Gulbahor Saidgʻaniyeva
Gulbahor Sharobiddinovna Saidgʻaniyeva (1969-yil 2-iyul, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek oʻqituvchisi va siyosat arbobi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 2020-yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IV chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati. "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi aʼzosi.
Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida kafedra mudiri lavozimida ishlaydi.
Tarjimai holi
tahrirGulbahor Saidgʻaniyeva Qo‘qon davlat pedagogika institutini tamomlagan. 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IV chaqiriq Qonunchilik palatasiga saylangan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi aʼzosi etib tayinlangan[1].
2024-yilning noyabr oyidan boshlab Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida kafedra mudiri lavozimida ishlaydi.
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi
O'zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi a'zosi
Ozarbayjon Yozuvchilar birligi faxriy a'zosi
Manbalar
tahrir- ↑ „Депутаты“. parliament.gov.uz. 2022-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-yanvar.