Hafiza Ortiqova
Hafiza Toʻymurodovna Ortiqova (1976-yil 24-dekabr, Buxoro tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, biologiya fanlari doktori, professor.
Hafiza Toʻymurodovna Ortiqova | |
---|---|
Tavalludi |
24-dekabr 1976-yil Buxoro tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | biolog olim |
Sohasi | biologiya |
Taʼlimi | Buxoro davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | biologiya fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirHafiza Ortiqova 1976-yil 24-dekabr Buxoro tumanida tugʻilgan. 1992—1997-yillarda Buxoro davlat universitetini tamomlagan. 1997—2001-yillarda Buxoro davlat universiteti oʻqituvchisi, 2001—2003-yillarda Buxoro davlat universiteti Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2006—2011-yillarda Kimyo-biologiya fakulteti oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari, 2011—2013-yillarda Kimyo-biologiya fanlar fakulteti dekani, 2013—2015-yillarda Tabiiy fanlar fakulteti dekani vazifasida ishlgan. 2019-yildan Agronomiya va biotexnologiya fakulteti dekani hamda agronomiya va tuproqshunoslik kafedrasi professori[1].
Ilmiy faoliyati
tahrir100 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlar muallifi. 2005-yilda „Buxoro vohasi tuproqlarining sugʻorish taʼsirida oʻzgarishi“ mavzusida nomzodlik, 2019-yilda „Buxoro vohasi tuproqlarining evolyutsiyasi, ekologiyasi va tuproq unumdorligini oshirish“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[manba kerak].
Mukofotlari
tahrir- „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ esdalik nishoni (2011)[2];
- Shuhrat medali (2022)[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Agronomiya va biotexnologiya fakulteti“.
- ↑ Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.
- ↑ „8 Март – Халқаро Хотин-қизлар куни муносабати билан мукофотлаш тўғрисида“ (2022-yil 5-mart).