Gruziya Tashqi ishlar vazirligi

Gruziya Tashqi ishlar vazirligi (gruzincha: საქართველოს საგარეო საქმეთა სამინისტრო, sakartvelos sagareo sakmeta saministʼro)—Gruziyaning jismoniy va yuridik shaxslarining chet eldagi manfaatlarini himoya qilish va targʻib qilish uchun mas’ul boʻlgan davlat organi hisoblanadi. Vazirlikka Gruziya Bosh vaziri tomonidan vazirlar mahkamasi aʼzosi sifatida tayinlanadigan tashqi ishlar vaziri rahbarlik qiladi. Hozirda bu lavozimda 2022-yil 4-apreldan beri Ilya Darchiashvili faoliyat olib bormoqda.

Gruziya Tashqi ishlar vazirligi
Turi Vazirlik
Ishga tushgan sanasi 1918-yil 25-may
Joylashuvi 3-uy, Giorgi Leonidze ko'chasi, 0118, Tbilisi, Gruziya
Vazir Ilia Darchiashvili
Budjet 136,500,000 (2019) (~€40,000,000)
Vebsayti www.mfa.gov.ge

Faoliyat

tahrir

Gruziya tashqi xizmati-Tashqi ishlar vazirligi, Diplomatik vakolatxonalar va konsullik xizmatlari Gruziya Konstitutsiyasi, Tashqi siyosat strategiyasi hamda Milliy xavfsizlik konsepsiyasida mustahkamlangan asosiy milliy manfaatlar va qadriyatlariga xizmat qiladi. Vazirlik mamlakat xavfsizligi va xalqaro maqomini oshirish hamda globallashib borayotgan dunyoda uning manfaatlarini ilgari surish maqsadida Gruziyaning tashqi siyosatini olib boradi[1].

Tarixi

tahrir
 
Evgeni Gegechkori

Tashqi ishlar vazirligi 1918-yil 26-mayda, Gruziya oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan kuni tashkil etilgan. Natijada chet ellarda diplomatik ishlarni olib borish uchun zarur boʻlgan tashqi ishlar komissiyalari, diplomatik vakolatxonalar va boshqa tuzilmalar tuzildi. Akaki Chkhenkeli siyosiy lider sifatida birinchi tashqi ishlar vaziri boʻlgan[2]. 1918-yil noyabrda Evgeniy Gegechkori tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi.

Tashqi ishlar vazirligi Gruziya Demokratik Respublikasining asosiy tashqi siyosat agentligi boʻlgan. U hukumat nomidan diplomatik muzokaralar olib borgan. Vazirlik parlamentga hisobdor boʻlgan. Vazirlik xodimlari soni 50 kishidan oshmagan va uning tuzilmasi quyidagicha boʻlgan[3] :

  • Tashqi ishlar vaziri–vazirlik direktori, direktor oʻrinbosari, yuridik maslahatchisi, vazirning kotibi hisoblanadi.
  • Kadrlar boʻlimi–vazirning kadrlar boʻlimi boshligʻi, mas’ul kotib, haydovchi.
  • Siyosiy boʻlim–boʻlim boshligʻi, Yevropa boʻlimi boshligʻi, Osiyo boʻlimi boshligʻi, boʻlimlar, idoralar masʼul kotiblari va tarjimonlar.
  • Umumiy boʻlim–boʻlim boshligʻi, mas’ul kotib va ​​uning yordamchisi, kantsler.
  • Axborot byurosi–boʻlim boshligʻi, mas’ul kotib, kantsler va tarjimonlar.

Tashkiliy tuzilma

tahrir

Tashqi ishlar vaziri

tahrir

Tashqi ishlar vaziri vazirlikning bosh ijrochi direktori va Gruziya Bosh vaziriga bevosita hisob beradigan va maslahat beradigan Vazirlar Mahkamasi aʼzosi hisoblanadi. Vazir butun vazirlik va uning xodimlarini tartibga soladi va nazorat qiladi.

Manbalar

tahrir