Gruziya Milliy banki
Gruziya Milliy banki (gruzincha: საქართველოს ეროვნული ბანკი , Sakartvelos Erovnuli Bank'i) — Gruziya markaziy banki . Bank maqomi Gruziya Konstitutsiyasi bilan belgilanadi. Mamlakat Konstitutsiyasiga koʻra, bank davlat nazoratidan mustaqil boʻlib, narx barqarorligini taʼminlash vazifasi yuklanadi [4]. Milliy bankning oliy organi yetti kishidan iborat Kengash hisoblanadi. Milliy bank prezidenti Kengashga raislik qiladi. Kengash, raisdan tashqari, ikki nafar vitse-prezident va boshqa aʼzolardan iborat. Gruziya Milliy banki Kengashi aʼzolari Gruziya Prezidentining taqdimiga binoan Gruziya parlamenti tomonidan uning aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan yetti yil muddatga saylanadi [4].
Bosh qarorgohi | Tbilisi Zviad Gamsaxurdiya nomli oʻng qirgʻoq, 1-uy |
---|---|
Tashkil etilgan yili |
31-dekabr, 1919-yil (Gruziya Demokratik Respublikasi Davlat banki sifatida) 1991 (Gruziya Milliy banki sifatida)[1] |
Mulkchilik shakli | 100% Davlat mulki [2] |
Rais | Archil Mestvirishvili |
Markaziy banki | Gruziya |
Valyutasi | Gruzin larisi |
Oltin-valyuta zaxiralari | $4 116 mln |
Foiz stavkasi | 7.5% [3] |
Oʻtmishdoshi | SSSR Davlat banki Gruziya Boshqarmasi |
Veb sayti | nbg.gov.ge |
Tarixi
tahrirGruziya Milliy banki 1991-yilda SSSR Davlat bankining Gruziya Respublika banki negizida tashkil etilgan.
Gruziyaning birinchi markaziy banki 1919-yilda tashkil etilgan. Uning birinchi rahbari 1919-yildan 1924-yilgacha bankni boshqargan Yason Lordkipanidze edi. 1991-yilda, Sovet Ittifoqi parchalanganidan soʻng, tartibga soluvchi mustaqil muassasa sifatida faoliyat koʻrsata boshladi. Keyin Gruziya Oliy Kengashining qarori bilan Sovet moliya-kredit tuzilmasi asosida Gruziya Milliy banki tashkil etildi [5].
Prezidentlari
tahrir- Yason Lordkipanidze - Gruziya Davlat bankining gubernatori, 1920-yil iyul - 1921-yil fevral [1];
- Gia Topuriya, 1991-yil oktabr - 1992-yil yanvar [1];
- Vaja Jinjixadze, 1992-yil yanvar - 1992-yil mart [1];
- Nodar Kakuliya, 1992-yil aprel - 1992-yil noyabr [1];
- Demur Dvalishvili, 1992-yil noyabr - 1993-yil oktabr [1];
- Nodar Javaxishvili, 1993-yil oktabr - 1998-yil mart [1];
- Irakli Managadze, 1998-yil mart - 2005-yil mart [1];
- Roman Gotsiridze, 2005-yil mart - 2007-yil oktabr [1];
- David Amaglobeli, 2007-yil oktabr - 2009-yil fevral [1];
- Giorgiy Kadagidze, 2009-yil fevral - 2016-yil fevral [1];
- Koba Gvenetadze, 2016-yil mart - 2023-yil mart.
Gruziya Konstitutsiyasi
tahrir95-modda
tahrir- 1. Gruziya Milliy banki narxlar barqarorligini taʼminlash uchun Gruziya pul tizimining ishlashini taʼminlaydi va moliya sektorining samarali ishlashini qoʻllab-quvvatlaydi.
- 2. Milliy bank barcha banklarning banki, Gruziya hukumatining bankiri va fiskal agenti hisoblanadi.
- 3. Milliy bank oʻz faoliyatida mustaqildir. Uning huquq va majburiyatlari, faoliyat yuritish tartibi, shuningdek, mustaqilligining kafolati Organik qonun bilan belgilanadi.
- 4. Pulning nomi va birligi qonun bilan belgilanadi. Milliy bank pul muomalasida monopol huquqqa ega [4].
96-modda
tahrir- 1. Gruziya Milliy bankining oliy organi Milliy bank Kengashi boʻlib, uning aʼzolari parlament tomonidan Prezidentning taqdimiga binoan deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan yetti yil muddatga tasdiqlanadi. Kengash aʼzolari ushbu Konstitutsiyaning 64-moddasiga muvofiq faqat parlament qaroriga binoan lavozimidan ozod etilishi mumkin.
- 2. Milliy bank Prezidenti Kengash aʼzolari orasidan Milliy bank Kengashining taqdimiga binoan Gruziya Prezidenti tomonidan tayinlanadi va oʻz vazifasidan ozod qilinadi.
- 3. Milliy bank parlamentga hisobot beradi va har yili oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi [4].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 „National Bank Of Georgia“. www.nbg.gov.ge.
- ↑ Weidner, Jan „The Organisation and Structure of Central Banks“ (PDF). Katalog der Deutschen Nationalbibliothek (2017).
- ↑ „Committee decisions“. National Bank of Georgia. Qaraldi: 11-oktabr 2019-yil.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 „საქართველოს პარლამენტი“. parliament.ge. 2021-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-iyun.
- ↑ „Bankir.ru: Национальный банк Грузии: прошлое, настоящее, будущее“. 2015-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-iyun.