Irlir togʻi
Irlir togʻi — Markaziy Qizilqumdagi Boʻkantovning tarkibiga kiruvchi Boʻzdoʻngtovning eng baland joyi (764 m). Paleozoy erasining marmarlashgan ohaktoshlaridan tarkib topgan. Shimoliy yon bagʻri tikroq, janubiy esa nisbatan yotiq. Tik koʻtarilgan qoyalar oʻtkir qirrali, nuragan jins parchalari togʻ etagini qoplab yotadi. Togʻ yon bagʻirlari quruq soylar bilan oʻyilgan. Karst hodisasi rivojlangan. Iqlimi keskin kontinental. Yillik yogʻin 200 mm ga yaqin. Irlir togʻi etaklarida chuchuk suvli bulokdar bor. Boʻz qoʻngʻir tuproqdarda siyrak chala butalar, yon bagʻirlarida esa shuvoq, oq jusan, boyalich oʻsadi. Yaylov chorvachiligida foydalaniladi.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |