Gulikura tizmasi
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Gulikura tizmasi — Hisor tizmasi tarmogʻi, Surxondaryo viloyatining shimoli-sharqidagi Uzun tumani hududida joylashgan. Dalma, Kichkina Bardon tizmalaridan jan.roqda. Uzunligi 8-9 km, oʻrtacha bal. 1400-1500 m, eng baland nuqtasi 2041 m. Jan.-gʻarbiy yon bagʻri nisbatan tekisroq boʻlib, Toʻpolondaryo vodiysi tomon sekin-asta pasayib boradi. Shimoliy va shimoli-sharqiy yon bagʻri tik boʻlib, Zevarsoy qirgʻoqlaridan tik koʻtarilgan. Iqlimi kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 1—2°, iyulniki 22—28°. Yillik yogʻin miqdori 600-800 mm. G. t.dan koʻplab buloq va kichik soylar boshlanadi. Tuprogʻi boʻz tuproq, togʻ jigarrang tuproqlar boʻlib, ularda efemer (bir yillik), efemeroid (koʻp yillik) oʻsimliklar oʻsadi. Shimoli-sharqida archazor oʻrmonlar bor. Asosan yaylov sifatida foydalaniladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |