Hans Lewy
Hans Lewy (talaffuzi: Hans Levi) (20-oktyabr 1904-yil — 23-avgust 1988-yil) — Germaniyada tugʻilgan amerikalik matematik. Qisman differensial tenglamalar hamda koʻp sonli murakkab oʻzgaruvchili funskiyalar nazariyasi boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 1986-yilda Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.
Hans Lewy | |
---|---|
Tavalludi |
20-oktyabr 1904-yil Breslau (hozirgi Wrocław), Germaniya |
Vafoti |
23-avgust 1988-yil (83 yoshda) Berkeley, California, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Sohasi | matematik |
Ish joylari |
Brown universiteti California universiteti, Berkeley Minnesota universiteti Göttingen universiteti |
Taʼlimi | Göttingen universiteti |
Akademik rahbarlari | Richard Courant |
Mashhur shogirdlari | David Kinderlehrer |
Mashhur ishlari | Courant–Friedrichs–Lewy kriteriyi, Lewy misoli |
Mukofotlari | Wolf mukofoti (1986) |
Lewy 1922-yil Göttingen universitetiga qabul qilingan. 1926-yil universitetdan PhD darajasini olgan. 1933-yil Adolf Hitler hokimiyat tepasiga kelganidan keyin, avval Italiya va Fransiyada yashagan, soʻngra AQShga koʻchib ketgan. Karyerasi davomida Brown, California, Harvard, Stanford va Minnesota universitetlarida ishlagan.
Lewy qisman differensial tenglamalar sohasiga qoʻshgan salmoqli hissasi bilan tanilgan. 1957-yil ikkinchi darajali chiziqli qisman differensial tenglamalar misolini keltirgan, natijada differensial tenglamalar sohasida yirik oʻzgarishlar boshlangan. Olim, shuningdek, koʻp sonli murakkab oʻzgaruvchilar boʻyicha ishlari bilan tanilgan. Courant–Friedrichs–Lewy kriteriyi uning nomi bilan ataladi.