Greta Vardanyan
Greta Vardanyan (1986-yil 20-fevralda tugʻilgan) – arman pauerliftingchisi va para-togʻ changʻisichi. U Armaniston uchun jami toʻrt marta Paralimpiya oʻyinlarida, bir marotaba qishki va uch marotaba yozgi paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. Vardanyan har safar yozgi oʻyinlarda bayroqdor boʻlgan.
Greta Vardanyan | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavallud paytidagi ismi | Greta Khndzrtsyan |
Tavallud sanasi | 20-fevral 1986-yil |
Sport | |
Mamlakat | Armenia |
Qaysi sport | Powerlifting |
Murabbiy(lar)i | Samson Khachatryan |
Ilk yillari
tahrirGreta Vardanyan (ismi Xndzrtsyan) 1986-yil 20-fevralda tugʻilgan[1]. U ikki yoshida, 1988-yilda Armanistonda sodir boʻlgan zilzilada jarohat olgan[2]. Oqibatda uning ikkala oyogʻi tizzasining tepa qismidan kesib tashlangan[3]. Vardanyanning ota-onasi va aka-ukalari zilzila natijasida olgan jarohatlari tufayli vafot etishgan[4].
Sportchilik faoliyati
tahrirParatogʻ changʻisi
tahrirVardanyan 1993-yilda sport bilan shugʻullana boshlagan, dastlab para-changʻi sportida oʻzini sinab koʻrgan. U shu sportda koʻzga tashlangan va 2002 va 2005-yillar orasida Qoʻshma Shtatlardagi musobaqalarda ishtirok etgan[5]. Keyinchalik u AQSHdagi musobqadan soʻng, u 2006 yilda Italiyaning Turin shahrida boʻlib oʻtgan qishki Paralimpiya oʻyinlarida Armaniston nomidan qatnashgan ikki sportchidan biriga aylangan[6]. Vardanyan gigant slalomda ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada qatnashib 3:43.29 natija qayd etgan va bu unga11-oʻrinni egallashni kafolatlagan[7].
Ogʻir atletika
tahrirU 2005-yildan boshlab ogʻir atletika boʻyicha professional tarzda qatnasha boshlagan va ikki yil oʻtgach[1] Gretsiyada boʻlib oʻtgan Yevropa ochiq chempionatida oʻz vazn toifasida ikkinchi oʻrinni egallab, kumush medalni qoʻlga kiritgan va bu uning oʻzining birinchi xalqaro musobaqasiga aylangan[4]. Uning birinchi yozgi Paralimpiya oʻyinlari 2008-yilda Xitoyning Pekin shahrida boʻlib oʻtgan. Ochilish marosimida Millatlar paradida Armaniston bayroqdori etib tayinlangan[8]. Vardanyan 80 kilogram (180 lb) koʻtara olmagani uchun ayollar oʻrtasida 48 kilogramm vazn toifasida ishtirok eta olmagan[9].
2012-yilda u suzuvchi Maga Xovakimyan bilan birgalikda 2012-yilda Angliyaning London shahrida boʻlib oʻtadigan yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Armaniston terma jamoasi ishtirok etishi uchun ayollardan tashkil topgan jamoaning bir qismi sifatida tanlab olingan[2]. Ikkinchi marta u ochilish marosimida Millatlar paradida Armaniston bayroqdori etib tayinlangan[10]. Vardanyan 82 kilogram (181 lb) vaznni koʻtarishga muvaffaq boʻlgan. Lekin bu natija unga medallar taqdim etmagan. Bu musobaqada ham u ayollar oʻrtasidagi 48 kg vazn toifasida ishtirok etgan[11].
Vardanyan Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida boʻlib oʻtadigan 2016-yilgi yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Armaniston nomidan ishtirok etish uchun yana bir bora tanlab olingan. Oldingi ikki oʻyinda boʻlgani kabi, u Millatlar paradida ham oʻz davlatining bayroqdori sifatida maydonga chiqgan[12]. U oʻz vazn toifasida beshinchi oʻrinni egallagan, uning eng yaxshi natijasi 96 kilogram (212 lb) boʻlib, u uchta muvaffaqiyatli urinishidan soʻng shu natijani qayd etgan[13].
Vardanyan 2017-yilda Vengriyaning Eger shahrida boʻlib oʻtgan parapauerlifting boʻyicha Jahon kubogining ochilish marosimida ikkinchi oʻrinni egallagan. 55-kg vazn toifasida ishtirok etgan va 85 kilogram (187 lb) natija qayd etgan. Bu musobaqada u chililik Kamila Kamposga magʻlub boʻlgan. Kampos 92 kilogram (203 lb) natijani qayd etgan[14].
Shaxsiy hayoti
tahrirVardanyan oila qurgan va bir nafar qiz farzandi bor[1]. U oilasi bilan Shiroq viloyatining Gyumri shahrida istiqomat qilgan[4]. Sportdan tashqari, u psixolog boʻlib, Armaniston davlat pedagogika universitetida tahsil olgan[5].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „London Paralympics 2012: Armenian athletes – Greta Vardanyan (PHOTOS)“. News.am (2012-yil 24-avgust). Qaraldi: 2017-yil 12-noyabr.
- ↑ 2,0 2,1 Aghanjanian, Liana. „Armenia's All-Female Team at 2012 Paralympics“. ianyan (2012-yil 31-avgust). Qaraldi: 2017-yil 12-noyabr.
- ↑ „Athlete Bio“. Paralympic.org. 2017-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-noyabr.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 „Student Council-Pyunik: New Format of Cooperation“. YSU News (2011-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 12-noyabr.
- ↑ 5,0 5,1 „"I am simply a European vice champion"“. Erit.am (2011-yil 19-yanvar). 2019-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-noyabr.
- ↑ „The Armenian National Team of Paralympic Games Leaves for Torino“. National Assembly of Armenia (2006-yil 3-mart). Qaraldi: 2017-yil 12-noyabr.
- ↑ „Results Day 9 – March 19“. CBC.ca. Qaraldi: 2017-yil 12-noyabr.
- ↑ „Beijing 2008 Paralympic Games Opening Ceremony - Flagbearers List“. Paralympic.org. 2008-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Powerlifting Women's 48 kg“. Beijing 2008 (2008-yil 10-sentyabr). 2012-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-noyabr.
- ↑ „List of Opening Ceremony flag bearers“. Paralympic.org (2012-yil 29-avgust). Qaraldi: 2017-yil 12-noyabr.
- ↑ „Paralympic Games: Greta Vardanyan didn't win medal“. Lurer.com (2012-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 12-noyabr.
- ↑ „Greta Vardanyan is Armenia's flag bearer at Rio Paralympics“. MediaMax Sport (2016-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 12-noyabr.
- ↑ „Greta Vardanyan took the 5th place at the Summer Paralympic Games“. Republic of Armenia Ministry of Sport and Youth Affairs (2016-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 12-noyabr.
- ↑ „Tunkel victorious at home powerlifting World Cup“. Paralympic.org (2017-yil 4-may). Qaraldi: 2017-yil 12-noyabr.