Ibrat (film)
Ibrat — shoir, tarjimon, tarixchi, tilshunos va jadidchi Is’hoqxon Ibrat hayoti va ijodiy faoliyatini yoritib bergan tarixiy badiiy filmi. Film Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan „Kinomaniya“ studiyasi tomonidan suratga olingan[1]. Filmning bosh qahramoni Isxoqxon Toʻra Junaydullo xoʻja oʻgʻli — jadidchi, yozuvchi, tarjimon-poliglot, tarixshunosdir. U sakkizta tilda soʻzlasha olgan. 1937-yil u „sovetga qarshi targʻibot“da ayblanib, hibsga olinadi va qamaladi. Shu yilning aprel oyida Andijondagi qamoqda vafot etadi[2]. Manashu voqealarni oʻzida birlashtirgan bu film Avstraliyada oʻtkazilgan „Xalqaro musulmon kinosi“ festivalida „Eng yaxshi toʻliq metrajli badiiy film“[3][4][5] nominatsiyasi boʻyicha taqdirlangan.
«Ibrat» | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Jahongir Qosimov |
Prodyuser(lar) | Zafarbek Yo‘ldoshev |
Ssenariynavis(lar) |
Nurillo Abbosxon Abduqayum Yo‘ldoshev |
Rollarda |
Farhod Mahmudov Saidkomil Umarov Karim Mirhodiyev Akbarxo‘ja Rasulov Shahzoda Matchonova Zulxumor Mo‘minova |
Bastakor(lar) | Dmitriy Yanov-Yanovskiy |
Kinematografiya | Rustam Murodov |
Studiya(lar) | «Kinomaniya» |
Davomiyligi | 124 daqiqa |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Til | O'zbek tili |
Film haqida
tahrir„Ibrat“ filmi real voqealar asosida suratga olingan boʻlib[6] film qahramonining ilm oʻrganish maqsadida dunyo kezganligi bilan bogʻliq ayrim lavhalar Hindiston va Misr davlatlarida olingan[7]. Film davomida Ibrat Iskandariyadagi sayohatida ikki vatandoshiga yordam beradi. Ulardan biri hatto oʻz yurtini tashlab, Ibratning xizmatiga chogʻlanadi. Bu obraz Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, marhum sanʼatkor Abdurayim Abduvahobovning hayotlik chogʻidagi soʻnggi ijrosi boʻlib qoldi. Shu bilan birga, professional dublyaj aktyori Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Gʻaybulla Hojiyevning filmda yaratgan obrazi ham soʻnggi roli hisoblanadi[8]. Filmning suratga olish jarayonlari Qoʻqon shahar, Mirs va Hindiston mamlakatlarida boʻldi. Filmning katta premerasi 2020-yil 1-oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida boʻlib oʻtdi[9]. 2021-yilda Ibrat" tarixiy-badiiy filmi Avstraliyada oʻtkazilgan „Xalqaro musulmon kinosi“ festivalida „Eng yaxshi toʻliq metrajli badiiy film“ nominatsiyasi boʻyicha mukofotlandi[10][11][12].
Syujeti
tahrirFilmda Ibratning murakkab yillarda yengilmas, matonatli, xalq manfati va maqsadi yoʻlida kurashlardan qaytmaydigan feʼl-atvor egasi ekanligini koʻrsatib berish bilan birga el tinchligi, toʻqligi va ertasi faqat maʼrifat bilangina qoʻlga kiritilishi mumkinligi ilgari surilgan. Ibrat domlaning dunyo kezishi, til oʻrganishi, neki yangilik va yaxshilik uchrasa ona yurtiga tadbiq etishga harakat qilishi, yurtning maʼrifat va ozodlikka erishish gʻoyasini targʻib etadigan, qayerda va qay holatda boʻlmasin maʼrifat uchun kurashishdan tolmaydigan, nufuzli amaldor, qozi ekaniga qaramay, oʻz doirasidagi odamlarga qarshi borib, doimo xalqtarafida turgan inson sifatida gavdalantirilgan[13]. Is’hoqxon Ibrat istiqlol yoʻli qoʻzgʻolon va qon toʻkilishlardan oʻtishini hohlamaydi. U turli sekta va siyosiy uyushmalarni rad etib, bundan xalq katta zarar koʻrayotganini taʼkidlaydi. Oʻz manfaati yoʻlidagi oʻyinlar-u, istiqbolsiz qarorlar natijada xalqni jang va urushlarga yetaklashiga olib kelishidan hammani ogohlantiradi. Shu bilan birga, u maʼrifat orqali erkinlikka erishish gʻoyasini ilgari suradi. Bu jarayon filmda batafsil aks ettirilgan[14]. Ibrat domlaning dunyo kezganligi bilan bogʻliq ayrim lavhalar Hindiston va Misr davlatlarida olingan[13].
Taqdimot
tahrir- Filmning katta taqdimoti 2020-yil 1-oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyi[15]
- "Oʻzbekiston" telekanali
- „Oʻzbekiston tarixi“ telekanali
- „Kinoteatr“ telekanali
- „Mahalla“ telekanali
- „Madaniyat va marifat“ telekanali
- "Sevimli" telekanali
- "MY5" telekanali[16]
Fikrlar
tahrirFilm olinishidan maqsad - daromad olish emas, xalqimizga ibrat bo‘lgan insonlar hayotini aks ettirish — "O‘zbekkino" MA sobiq bosh direktori birinchi o‘rinbosari — Shuhrat Rizayev, film rejissyori — Jahongir Qosimov, O‘zbekiston xalq artisti — Saidkomil Umarov[17]
Mukofotlar
tahrir2021-yil "Oltin Humo" kinomukofoti taqdirlash marosimida:
Eng yaxshi kompyuter grafikasi: „Ibrat“ filmi uchun Dilshod Latifxoʻjayev
Eng yaxshi erkak roli: „Ibrat“ filmi uchun Karim Mirhodiyev[18]
Avstraliyada oʻtkazilgan „Xalqaro musulmon kinosi“ festivalida „Eng yaxshi toʻliq metrajli badiiy film“[3][4][5].
Ijodiy jamoa
tahrirFilm rejissyori: Jahongir Qosimov
Ssenariy mualliflari: Nurillo Abbosxon va Abduqayum Yoʻldoshev.
Postanovkachi operator: Rustam Murodov.
Postanovkachi rassom: Doniyor Abdurahmonov.
Bastakor: Dmitriy Yanov-Yanovskiy
Prodyuser Zafarbek Yoʻldoshev.
Rollarda:
Havolalar
tahrir- Kino You tubeda
- Rasmiy veb sayt (Wayback Machine saytida 2023-02-02 sanasida arxivlangan)
Manbalar
tahrir- ↑ „1-oktyabrdan mamlakat kinoteatrlarida «Ibrat» filmi namoyish etiladi“. https://www.gazeta.uz/oz/. Gazeta.uz. Qaraldi: 2023-yil 8-fevral.
- ↑ „Jahongir Qosimovning «Ibrat» tarixiy filmi treyleri e’lon qilindi (video)“. https://m.zamin.uz/go/?/uz/. zamin.uz. 2023-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-fevral.
- ↑ 3,0 3,1 „“Ibrat” filmi xalqaro kinofestivalda mukofotlandi“. https://xs.uz/uz. xalq so'zi. 2023-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-fevral.
- ↑ 4,0 4,1 „"Ibrat" filmi xalqaro mukofot bilan taqdirlandi“. https://darakchi.uz. darakchi.uz. Qaraldi: 2023-yil 8-fevral.
- ↑ 5,0 5,1 „“Ibrat” filmi xalqaro kinofestivalda mukofotlandi“. https://perepost.uz/oz. perepost.uz. Qaraldi: 2023-yil 8-fevral.
- ↑ „Jahongir Qosimovning «Ibrat» tarixiy filmi treyleri e’lon qilindi (video)“. https://m.zamin.uz/go/?/uz/. zamin.uz. 2023-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-fevral.
- ↑ „Kutubxonamiz «Ibrat» tarixiy filmi suratga olish jarayoniga ko’maklashdi“. https://fban.uz/. fban.uz. Qaraldi: 2023-yil 8-fevral.
- ↑ „1-oktyabrdan mamlakat kinoteatrlarida «Ibrat» filmi namoyish etiladi“. https://www.gazeta.uz/oz/. Gazeta.uz. Qaraldi: 2023-yil 8-fevral.
- ↑ „1-oktabrdan yurtimiz kinoteatrlarida "Ibrat" filmi namoyish etiladi“. https://uzreport.news/. uzreport.news. Qaraldi: 2023-yil 8-fevral.
- ↑ „“Ibrat” filmi xalqaro kinofestivalda mukofotlandi“. https://xs.uz/uz. xalq so'zi. 2023-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-fevral.
- ↑ „"Ibrat" filmi xalqaro mukofot bilan taqdirlandi“. https://darakchi.uz. darakchi.uz. Qaraldi: 2023-yil 8-fevral.
- ↑ „“Ibrat” filmi xalqaro kinofestivalda mukofotlandi“. https://perepost.uz/oz. perepost.uz. Qaraldi: 2023-yil 8-fevral.
- ↑ 13,0 13,1 „Kutubxonamiz «Ibrat» tarixiy filmi suratga olish jarayoniga ko’maklashdi“. https://fban.uz/. fban.uz. Qaraldi: 2023-yil 8-fevral.
- ↑ „О фильме «Ибрат», основанном на реальных событиях“. https://anons.uz/ru/. anons.uz. Qaraldi: 2023-yil 8-fevral.
- ↑ „1 октября состоится премьера фильма «Ибрат»“. https://uz24.uz/ru. Uz24. Qaraldi: 2023-yil 8-fevral.
- ↑ „Состоится национальная телевизионная премьера фильмов «Ибрат» и «Махмудходжа Бехбуди»“. http://www.uzdaily.com/ru. UZDAILY. Qaraldi: 2023-yil 8-fevral.
- ↑ „Ибрат фильми“. http://muzaffar.uz. muzaffar.uz. 2023-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-fevral.
- ↑ „Eng yaxshi film, aktyor, rejissyor... “Oltin Humo” kinomukofoti taqdirlash marosimi o‘tkazildi“. https://qalampir.uz. qalampir.uz. Qaraldi: 2023-yil 8-fevral.
- ↑ „1-oktyabrdan mamlakat kinoteatrlarida «Ibrat» filmi namoyish etiladi“. https://www.gazeta.uz/oz/. Gazeta.uz. Qaraldi: 2023-yil 8-fevral.
- ↑ „Ибрат фильми“. http://muzaffar.uz. muzaffar.uz. 2023-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-fevral.