Halloween (talaffuzi: Hellouin) — 31-oktabrda sodir boʻladigan xristianlarning bayrami. Halloweenda odamlar turli xil ust-bosh kiyishadi, bolalar eshikma-eshik yurib shirinliklar soʻrashadi (inglizcha: trick-or-treating) va qovoqlar ichini oʻyib Fonarli Jek (inglizcha: Jack O'Lantern) yasashadi. Bolalar koʻpincha arvoh va yalmogʻiz kiyimini kiyib olib, uyma-uy yurib „Bizga bir nima ber yoki sehrlab qoʻyamiz!“ (inglizcha: "Trick-or-treat!") — deyishadi. Bolalarga odatda shirinlik beriladi.

Halloween ramzi Jack O'Lantern

Kelib chiqish tarixi

tahrir

Halloweenning kelib chiqishi bir qancha qadimiy kuz bayramlariga taqaladi. Qadimda dindor boʻlmaganlar boshlagan udumlar bilan belgilangan. Bu odamlar bir emas bir necha Xudoga ishonishgan. Oktyabrning oxirgi kechasi oʻlganlar ruhi yer yuzini aylanib yuradi deb ishonilgan. Bayram yana All Hallows’ Eve deb nomlanadi. Xristian cherkovida All Hallows’ Eve bayrami All Saints’ Daydan avvalgi kechadir. 1-noyabrda boʻladigan All Saints’ Day kunida barcha muqaddas xristianlar eslanadi. Vaqt oʻtishi bilan Halloween diniy boʻlmagan bayramga aylandi.

Havolalar

tahrir