Gorelyef
Gorelyef (frans. haut — baland va relief — relyef, boʻrtma) — haykaltaroshlik turi. Tasvir (odam, hayvon, manzara va b.)ning yarmidan koʻprogʻi zamin sathidan boʻrttirib ishlanadi. G. Qad. Rim, Yunoniston, Hindiston meʼmorligi, haykaltaroshlik va bezak sanʼatida keng qoʻllangan (mas, Maharashtra shtati Karli qishlogʻidagi gʻor — Budda ibodatxonasi, mil. av. 1-asr). Oʻzbekiston hududidagi Ayritom (1—2-asrlar), Varaxsha (8-asr) harobalaridan tosh va ganchdan ishlangan G.lar topilgan (raqqosa, sozanda, ot, jayran shakllari). Toshkent metrosining "Sobir Rahimov", "Buyuk Ipak yoʻli", "Mustaqillik maydoni" bekatlaridagi lavhalarda G. qoʻllangan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |