Hajjoj Ibn Yusuf
Hajjoj Ibn Yusuf (arabcha: حجاج بن يوسف – Hajjoj Ibn Yusuf – Toʻliq ismi:Hajjoj Ibn Yusuf Saqafiy (660-714)) – noib va qoʻmondon.
Hajjoj Ibn Yusuf | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 660-yil |
Vafoti | 714-yil |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | noib |
Hayoti
tahrirHajjoj Ibn Yusuf, al-Haj joj as-Saqafiy (660, Toif – 714, Vosit) – umaviylarnnig Hijoz (692—694) va Iroqdagi (694-yildan) noibi, xatib. Toifda dars berish bilan shugʻullangan, soʻngra Damashqda xalifa Abdulmalik ibn Marvonning noibi Ruh ibn Zinboʼning shaxsiy qoʻriqchilari boshligʻi. 691—692-yillarda Makkada isyon koʻtargan Abdulloh ibn az-Zubayrga qarshi kurashgan umaviylar qoʻshini qoʻmondoni. Xalifa uni Hijoz, Yaman, Yamoma voliysi etib tayinlagan, keyinchalik unga Iroqni ham bergan. Umaviylarning siyosiy muxoliflariga nisbatan shafqatsizligi bilan shuhrat qozongan. 700-yilda moliya va soliq islohoti oʻtkazgan, Vosit shahriga asos solgan, Furot va Dajla daryolarining quyi oqimi boʻylaridagi botqoqliklarni quritib, qishloq xoʻjaligi ekinlari ektirgan, sugʻorish kanallarini qayta tiklagan. Bu tadbirlar natijasida Umaviylar hokimiyati mustahkamlangan, Oʻrta Osiyo va Oʻrta Sharqda yangi shaharlarni fath qilish imkoniyati tugʻilgan. Gʻazotlar Hajjoj Ibn Yusuf rahbarligi ostida, unga tobe arab sarkardalari tomonidan olib borilgan (qarang Kutayba ibn Muslim). Arab yozuvida nuqta va harakat belgilari qoʻyilishi joriy qilinishini Hajjoj Ibn Yusuf nomi bilan bogʻlaydilar.[1]
Mahfuza Alimova.
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. – Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. – B. 525.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |