Ilya Kovalenko (1980-yil 17-aprelda tug'ilgan) – qirgʻizistonlik va o'zbekistonlik sobiq professional futbolchi, hujumchi ampulasida o'ynagan. Ilya Oʻzbekiston fuqaroligiga ega. Qirgʻiziston terma jamoasida oʻynagan.

Ilya Kovalenko
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 17-aprel 1980-yil (1980-04-17) (44 yosh)
Tavallud joyi Qirgʻiziston SSR, USSR
Boʻyi 185 cm (6 ft 1 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1995 Qirgʻiziston Semetey 8
1996 Qirgʻiziston Metallurg 20 (3)
1997 Qirgʻiziston Semetey 7
1998—2009 Oʻzbekiston Neftchi 189 (45)
2010 Oʻzbekiston Metallurg 12 (2)
Milliy terma jamoa
2000—2001 Qirgʻiziston 8 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati

tahrir

Kovalenko professional faoliyatini 15 yoshida „Semetey“ (Qizil-Qiya) klubi tarkibida oʻynay boshlagan. 1995-yilda Qirgʻiziston chempionatining bronza medali sovrindori va mamlakat kubogi sohibiga bo'lgan. 1996-yilda „Semetey“ jamoasining koʻp oʻyinchilari bilan birgalikda u „Metallurg“ jamoasi tarkibiga (Qadamjoy) oʻtgan va yangi jamoasi tarkibida mamlakat chempioni va Kubok finalchisi boʻlgan. 1997-yilgi mavsumda yana „Semetey“ safida oʻynagan.

1998-yilgi mavsumda Oʻzbekistonning „Neftchi“ (Fargʻona) klubiga oʻtgan va 12 mavsum davomida Farg'ona jamoasi tarkibida o'ynagan. Ilya Neftchi jamoasi safida Oʻzbekiston chempioni (2001), kumush (1998, 1999, 2000, 2002, 2003, 2004, 2006) va bronza (2008) medal sovrindori, Oʻzbekiston kubogi finalchisi (1998, 2001, 2002) boʻlgan. Kovalenko "Neftchi" jamoasida o'tkazgan barcha mavsumlarda ham asosiy tarkibda muqim oʻyinchi boʻlmagan. Uning eng samarali mavsumi 2004-yilgi mavsum boʻlib, Ilya mavsum davomida 12 ta gol urgan. Umumiy hisobda Fargʻona klubi tarkibida Oʻzbekiston oliy ligasida 189 ta oʻyin oʻtkazib, 45 ta gol muallifi bo'lgan. „Neftchi“ klubidagi oʻyinlari davomida Oʻzbekiston fuqaroligini qabul qilgan.

Faoliyatining yakunida bir mavsumni Oʻzbekistonning boshqa bir jamoasi „Metallurg“ (Bekobod) klubida oʻtkazgan.

Xalqaro oʻyinlar

tahrir

Ilya Qirgʻiziston olimpiya terma jamoasida oʻynagan, 2000-yilgi Olimpiadaga saralash turnirida toʻrtta gol (Turkmaniston va Qozogʻiston darvozasiga dubl) kiritgan. 2000-yil 15-noyabrda Estoniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Qirgʻiziston terma jamoasida debyut qilgan[1]. U milliy terma jamoadagi ilk golini 2001-yilning 3-fevralida Singapurga qarshi jahon chempionati saralash oʻyinida kiritdi[2]. Umuman olganda, 2000—2001-yillarda milliy terma jamoa safida 8 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan. Keyinchalik, xorijda toʻp surgan koʻplab qirgʻizistonlik futbolchilar singari, u ham klubda legioner hisoblanmaslik uchun terma jamoada oʻynashdan bosh tortgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Эстония 1 : 0 Киргизия“. 2019-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-iyun.
  2. „Сингапур 0 : 1 Киргизия“. 2019-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-iyun.

Havolalar

tahrir