Ibrat (shaharcha)
Ibrat (Yangiqoʻrgʻon) — Fargʻona viloyati Buvayda tumanidagi [shaharcha]], tuman markazi. Tumanning janubida joylashgan. Tumanda 1ta shaharcha,(Yangiqo'rg'on),1ta shaharcha va 40dan ortiq MFYlar mavjud. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Bostonbuva)[1]. Qoʻqon shahridan 20 km sharqda joylashgan. Aholisi 32 ming kishi (2022)[2].Pochta indeksi 151900. Rasmiy instagram sahifasi yangiqorgon_storiss
Ibrat | |
---|---|
Shahar | |
40°33′14″N 71°8′48″E / 40.55389°N 71.14667°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbekcha |
Aholisi (2022) |
32 ming |
Milliy tarkib | 99.7% O'zbek |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Xoʻjaligi
tahrirXoʻjaliklari Katta Fargʻona kanalidan suv oladi. Paxta tozalash, gʻisht zavodlari, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, MPT, kichik va xususiy korxonalar, mikrofirmalar, ipyigiruv va toʻquv, tikuvchilik trikotaj fabrikalari, meva va sabzavotni qayta ishlash, gilam toʻqish, vinochilik sexlari ishlab turibdi. Dehqon bozori, avtovokzal, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi.
Ijtimoiy soha
tahrirQishloqda 3 umumiy taʼlim maktabi, 2 litsey-gimnaziya, nafis sanʼat, bolalar sport maktablari, kasb-hunar kolleji bor. Markaziy va bolalar kutubxonalari, sanʼat saroyi mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixona va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Fargʻona va Qoʻqon shahrilariga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |