Ibaydullo Sodiqov (1902-yil, Oʻsh uyezdi Madi qishlogʻi — 1978-yil, Oʻsh viloyati Qora-Suv tumani Shark qishlogʻi) — Qirgʻiziston SSR Oʻsh viloyati, Oʻsh tumani (hozirgi Qorasuv tumani) Mixail Kalinin nomidagi kolxoz raisi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (15.02.1957). SSSR Oliy Kengashining 4-chaqiriq deputati[1]. Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashining 3-chaqiriq deputati.

Ibaydullo Sodiqov
Tavalludi 19-noyabr 1902
Vafoti 1978
SSSR Qirgʻiziston SSR, Oʻsh viloyati, Qorasuv tumani Shark qishlogʻi
Kasbi deputat
Unvoni

Biografiyasi

tahrir

Ibaydullo Sodiqov 1902-yilda Oʻsh uyezdining Madi qishlogʻida dehqon oilasida dunyoga kelgan, millati oʻzbek. Bolaligida yollangan mardikor sifatida ishlagan. 1930-yilda kolxozga ishga kirgan, Oʻsh tumani (hozirgi Qorasuv tumani) Kalinin nomidagi kolxozda ishchi, brigadir, rais oʻrinbosari boʻlib faoliyat yuritgan. 1939-yilda Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi (bolsheviklar) safiga qoʻshilgan.

Ibaydullo Sodiqov 1939-yilda Kalinin nomidagi kolxozga rais etib saylangan. Kolxozni Oʻsh viloyatidagi ilgʻor qishloq xoʻjaligi korxonalari qatoriga olib chiqqan. 1956-yilda kolxoz ishchilari 1520 gektar maydonning har bir gektaridan oʻrtacha 29,5 sentnerdan paxta tergan.

Ibaydullo Sodiqov SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1957-yil 15-fevraldagi Farmoni bilan qand lavlagi, paxta va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirgani, goʻza, qand lavlagi yetishtirishda ilm-fan yutuqlaridan va ilg‘or tajribalardan keng foydalangani, bu ekinlardan yuqori va barqaror hosil olishda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlari uchun Lenin ordeni, „O‘roq va bolta“ oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan[2].

Ibaydullo Sodiqov Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashining 3-chaqiriq deputati (19511955) va SSSR Oliy Kengashining 4-chaqiriq deputati (19541958) etib saylangan.

Ibaydullo Sodiqov nafaqaga chiqqach, Qora-suv tumani Shark qishlogʻida istiqomat qilgan va 1978-yilda vafot etgan.

Manbalar

tahrir