Islom Toʻxtaxoʻjayev 1989-yili 3-oktabrda Fargʻona shahrida tavallud topgan[1]. Ampulasi himoyachi, Oʻzbekiston milliy tema jamoasi hamda Toshkentning Lokomotiv futbol klubi aʼzosi hisoblanadi.

Islom Toʻxtaxoʻjayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Islom Saidkamolivich Toʻxtaxoʻjayev
Tavallud sanasi 30-oktyabr 1989-yil (1989-10-30) (35 yosh)
Tavallud joyi Quva tumani Fargʻona, Oʻzbek SSR
Boʻyi 182 cm (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Vazni 76 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Oʻzbekiston OKMK
Raqami 20
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Oʻzbekiston Neftchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2011 Oʻzbekiston Neftchi 59 (3)
2012—2019 Oʻzbekiston Lokomotiv 191 (19)
2020 Xitoy Liaoning Shenyang Urban FC 12 (2)
2021—2022 Oʻzbekiston Qizilqum 38 (0)
2022—2023 Qatar Al-Garafa 21 (1)
2023 Oʻzbekiston OKMK
Milliy terma jamoa
2009—h.h Oʻzbekiston Oʻzbekiston 73 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati

tahrir

Neftchi Fargʻona

tahrir

Islom Toʻxtaxoʻjayev professional futboldagi ilk faoliyatini 2009-yili, tugʻilib oʻsgan shahri Fargʻonaning Neftchi futbol klubida boshlagan. Islomning potensiali yuqoriligi tufayli „Neftchi“ klubining asosiy tarkibiga jalb qilinishidan avval Oʻzbekiston Terma jamoasi safiga Mirjalol Qosimov tarafidan taklif etilgan. Neftchilar safida u to 2011-yilgacha toʻp sudi va shu mavsum oraligʻida 59 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini jaʼmi 3 marta ishgʻol qilgan.

Lokomotiv Toshkent

tahrir

U 2012-yili Toshkentning „Lokomotiv“ futbol klubi bilan shartnoma imzaoladi. Temiryoʻlchilar safida 8 mavsum harakat qilgan Islom, „Lokomotiv“ klubini himoya qoʻrgʻonini haqiqiy mustahkam qoʻrgʻoniga aylandi. Jamoa bilan Oʻzbekiston Superligasi chempionligi, Oʻzbekiston Kubogi sohibi, Oʻzbekiston Superkubogi sohibi boʻldi va bir necha yil Osiyo chempionlar ligasida jamoa sharafini munosib himoya qildi. Toʻxtaxoʻjayev „Lokomotiv“ klubida Milliy chemoinat oʻyinlarida 191 oʻyinda 19 ta gol muallifi boʻldi.

Liaoning Shenyang Urban

tahrir

2020-yil mavsum boshida Xitoy Superligasi vakili „Liaoning Shenyang Urban“ klubi bilan shartnoma imzoladi va faoliyatida ilk bor legionerga aylandi.[2] Xitoyliklar safida 12 uchrashuvda ishtirok etdi va jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi ammo 2020-yilgi Xitoydagi „Koronavirus“ kasalligi tufayli klub bilan hamkorlikni davom ettirmadi.

Qizilqum

tahrir

2021-yilgi mavsum avvalida „Liaoning Shenyang Urban“ klubi bilan shartnomasi yakunlanganidan soʻng Navoiyning „Qizilqum“ klubi bilan shartnoma imzoladi.[3] Bir yarim mavsum davomida „Oltin qazuvchilar“ safida 40 dan ortiq uchrashivda ishtirok etdi va jamoning asosiy futbolchilaridan biri boʻldi.

Al-Garafa

tahrir

2022-yilning 25-iyunidan Qatarning „Al-Garafa“ klubida oʻynamoqda.[4]

Klub faoliyatidagi statistikasi

tahrir

2020-yil 11-oktabrda oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika.[5]

Klub Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro Boshqa Umumiy
Liga Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Neftchi Fargʻona 2009 Oʻzbekiston Oliy ligasi 20 1 0 0 0 0 - 20 1
2010 22 0 2 0 - - 24 0
2011 17 2 3 0 - - 20 2
Umumiy 59 3 5 0 0 0 0 0 64 3
Lokomotiv Toshkent 2012 Oʻzbekiston Oliy ligasi 23 3 4 0 - - 27 3
2013 26 5 4 0 1 0 - 31 5
2014 23 1 5 0 1 0 0 0 29 1
2015 24 2 6 0 4 0 1 0 35 2
2016 21 2 3 0 10 1 - 34 3
2017 22 1 4 0 6 0 - 32 1
2018 Oʻzbekiston Superligasi 28 0 2 1 6 1 - 36 2
2019 24 5 1 0 5 1 1 0 31 6
Umumiy 191 19 29 1 33 3 2 0 255 23
Liaoning Shenyang Urban 2020 Xitoy Superligasi 8 0 0 0 - - 8 0
Qizilqum 2021 Oʻzbekiston Superligasi
2022 Oʻzbekiston Superligasi
Al-Garafa 2022/23
Umumiy faoliyati 258 22 34 1 33 3 2 0 327 26

Terma jamoadagi faoliyati

tahrir

Islom oʻzbekistonlik yoshlar terma jamoasida ham ishtirok etgan, oʻz mamlakatini 19 yoshgacha boʻlgan yoshdan 20 yoshgacha boʻlgan barcha bosqichlarda himoya qilgan.[6] U shuningdek, kattalar terma jamoasida ham ishtirok etgan.[7] Islom Toʻxtaxoʻjayev terma jamoadagi ilk debyut oʻyinini 2009-yili 28-yanvarda BAA milliy terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda boshlagan.

Terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Islom Toʻxtaxoʻjayevni 2015-yilgi Osiyo kubogi musobaqasiga qatnashish uchun terma jamoa safiga chaqirdi va ushbu turnirning guruh bosqichida u bitta Xitoy terma jamoasiga qarshi kechgan oʻyinda qatnashdi.[8]

Milliy terma jamoa uchun gollar

tahrir
Gol va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari qayd etilgan.[9]
Sana Stadion Raqib Hisob Natija Musoboqa
1. 2015-yil 31-mart Ajinomoto Stadium, Chōfu, Yaponiya   Yaponiya
1–3
1–5
Oʻrtoqlik uchrashuvi
2. 2019-yil 10-oktabr Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston   Yaman 4-0 5-0 2022 FIFA World Cup qualification

Yutuqlari

tahrir
Lokomotiv tarkibida
  • 1 Oʻzbekiston Superligasi chempioni (3): 2016, 2017, 2018
  • 2  Oʻzbekiston vitse-chempioni: 2013, 2014, 2015
  • 1  Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2014, 2016, 2017
  • 2  Oʻzbekiston super kubogi finalisti: 2014
  • 1  Oʻzbekiston super kubogi gʻolibi: 2015, 2019

Manbalar

tahrir
  1. Футболист - Ислом Тухтаходжаев, 23-yanvar 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 19-aprel 2015-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  2. „Расмий хабар: Ислом Тўхтахўжаев Хитой клубига ўтди“. 2023-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-fevral 2023-yil.
  3. „Эшитдик-да! Ислом Тўхтахўжаев "Қизилқум"га ўтмоқда“. 2023-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-fevral 2023-yil.
  4. „Ислом Тўхтахўжаев "Ал Гарафа" билан шартнома имзолади“. 2023-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-fevral 2023-yil.
  5. I. TUKHTAKHUJAEV at Soccerway.com 2020-07-30 Retrieved 2020-07-30
  6. Andoza:Chú thích báo
  7. „Ukraine welcome back Blokhin with win over Uzbekistan“. Reuters (1-iyun 2011-yil). Qaraldi: 13-iyul 2011-yil.[sayt ishlamaydi]
  8. Andoza:Citar webAndoza:Ligação inativa
  9. „Islom Toʻxtaxoʻjayev“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 17-oktabr 2019-yil.

Havolalar

tahrir