Gyote nomidagi 60-sonli IDUM

Toshkent shahridagi nemis tilini chuqurlashtirgan holda oʻqitishga ixtisoslashgan davlat maktab muassasasi

Gyote nomidagi 60-sonli IDUM — Toshkent shahridagi nemis tilini chuqurlashtirgan holda oʻqitishga ixtisoslashgan davlat maktab muassasasi. 2019-yildan maktab nemis yozuvchisi Iogann Volfgang fon Gyote nomi bilan ataladi. Ushbu maktab Oʻzbekistondagi eng yaxshi 10 ta davlat taʼlim muassasalari qatoriga kiradi[1].

Gyote nomidagi 60-sonli IDUM
Address
Fidokor koʻchasi, 23
Toshkent, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Maʼlumot
Maktab turi IDUM
Asos solingan sanasi 1920-yil
Direktor Tatyana Nekrasova
Sinflar 1-sinfdan 11-sinfgacha
Gender aralash (oʻgʻil va qiz bolalar birgalikda oʻqitiladi)
Til Ruscha
Tuition bepul
Map
Gyote nomidagi 60-sonli IDUM manzili xaritada

Tarixi

tahrir

1917-yilda Gogol koʻchasida (hozir Istiqbol koʻchasi) ixtisoslashtirilgan temir yoʻl maktabi ochildi. 1920-yilda maktab 60-sonli ixtisoslashtirilgan maktab deb oʻzgartirildi va V. A. Shumilov direktor etib tayinlandi. 1962-yilda 60-maktab nemis tilini chuqur oʻrganadigan ixtisoslashtirilgan maktabga aylantirildi[2]. 1985-yilda maktab binosi Chexov koʻchasi, 23-uyga koʻchirildi. Eski binoda hozirda Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi joylashgan[3]. 1991-yilda Tatyana Nekrasova 60-sonli maktab direktori boʻldi[4]. 2019-yildan maktab nemis yozuvchisi Iogann Volfgang fon Gyote nomi bilan ataladi[5]. 2022-yilda maktab binosida kapital taʼmirlash ishlari yakunlanib, ikkinchi binosi qurildi. 2022-yil 1-noyabr kuni Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok maktabga tashrif buyurib, oʻquvchilarning bilim darajasini yuqori baholadi[6].

Faoliyat

tahrir

Gyote nomidagi 60-sonli IDUM oʻquvchilarni Germaniya universitetlarida oʻqish uchun zarur boʻlgan xalqaro til diplomini (DSD) olishga tayyorlash markazidir[2]. 1996-yildan beri maktab Germaniyaning Xorijdagi maktablar markaziy idorasi (Zentralstelle für das Auslandsschulwesen, ZfA) bilan hamkorlik qiladi[7][8].

2020-yildan beri Vikipediyada maqolalar yozish uchun tashkil etilgan „Wikischool“ klubi oʻz faoliyatini yuritib kelmoqda[9][10]. 2023-yilda maktab oʻquvchisi Yaroslav Galiyev „Viki Yerni Sevadi Oʻzbekiston 2023“ foto tanlovida[11], Azizbek Karimov va Azimxon Abbosxonov esa WikiStipendiya II doirasidagi „Tarjima marafonida“ sovrindor boʻlishgan[12].

Taniqli bitiruvchilar

tahrir

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir