The Grinch (film)

2018-yilda ishlangan animatsion film
(Grinch (film)dan yoʻnaltirildi)

The Grinch“ (oʻzbekcha manbalarda „Grinch“ oʻlaroq maʼlum) — 2018-yilda chiqarilgan kompyuterli animatsion film. „How the Grinch Stole Christmas“ (2000) kinokartinasining remeyki. Dr. Seuss yozgan „How the Grinch Stole Christmas!“ (1957) kitobiga asoslangan. Illumination studiyasi tomonidan ishlangan, Universal kompaniyasi tomonidan esa tarqatilgan. Film bosh qahramonlariga Benedict Cumberbatch, Rashida Jones, Kenan Thompson, Cameron Seely va Angela Lansbury ovoz bergan.

The Grinch

Film posteri
Rejissyor(lar)
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar)
Rollarda
Sharhlovchi(lar) Pharrell Williams
Bastakor(lar) Danny Elfman[1]
Muharrir(lar) Chris Cartagena
Studiya(lar)
Distribyutor Universal Pictures[2]
Chiqarilgan sanasi
  • 9-noyabr, 2018-yil(2018-11-09)
Davomiyligi 85 daqiqa[3]
Mamlakat Qoʻshma Shtatlar AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $75 million[4]
Daromadi $540 million[4]

„The Grinch“ premyerasi 2018-yilning 9-noyabrida boʻlib oʻtgan.

Syujeti

tahrir

Grinch — tanasi yashil yung bilan qoplangan mijgʻov, badqovoq jonzot. Qachonlardir Whoville shaharchasi aholisi uning oʻzgacha tashqi qiyofasi ustidan mazax qiladi. Bu hodisa Grinchning koʻnglini chilparchin qiladi. Shu kundan buyon Grinch doʻst orttirishga boʻlgan urinishlarini butunlay yigʻishtirib, shaharcha yaqinidagi gʻorda yolgʻizlikda yashashni boshlaydi. Yagona hamrohi — Max (talaffuzi: Maks) laqabli it. Yildan yilga shaharcha aholisining Rojdestvoni quvonch ila nishonlashi Grinchning nafratini kuchaytirib boradi. Kunlarning birida esa shaharliklarning bayramini oʻgʻirlashga qaror qiladi.

Ovoz berganlar

tahrir
Aktyor Personaj
Benedict Cumberbatch Grinch
Cameron Seely Cindy Lou Who
Rashida Jones Donna Who
Kenan Thompson Bricklebaum
Angela Lansbury mer McGerkle
Pharrell Williams hikoyachi
Tristan O'Hare Groopert
Sam Lavagnino Ozzy
Ramone Hamilton Axl
Scarlett Estevez Izzy
Michael Beattie doʻkon sotuvchisi

Oʻzbekcha dublyaj

tahrir

Shuningdek, tarjimon — Hasanboy Teshaboyev, rejissor va ovoz rejissori — Jamshid Tangliberdiyev, rejissor yordamchisi — Raʼno Suyunova, montaj ustasi — Hamidullo Latipov, texnik xodim — Muhammadali Rashidov hamda muharrir — Baxtiyor Karimberdiyev[manba kerak].

Manbalar

tahrir
  1. „Danny Elfman to Score Illumination’s ʻHow the Grinch Stole Christmas’“ (inglizcha). Film Music Reporter (20-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 23-noyabr 2017-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Film releases“ (inglizcha). Variety Insight. Qaraldi: 5-iyun 2017-yil.
  3. „Dr. Seuss' The Grinch“ (inglizcha). Regal Entertainment Group. 7-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-oktabr 2018-yil.
  4. 4,0 4,1 „The Grinch (2018)“ (inglizcha). Box Office Mojo. IMDb. Qaraldi: 20-aprel 2019-yil.

Havolalar

tahrir