Qirgʻiziston milliy futbol terma jamoasi
Qirgʻiziston Respublikasining futbol boʻyicha milliy terma jamoasi (qirgʻizcha. Qirgʻiziston uluttuk futbol kuramasy / Qyrğyzstandyn uluttuq futbol kuramasy) – xalqaro turnirlardagifutbol oʻyinlarida Qirgʻiziston nomidan ishtirok etuvchi terma jamoa[2]. Boshqaruv tashkiloti 1994-yildan buyon AFC va FIFA aʼzosi boʻlgan Qirgʻiziston Futbol Federatsiyasi, shuningdek, FACA aʼzosi hisoblanadi. 2014-yilning oktyabr oyidan buyon terma jamoa bosh murabbiyi rossiyalik murabbiy Aleksandr Krestinin hisoblanadi. Terma jamoaning asosiy sardori Valeriy Kichin. Terma jamoa uy uchrashuvlarini Bishkekdagi 23 000 tomoshabinga moʻljallangan va mamlakatdagi eng katta va asosiy stadion boʻlgan Dolen Omurzakov stadionida oʻtkazadi.
Tahallusi | Ак шумкарлар (Oq lochinlar) | ||
---|---|---|---|
Assotsiatsiya | Qirgʻiziston futbol ittifoqi (QRFF) | ||
Konfederatsiya | AFC (OSIYO) | ||
Sub-konfederatsiya | CAFA (Markaziy Osiyo) | ||
Bosh murabbiy | RUS Aleksandr Krestinin | ||
Sardor | Valery Kichin | ||
Eng koʻp oʻynagan futbolchi | Mirlan Murzayev (54) | ||
Eng yaxshi toʻpurar | Mirlan Murzayev (15) | ||
Uy stadioni | Dolen Omurzakov Stadium | ||
| |||
FIFA Reytingi | |||
Hozirgi | 95 – Iyun 2022, | ||
Eng yuqori | 75 (Aprel-May 2018,) | ||
Eng past | 201 (Mart 2013,) | ||
Birinchi xalqaro oʻyin | |||
Oʻzbekiston 3-0 Qirgʻiziston (Toshkent, Oʻzbekiston; 23 Avgust 1992)[1] | |||
Eng yirik gʻalaba | |||
Qirgʻiziston 7-0 Myanma (Bishkek, Qirgʻiziston; 10 Oktyabr 2019) Myanma 1-8 Qirgʻiziston (Osaka, Yaponiya; 11 Iyun 2021) | |||
Eng yirik magʻlubiyat | |||
Eron 7-0 Qirgʻiziston (Damashq, Suriya; 4 Iyun 1997) | |||
Osiyo Kubogi | |||
Ishtiroki | 2 (Ilk marta 2019-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | 16-roud (2019) | ||
WAFF Chempionati | |||
Ishtiroki | 1 (Ilk marta 2000-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Guruh bosqichi (2000) | ||
OFK Chaqiruv Kubogi | |||
Istiroki | 3 (Ilk marta 2006-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Uchinchi oʻrin (2006) |
2022-yil iyun holatiga koʻra, Qirgʻiziston terma jamoasi FIFA reytingida FIFAga aʼzo 210 ta davlat orasida 95-oʻrinni egallab turibdi.[3] Ushbu jamoaning FIFA reytingidagi eng yuqori oʻrni 2018-yilning aprel oyida qayd etilgan boʻlib, u 75-oʻrinda edi, eng past oʻrin esa 2013 yilning mart oyida qayd etilgan, yaʼni jamoa 201-oʻrinda boʻlgan edi.
Qirgʻiziston Respublikasi terma jamoasi hech qachon jahon chempionatida ishtirok etmagan va yaqin vaqtgacha birorta ham Osiyo kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmagan boʻlsa-da, 2018-yilda saralashdan oʻta oldi va oʻz tarixida birinchi marta 2019-yilning final bosqichiga chiqdi. Yaqin-yaqingacha Osiyo va dunyoning eng kuchsiz jamoalaridan biri boʻlgan boʻlsa, keyingi ikki-uch yilda yangi bosqichga koʻtarilib, Osiyo qitʼasining yaxshi jamoasiga aylandi.
Tarix
tahrirShakllanish
tahrir1991-yilgacha milliy terma jamoa mavjud emas edi, qirgʻiz futbolchilari SSSR terma jamoasida oʻynashgan.
SSSR parchalanib, 1991-yil 31-avgustda Qirgʻiziston mustaqillikka erishgach, milliy terma jamoa ham tuzildi. Qirgʻiziston terma jamoasi Markaziy Osiyo kubogi doirasidagi ilk oʻyinini 1992-yil 23-avgust kuni Toshkentda, Paxtakor stadionida O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan. Uchrashuv Oʻzbekiston terma jamoasining 3:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. 1992-yilda boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo kubogida hozirgacha Qirgʻiziston terma jamoasi toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Umuman olganda, Qirgʻiziston terma jamoasi tarixidagi ilk oʻyinni oʻsha yilning 16-iyulida Turkmaniston terma jamoasiga qarshi oʻtkazishi kerak edi, biroq Turkmaniston terma jamoasi ishtirok etmagani uchun oʻyin oʻtkazilmadi. 1992-yilda terma jamoa jami 5 ta oʻyin oʻtkazgan. Shulardan 4 tasida magʻlubiyatga uchragan, bitta uchrashuvda durang qayd etilgan.
1993-yilda Qirgʻiziston terma jamoasi Eronda boʻlib oʻtgan EKO kubogida qatnashib, oʻz guruhidan chiqa olmadi, bu yerda raqiblari Ozarbayjon, Tojikiston va Qozog'iston yoshlar terma jamoasi edi. Ozarbayjonga yutqazib, Tojikiston va Qozogʻiston yoshlari bilan durang oʻynadi. 1993-yilda terma jamoa boshqa oʻyin oʻtkazmadi. Shu tariqa, 1993-yildagi bitta oʻyindan soʻng jamoa bir yilga tanaffusga chiqadi.
1994-yilda Qirgʻiziston Respublikasi Futbol Federatsiyasi OFK va FIFAga rasman qabul qilinib, ushbu futbol tashkilotlarining toʻliq aʼzosi boʻldi. 1994-yilning aprel oyida jamoa Toshkentda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Mustaqilligi kubogida ishtirok etdi. Liga formatida oʻtkazilgan ushbu turnirda Qirgʻiziston terma jamoasi soʻnggi beshinchi oʻrinni egalladi: bitta durang (Qozogʻiston bilan) va uchta magʻlubiyat (Oʻzbekiston, Tojikiston va Turkmaniston). Shundan soʻng ikki yil tanaffus beriladi.
Shakllanishdan keyingi davr
tahrir1995-yilda jamoa birorta ham oʻyin oʻtkazmagan. 1996-yil dekabr oyida BAAda boʻlib oʻtgan 1996-yilgi Osiyo kubogi saralash turnirida beshta oʻyin oʻtkazdi. Ushbu saralash turnirida Qirgʻiziston terma jamoasi oʻz guruhida (Saudiya Arabistoni va Yaman terma jamoalari bilan) uchta oʻrindan ikkinchi oʻrinni egallab, Osiyo Kubogiga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmadi. Umuman olganda, 1996-yilda terma jamoa 5 ta oʻyin oʻtkazgan boʻlsa, shundan bitta oʻyinda Yaman terma jamoasini magʻlub etgan, qolgan toʻrtta uchrashuvda esa magʻlub boʻlgan.
1997-yilda milliy terma jamoa oʻz tarixida ilk bor 1998-yilda Fransiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionati saralash turnirida ishtirok etdi. U Eron, Suriya va Maldiv orollari jamoalari raqiblari boʻlgan oʻz guruhida ikkinchi oʻrinni egallab, birinchi bosqichdayoq toʻxtadi. Jami: 5 oʻyin, 3 gʻalaba va 2 magʻlubiyat.
1998-yilda jamoa birorta ham oʻyin oʻtkazmagan.
1999-yilda u 2000-yil oktyabr oyida Livanda boʻlib oʻtgan Osiyo kubogi saralash turnirida uchta oʻyin oʻtkazdi. Ushbu saralash turnirida Qirgʻiziston terma jamoasi oʻz guruhida soʻnggi toʻrtinchi oʻrinni egallab (Iroq, Ummon va Tojikiston terma jamoalari bilan) Osiyo Kubogiga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmadi. Umuman olganda, 1999-yilda terma jamoa 3 ta oʻyin oʻtkazib, 3 tasida magʻlubiyatga uchragan.
2000-yilda u Gʻarbiy Osiyo futbol federatsiyasining chempionatiga taklif etilgan jamoa sifatida ishtirok etdi. Turnirda terma jamoa uchala uchrashuvda ham magʻlub boʻlib, oʻz guruhida soʻnggi oʻrinni egalladi. Guruhdagi raqiblar Iroq, Iordaniya va Livan terma jamoalari edi. 2000-yil noyabr oyida Qirgʻiziston terma jamoasi Estoniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazdi – birinchi marta UEFA terma jamoasiga qarshi. Uchrashuv 1:0 hisobida Estoniya terma jamoasi foydasiga hal boʻldi. Shu tariqa, 2000-yilda terma jamoa 4 ta oʻyin oʻtkazib, 4 tasida ham magʻlub boʻlgan.
2001-yilda Yaponiya va Koreya Respublikasida boʻlib oʻtgan 2002-yilgi jahon chempionatining saralash turnirida ishtirok etgan. U birinchi bosqichdayoq toʻxtab, oʻz guruhida uchinchi oʻrinni egalladi, uning raqiblari Bahrayn, Quvayt va Singapur jamoalari edi. Jami, 2001-yilgi oʻyinlar – 7. Gʻalaba – 1, durang – 1, magʻlubiyat – 5.
Inqiroz davri
tahrir2002-yilda terma jamoa rejalashtirilgan birorta ham oʻyin oʻtkazmagan. 2003-yilda u 2004-yil iyul oyida Xitoyda boʻlib oʻtadigan Osiyo Kubogi saralash turnirida uchta oʻyin oʻtkazdi. Ushbu saralash turnirida Qirgʻiziston terma jamoasi oʻz guruhida ikkinchi oʻrinni egalladi (Nepal va Afgʻoniston terma jamoalari bilan) va Nepalni magʻlub etib, Afgʻonistonga imkoniyatni boy berib, Osiyo Kubogiga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmadi. Oʻsha yili terma jamoa Germaniyada boʻlib oʻtgan 2006-yilgi jahon chempionatiga saralash turnirining birinchi bosqichida ham qatnashdi. Ikkala bahsda ham Pokistonni magʻlub etib, keyingi ikkinchi bosqichga yoʻl oldi. Umumiy statistika, 2003-yilda terma jamoa 4ta oʻyin oʻtkazib, 1ta oʻyinda magʻlub boʻlgan, qolgan 3ta uchrashuvda gʻalaba qozongan.
2004-yilda JCh-2006 saralash turnirining ikkinchi bosqichida ishtirok etgan. Ushbu bosqich yakunlariga koʻra, u oʻz guruhida soʻnggi toʻrtinchi oʻrinni egallagan, raqiblar Bahrayn, Suriya va Tojikiston terma jamoalari boʻlgan. 2004-yilda u 8 ta oʻyin oʻtkazdi. 1 gʻalaba, 2 durang va 5 magʻlubiyat.
2014-yilda Maldiv orollarida boʻlib oʻtgan OFK Chaqiruv kubogida ishtirok etgan. Bir marta „A“ guruhida Qirgʻiziston terma jamoasi oʻz guruhida 3-oʻrinni egalladi, bundan tashqari Falastin, Maldiv orollari va Myanma termalari ham bor edi. Oʻsha yili jamoa jami 9 ta oʻyin oʻtkazdi. Bitta gʻalaba, ikkita durang va oltita magʻlubiyat. 2014-yilning may oyida Sergey Dvoryankov bosh murabbiylikdan boʻshatildi va uning oʻrnini vaqtincha Mirlan Eshenov egalladi. Oʻsha yilning oktyabr oyida rossiyalik murabbiy Aleksandr Krestinin bosh murabbiy boʻldi, u hozirgi kunga qadar bu lavozimda ishlab kelmoqda. Bugungi kunda Aleksandr Krestinin terma jamoa bilan tuzilgan shartnomasini uzaytirdi.[4]
Tiklanish davri
tahrir2015-yilda rossiyalik murabbiy Aleksandr Krestinin boshchiligidagi Qirgʻiziston terma jamoasi 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionati saralash turnirida ishtirok etgandi. Terma jamoa oʻz guruhidagi yurishini beshta oʻrindan 3-oʻrinni egallab, ikkinchi davrada toʻxtadi. Jamoaning raqiblari Avstraliya, Iordaniya, Tojikiston va Bangladesh edi. Qirgʻiziston terma jamoasi oʻz guruhidagi uchinchi oʻrin evaziga BAAda boʻlib oʻtadigan Osiyo Kubogi-2019 saralash turnirining soʻnggi bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.
2019-yilda Qirgʻiziston terma jamoasi BAAda oʻtkazilgan Osiyo Kubogidagi oʻyinini unchalik muvaffaqiyatli boshlagani yoʻq. Dastlabki ikki oʻyinda Qirgʻiziston terma jamoasi mos ravishda Xitoy va Janubiy Koreya terma jamoalariga imkoniyatni boy berdi. Uchinchi oʻyinda Filippin milliy futbol terma jamoasi ustidan qozonilgan gʻalaba Qirgʻiziston terma jamoasiga pley-off bosqichiga chiqish imkonini berdi, ammo jamoa birinchi oʻyin, 1/8 finalda kubok mezboni BAA terma jamoasiga imkoniyatni boy berdi.
Jahon va qitʼa turnirlarida qatnashish
tahrirFIFA Jahon chempionati
tahrir1991-yilgacha | Futbol boʻyicha SSSR terma jamoasi aʼzosi edi |
1994-yilgi FIFA jahon chempionati | Saralashdan oʻta olmadi |
1998-yilgi FIFA jahon chempionati | Saralashdan oʻta olmadi: Birinchi bosqich, guruhda 2-oʻrin |
2002-yilgi FIFA jahon chempionati | Saralashdan oʻta olmadi: Birinchi bosqich, guruhda 2-oʻrin |
2006-yilgi FIFA jahon chempionati | Saralashdan oʻta olmadi: Birinchi bosqich, guruhda 4-oʻrin |
2010-yilgi FIFA jahon chempionati | Saralashdan oʻta olmadi: Birinchi davra pley-offida magʻlub boʻldi |
2014-yilgi FIFA jahon chempionati | Saralashdan oʻta olmadi: Ikkinchi davra pley-offida magʻlub boʻldi |
2018-yilgi FIFA jahon chempionati | Saralashdan oʻta olmadi: Ikkinchi bosqich, guruhda 3-oʻrin |
2022-yilgi FIFA jahon chempionati | Saralashdan oʻta olmadi: Ikkinchi bosqich, guruhda 3-oʻrin |
Murabbiylar shtabi
tahrirBosh murabbiy | Aleksandr Krestinin |
Yordamchi murabbiy | Almazbek Buribayev Sandro da Silva Mendonça Igor Kudrenko Talant Samsaliev |
Darvozabonlar murabbiyi | Zakir Jalilov |
Fitness murabbiyi | Bakhtiyar Baymatov |
Direktor | Boltok Sagynbayev |
Administrator | Azamat Alykulov |
Shifokor | Nurbek Ismailov |