Igor Burov
Igor Burov (ruscha: Буров, Игорь; 1973-yil 10-noyabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, hujumchi va himoyachi pozitsiyalarida oʻynagan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Igor Burov | ||
Tavallud sanasi | 10-noyabr 1973-yil | ||
Tavallud joyi | Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR | ||
Vafot sanasi | 2019-yil | ||
Ampluasi | Hujumchi, himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Faoliyatini yakunlagan | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1991—1992 | Shahrixon | 58 | (4) |
1993—1994 | Atlaschi | 29+ | (28) |
1997 | MHSK | 19 | (7) |
1998 | Metallurg | 2 | (1) |
1998 | Temiryoʻlchi | 3 | (1) |
1999 | Doʻstlik | 4 | (0) |
2002 | Metallurg | 12 | (2) |
2003 | Sementchi | 4 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Futbolchilik faoliyati
tahrirIgor professional futboldagi faoliyatini 1991-yilda Andijonning „Shahrixon“ klubi tarkibida, SSSR ikkinchi ligasida boshlagan. Shaxrixon jamoasi tarkibida ikki mavsum davomida oʻynagan va 58 ta oʻyinda 4 ta gol muallifi boʻlgan[1]. 1993-yilda Margʻilonning „Atlaschi“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Jamoadagi dastlabki mavsumidayoq klubning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi va mavsum yakunida 28 ta oʻyinda 28 ta gol kiritib mavsumning eng yaxshi toʻpurariga aylangan.
1997-yilgi mavsumda Toshkentning „MHSK“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Armiyachilar jamoasi tarkibida mavsum davomida 19 ta oʻyinda ishtirok etib 7 ta gol muallifi boʻlgan. MHSK klubi tarkibida faoliyatida ilk bor Oʻzbekiston chempioni boʻlgan. Keyinchalik Bekobodning „Metallurg“, Qoʻqon 1912, Toshkent viloyatining „Doʻstlik“, Quvasoyning „Sementchi“ jamoalarida oʻynagan.
Igor faoliyatining maʼlum bir davrida hujumchi pozitsiyada oʻynagan va faoliyatining soʻngida asosan himoyachi pozitsiyasida harakat qilgan.
Yutuqlari
tahrirJamoaviy
- Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 1997
- Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 1993
Individual
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir- Igor Burov FootballFacts.ru saytida (ruscha)