Hurry Up Tomorrow
Hurry Up Tomorrow — kanadalik qoʻshiqchi The Weekndning oltinchi studiyaviy albomidir. XO va Republic Records orqali 2024-yilda chiqishi rejalashtirilgan albom After Hours (2020) bilan boshlangan albom trilogiyasining yakuniy qismi sifatida xizmat qiladi.
Hurry Up Tomorrow | ||||
---|---|---|---|---|
The Weeknd albomi | ||||
Chiqarilgan sanasi | 2024-yil | |||
Leybl |
| |||
The Weeknd xronologiyasi | ||||
| ||||
Hurry Up Tomorrowga kiritilgan singllar | ||||
|
Tarixi
tahrir2024-yil 7-yanvarda, Dawn FM (2022) nomli beshinchi studiyaviy albomi chiqqanidan ikki yil oʻtib, The Weeknd oʻzining oldingi ikkita studiyaviy albomining muqovasi va oʻrtasida oq rangli soʻroq belgisi bor qora suratni Instagram sahifasiga post sifatida joylashtirib, ostiga "3" raqamini yozib qoldirgan holda oʻzining kelgusi albomi haqida birinchi marta eʼlon qilgan[1]. 23-iyul kuni u "Agar tubsizlikka yetarlicha uzoq qarasangiz, tubsizlik ham sizga qaraydi" deb nomlangan CGI tizerini taqdim etdi, tizerga tanlangan nom Fridrix Nitsshe tomonidan aytilgan iqtibos hisoblanadi[2]. The Weeknd avvalroq bu albom uning "The Weeknd" taxallusi ostidagi soʻnggi albom bo'lishini aytgan edi[3].
The Weeknd 2024-yil 4-sentabr kuni yangi albomning nomi Hurry Up Tomorrow boʻlishini eʼlon qildi[4]. Albom 2020-yilda After Hours bilan boshlangan albomlar trilogiyasining yakuniy qismi bo'lib xizmat qiladi[5][4].
Manbalar
tahrir- ↑ Mamo, Heran „The Weeknd Teases Final Album in Trilogy, Following After Hours & Dawn FM“ (2024-yil 8-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 4-sentabr.
- ↑ Paul, Larisha „The Weeknd Previews Journey Into the Abyss With Eerie New Music Teaser“ (2024-yil 23-iyul). Qaraldi: 2024-yil 4-sentabr.
- ↑ Squirea, Bethy „Uh-oh, the Weeknd Is Reading Nietzsche“ (2024-yil 23-iyul). Qaraldi: 2024-yil 4-sentabr.
- ↑ 4,0 4,1 Aswad, Jam „The Weeknd Reveals Title, New Details About Next Album“ (2024-yil 4-sentabr). Qaraldi: 2024-yil 4-sentabr.
- ↑ Price, Joe „"The Weeknd Announces New Album 'Hurry Up Tomorrow'"“. Qaraldi: 2024-yil 4-sentabr.