In Flames (Olovlar ichra) shvetsiyalik Melodik Death Metal guruh. Ijod qilayotgan musiqiy turlarini asoschisi ekanliklari tortishilsada, bu janrga katta ta'sir ko'rsatganliklari qabul qilingan haqiqatdir.

In Flames
Umumiy maʼlumot
Mamlakat Shvetsiya
Faoliyat yillari 1990
Janr Melodic death metal
Leybl Nuclear Blast
Tarkib Anders Fridén
Jesper Strömblad
Björn Gelotte
Peter Iwers
Daniel Svensson
Vebsayt www.inflames.com

Haqida

tahrir

1990-yilda guruhning asoschisi Jasper Strömblad va Anders Fridén bilan o'sha paytlar a'zosi bo'lgan Ceremonial Oath guruhidan ketishga qaror beradilar. Noan'anaviy musiqa turida ijod qilish maqsadida Johan Larsson va Glenn Ljungström bilan In Flames ni tuzadilar. Birinchi demolarini Wrong Again firmasiga yuvoradilar. Firma egasi bu demoni yoqtiradi va ertasi kuni ularga telefon qiladi. Bu telefondan keyin guruh Lunar Strain nomli albomni tayyorgarchiliklarini boshlab yuboradilar.

Guruh keyinroq Subterranean nomli CD chiqaradilar. Bu albom orqali o'ziga diqqat qaratgan guruh, Nuclear Blast nomli olmon firmasi bilan ishlay boshlaydilar. Bu muvaffaqiyatdan ko'p vaqt o'tmay, albom yozish va sahnalarda ijro etish uchun har gal chaqirvurish jonlariga tekgan Anders Fridén va Björn Gelotteni guruhga taklif qiladilar.

The Jester Race albomini chiqarganlaridan keyin butun dunyoda, ayniqsa Yevropa va Yaponiyada katta muvaffaqiyat qozonadilar.

Keyingi yili Johan ve Glenn guruhdan ketadilar. Whoracle albomini yozish paytlarida kutilmagan holda ikkisi guruhdan ketayotganlarini e'lon qildilar va Björn, Jesper va Andersni yarim-chala yozilgan albomlari bilan tashlab ketadilar. Ularni o'rnini Peter Iwers va Niklas Engelin, albom yozilib olguncha egallab turdilar.

Keyinchalik bu ikkisi guruhga qo'shilishni hohlayotganlarini aytdilar va qabul etildilar. Yevropa va Yaponiyada katta turnega chiqdilar. Turnedan keyin Shvetsiyaga qaytgach, Niklas ba'zi shahsiy sabablarga ko'ra guruhdan ketadi. Niklas ketgach, baraban chalgan lekin aslinda gitarachi bo'lgan Björn gitarist bo'ladi, baraban chalish uchun esa Daniel Svenssonni qo'shadilar.

Bu o'zgarishlar ishga yaraydi va The Colony albomini chiqaradilar va kutilgan hamma narsani oladilar. Albom turnesida konsert maydonlari to'ppa to'la bo'ladi.

Bir necha yil surgan bu turnelardan keyin 2000-yilning avgustida, 3 oy studioda ishlagach The Claymanni chiqaradilar va sotishda rekord raqamlarga erishadilar. Dream Theater, Slipknot, Testament, Methods of Mayhem guruhlari bilan festivallarda ishtirok etgandan keyin yana turnega chiqadilar. Turne paytida Jester Yaponiyada eng yahshi qo'shiq yozuvchisi tanlanib BURRN! mukofotini oladi. Yaponiya turnesida Peter Iwers qatnashmaydi va uni o'rnini Armageddon guruhidan Dick Löwgren oladi. Peter Skandinaviya turnesida yana guruhga qo'shiladi. 2000 yilda tahminan 150 martta sahnaga chiqgan guruh 2001 yil ta'tilga chiqadilar.

2001-yil Only for the weak nomli klipni chiqargach, Yevropada 20.000 kishiga konsert beradilar. 2002 ning yozida The Tokyo Showdown albomini chiqaradilar.

Keyinchalik Daniel Bergstrand bilan Dug-Out studiolarida ishlab, Reroute To Remain albomini chiqaradilar.Yana bir qancha turnega va namoyishlarga Slipknot, Mudvayne, Soulfly va Slayer guruhlari bilan chiqadilar. O'z mamlakatlarida esa Linkin Parkni o'rniga Hultsfred festivalida ishtirok ettilar.

Festivalni ertasi kuni Madridda birga sahna olish uchun Metallicadan taklif oladilar va 30.000 kishining qarshisida sahna oladilar. Keyingi albomlari Soundtrack to Your Escape ni yozish uchun Daniyada uy kiraga oladilar va u yerni studio qilib yuboradilar. Bu albom ham katta muvaffaqiyat olib keladi va yana son-sanoqsiz konsertlar beradilar.

2005-yil tugatilgan lekin 2006-yil chiqarilgan Come Clarity albomi bugungacha chiqargan albomlari ichida eng muvaffaqqiyatlisi bo'lib, ko'pchilik bu albomni guruhning qaytadan tug'ilishi deb ta'riflaydilar. Albom chiqarilgan haftayoq, Shvetsiya va Finlandiyada albom chartlarida 1-o'ringa chiqadilar. Bu muvaffaqiyatlar bilan bir qator guruhning anchagina muhlisi guruh musiqasini borgan sari tijoriy tus olayotganini tanqid qiladilar.

Guruh tarkibi

tahrir

Anders Fridén - Vokal
Jesper Strömblad - Gitara
Björn Gelotte - Gitara
Peter Iwers - Bas gitara
Daniel Svensson - Baraban

Eski A'zolar

tahrir

Gitara

tahrir

Bass Gitara

tahrir

Baraban

tahrir

Diskografiya

tahrir

Albomlar

tahrir

Singllar

tahrir

Yana qarang

tahrir