Hindixitoy gʻoʻzasi, daraxt gʻoʻza (Оозауршт агЬогеит Ь.) — madaniy gʻoʻza turi. Genomi A2, xromoso-malar soni 2p=26. H.gʻ.ning yovvoyi shakllari Dekan (Hindiston yarim o.)da tarqalgan. Asosan, Hindistonda, qisman Afgʻoniston, Bangladesh, pokiston, Birma, Vyetnam, Xitoy, koreya, Yaponiyada ekiladi. H.gʻ. kichikroq daraxt yoki buta boʻlib, tuk (kamdan-kam tuksiz) va qora smolali bezchalar bilan qoplangan. Tuklari siyrak qavatlar hosil qiladi (birinchisi- kalta va qalin, ikkinchisi— uzun).Poyasi yashil, turli intensivlikda — toʻq qizilgacha antotsian rang oladi. Madaniy navlarining oʻsuv shoxlari sust rivojlanadi, hosil shoxlari uzunligi oʻrtacha, 4—6 boʻgʻimli. Barglari oʻrtacha, qis-man yoki juda ker-tikli, 3—5—7 boʻlmali (keng yoki tor nashtarsimon). Yonbarglari mayda, toʻkilib ketadi. Gullari oʻrtacha; gulbargi oq, och sariq, limonrang, pushti, qizil, asosida yirik antotsian dogʻlari bor, baʼzan tashqi tomoni qorayib koʻrinadi. Gul tashqa-risida koʻpincha shira bezi boʻlmaydi, gul kosa ostidagi shira bezi qizil, uchburchak shaklida. Koʻsaklari tuxumsimon, dumaloq, kalta uchli, 4—5, baʼzan 3 chanoqli. Bitta koʻsakdagi paxta vazni 2 g dan 6 g gacha. Har bir chanogʻida 3—8 ta chigit bor. Chigiti tuklari oq, yashil yoki qoʻngʻir. Tolasi oq, malla yoki qoʻngʻir, dagʻal, kamdan-kam mayin. H.gʻ. hindiston, ben-galiya, birma, nankin va boshqa bir qancha geografik xillarga boʻlinadi. H.gʻ.ning tropik shakllari fotodavr oʻzgarishlariga juda taʼsirchan. Koʻpchilik shakllari bakteriozga chidamli (qarang Bakterial kasalliklar), shira va oʻrgimchakkana bilan kam zararlanadi. H.gʻ. mustahkam, "junsimon" tolali gʻoʻza navlari yaratishda genetik fond boʻlib xizmat qiladi. Abdumavlon Abdullayev.