar bilan suhbatda Meloni Gʻarb davlatlari allaqachon Ukrainadan charchaganini va Ukrainani 1991-yil chegaralariga qaytarishi kerak boʻlgan keng koʻlamli qarshi hujum foydasiz ekanligini aytdi. Bu eʼtirof Italiya matbuotida katta rezonansga sabab boʻldi. Italiyaning sobiq bosh vaziri Juzeppe Konte bu suhbat uchun Meloni tanqid qildi. U buni „sayyora nisbatlarining buzilishi“ deb atadi va shuningdek, Melonining prankchilar bilan suhbatda Ukraina boʻyicha pozitsiyasi parlamentdagi chiqishlarida aytganidan tubdan farq qilishini taʼkidladi[33].

2023-yil 3-noyabr kuni Italiyada Bosh vazirni toʻgʻridan-toʻgʻri saylovlarni joriy etish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi maʼqullangan Vazirlar Kengashi yigʻilishi yakunida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida jurnalistlar Meloniga yana prankchilar haqida savol berishdi. U voqeani jiddiy emas deb atadi va Italiya obroʻsiga putur yetganini tan oldi. Bundan tashqari, u diplomatik maslahatchisi Franchesko Talo sodir boʻlgan voqea uchun javobgarligini tan olganini va isteʼfoga chiqqanini aytdi[34].

2024-yil

tahrir

2024-yil 24-fevral kuni urishning ikki yilligi munosabati bilan Kiyevga tashrifi chogʻida Meloni va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy xavfsizlik sohasida hamkorlik boʻyicha ikki tomonlama bitim imzoladilar[35].

Oilasi

tahrir

2016-yil 30-yanvar kuni Maximus sirkida juftliklar tomonidan farzandlikka olishni qonuniylashtirishga qarshi boʻlganlarning namoyishi chogʻida Meloni yigiti Andrea Giambrunodan homiladorligini oshkora eʼlon qildi[36]. Andrea Giambruno TGcom24 telekanalida boshlovchi boʻlib ishlagan. 2016-yil 16-sentyabrda uning qizi Ginevra tugʻildi[37].

2019-yil 8-sentabrda Meloni Corriere della Sera nashriga bergan intervyusida bir necha oy davomida uni Meloni qizining otasi deb daʼvo qilgan erkak taʼqib qilganini va uni undan oʻgʻirlab ketganini aytdi. Gumonlanuvchi esa qoʻlga olingani va unga nisbatan uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilganini aytidi[38].

2023-yil 20-oktyabrda u Jiambruno bilan janjaldan keyin, ajrashganini eʼlon qildi[39].

Manbalar

tahrir
  1. Giorgio Dell’Arti, Alberto Spada. „Giorgia Meloni“ (it). Cinquantamila Giorni. Corriere della Sera (2014-yil 27-may). 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-fevral.
  2. „Giorgia Meloni: Gioventù da non bruciare“ (it). biografieonline.it. 2014-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-dekabr.
  3. „Giorgia Meloni“ (it). Gruppi parlamentari. Camera dei deputati (Portale storico). Qaraldi: 2014-yil 6-dekabr.
  4. „Giorgia Meloni“ (it). Incarichi parlamentari. Camera dei deputati (Portale storico). Qaraldi: 2014-yil 6-dekabr.
  5. „Noi crediamo. Viaggio nella meglio gioventù d'Italia di Giorgia Meloni“ (it). La Feltrinelli. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-fevral.
  6. „Giorgia Meloni“ (it). Argomenti del Sole. Il Sole 24 ore (2013-yil 8-fevral). 2017-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-dekabr.
  7. „MELONI Giorgia - FDI-AN“ (it). Camera dei deputati. 2015-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-dekabr.
  8. „Giorgia Meloni eletta presidente di Fratelli d'Italia“ (it). Sky TG24 (2014-yil 8-mart). Qaraldi: 2016-yil 27-fevral.
  9. Luigi Caputo. „Centrodestra cerca un nuovo leader: chi prenderà il posto di Silvio Berlusconi? Giorgia Meloni e Guido Brera più popolari“ (it). Huffington Post (2014-yil 29-may). 2014-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-dekabr.
  10. Denise Pardo. „L'irresistibile ascesa di Giorgia Meloni. Una Marine Le Pen di casa nostra“ (it). L’Espresso. La Repubblica (2014-yil 13-oktyabr). 2014-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-dekabr.
  11. Enrico Paoli. „Nasce il Fratelli d'Italia 2: "Terra nostra" con Giorgia Meloni per rifare la destra“ (it). Libero Quotidiano (2015-yil 4-noyabr). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-may.
  12. „Roma, Giorgia Meloni si candida a sindaco. Salvini la sostiene. Bertolaso: 'Non mi ritiro'“ (it). ANSA (2016-yil 17-mart). 2016-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-may.
  13. „Tabella risultati Roma“ (it). Comunali. la Stampa (2016-yil 6-iyun). 2016-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-iyun.
  14. Francesca Schianchi. „Scontro istituzionale mai visto: Conte rinuncia, pronto Cottarelli. Di Maio chiede l’impeachment“ (it). la Stampa (2018-yil 28-may). 2018-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-may.
  15. „Russia-Ucraina, scoppia la guerra ma Meloni su Twitter critica la Francia per ingerenze in Italia“ (it). la Repubblica (2022-yil 24-fevral). Qaraldi: 2022-yil 22-sentyabr.
  16. „Elezioni politiche 2022, Meloni: "Con me a Chigi linea dell'Italia non cambia, ma no a ministri di Draghi nel mio governo". Letta: "Se vince destra, Putin uomo più felice del mondo"“ (it). la Repubblica (2022-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 22-sentyabr.
  17. „ELEZIONI camera 2022. RISULTATI ITALIA“ (it). la Repubblica (2022-yil 26-sentyabr). 2022-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-sentyabr.
  18. „ELEZIONI senato 2022. RISULTATI ITALIA“ (it). la Repubblica (2022-yil 26-sentyabr). 2022-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-sentyabr.
  19. Concetto Vecchio. „Berlusconi e gli appunti su Meloni, nella foto esclusiva lui scrive di lei: "Supponente, prepotente, arrogante e offensiva"“ (it). la Repubblica (2022-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 21-oktyabr.
  20. „Meloni accetta l'incarico di Mattarella: ecco la lista dei ministri“ (it). il Foglio (2022-yil 21-oktyabr). 2023-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-fevral.
  21. „Meloni e i ministri hanno giurato: «Serviremo l’Italia con orgoglio». Von der Leyen: «Lavoreremo insieme». Orban: «Grande giorno per destra Ue»“ (it). Il Sole 24 ore (2022-yil 22-oktyabr). 2022-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-oktyabr.
  22. „Meloni vede Macron a Roma: "Dare risposte comuni sull'energia"“ (it). ANSA (2022-yil 24-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 24-oktyabr.
  23. „Meloni: Italy could be in recession in 2023, faces tough times“ (en). Reuters (2022-yil 25-oktyabr). 2022-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-oktyabr.
  24. „Meloni a Porta a Porta: "L'Italia non prenderà il Mes, posso firmare col sangue". E sui migranti: "Arriva qui chi ha soldi da dare agli scafisti"“ (it). ANSA (2022-yil 22-dekabr). 2022-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-dekabr.
  25. „Fosse Ardeatine, Meloni: "335 italiani innocenti massacrati solo perché italiani". Anpi e opposizioni attaccano“ (it). ANSA (2023-yil 24-mart). 2023-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-aprel.
  26. Matteo Pucciarelli. „“Meno migranti, più figli: no alla sostituzione etnica”. Meloni-Lollobrigida shock“ (it). La Repubblica (2023-yil 19-aprel). 2023-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-aprel.
  27. „Giorgia Meloni riceve Zelensky a Palazzo Chigi: "Fermo sostegno dell'Italia a Kiev, a 360 gradi"“ (it). RAI News (2023-yil 13-may). 2023-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-may.
  28. Tommaso Ciriaco. „La destra fa retromarcia: voto sul Mes in autunno. Vincono i moderati pro-Ue“ (it). la Repubblica (2023-yil 1-iyul). 2023-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyul.
  29. „Meloni denuncia Brian Molko per il ‘concerto comizio’. Va bene tutto, ma “fascista, razzista e nazista” proprio no…“ (it). il Riformista (2023-yil 2-avgust). Qaraldi: 2023-yil 2-avgust.
  30. „Italy investigates Placebo singer for calling far-right PM ‘racist’ and ‘fascist’“ (en). The Guardian (2023-yil 18-iyul). Qaraldi: 2023-yil 2-avgust.
  31. „Мелони обсудила с пранкерами Украину.“.
  32. „Scherzo telefonico a Meloni sull'Ucraina dice: "Ho alcune idee, sto aspettando il momento"“ (it). la Repubblica (2023-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 1-noyabr.[sayt ishlamaydi]
  33. „Бывший премьер раскритиковал Мелони“.
  34. „Telefonata fake con i russi, Meloni: “Gestita con superficialità, ha esposto l’Italia. Il mio consigliere diplomatico Talò si è dimesso”“ (it). la Repubblica (2023-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 3-noyabr.
  35. „Украина и Италия подписали соглашение о сотрудничестве в области безопасности“. Коммерсантъ (2024-yil 24-fevral). Qaraldi: 2024-yil 24-fevral.
  36. „Giorgia Meloni al Family Day: «Sono incinta»“ (it). Vanity Fair (2016-yil 30-yanvar). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-fevral.
  37. „Fiocco rosa per Giorgia Meloni: è nata Ginevra“ (it). la Repubblica (2016-yil 16-sentyabr). 2017-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-fevral.
  38. „Meloni: “Mesi di angoscia per uno stalker che ce l'aveva con mia figlia”“ (it). la Stampa (2019-yil 8-sentyabr). 2019-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-sentyabr.
  39. Barbie Latza Nadeau. „Italian Prime Minister Giorgia Meloni publicly dumps partner over lewd remarks“ (en). CNN (2023-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 21-oktyabr.