Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi
Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi (ispancha: Selección Española de Fútbol Femenina) 1980-yildan beri ayollar futboli doirasidagi xalqaro musobaqalarida Ispaniya sharafini himoya qiladi. Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining faoliyati Ispaniya futboli boʻyicha boshqaruv organi boʻlgan Ispaniya Qirollik Futbol Federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi.

Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi ikki marta FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatiga va uch marta UEFA ayollar chempionatiga yoʻllanma olgan. 1997-yilda UEFA ayollar chempionatida yarim finalga chiqqan.
Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2020-yil boshida FIFA xalqaro reytingida kuchli 10 talikka kirdi. Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilari UEFAning 2020-yilgi eng yaxshi darvozabon, himoyachi, yarim himoyachi, hujumchi va umumiy eng yaxshi oʻyinchi mukofotlarini qoʻlga kiritishdi (birinchi marta bitta davlat futbolchilari barcha toifalarda gʻolib boʻlishdi).
Tarixi
tahrirTaxminan 1970-yilda Ispaniyada ayollar futbol klublari paydo boʻla boshlaganidan soʻng, ayollar futboli tashabbuskorlaridan biri Rafael Muga milliy terma jamoa tuzishga qaror qildi. Bu norasmiy loyiha edi, chunki Ispaniya Qirollik Futbol Federatsiyasi tomonidan ayollar sportini nazoratga oladigan Milliy Harakat Ayollar Seksiyasi qaroriga koʻra futbol ayollar uchun yaroqsiz sport turi hisoblangan. 1971-yil yanvar oyida RFEF prezidenti Jose Luis Perez Payadan ushbu tashabbus haqida soʻralganda: „Men ayollar futboliga qarshi emasman, lekin bu menga ham yoqmaydi. Menimcha, bu estetik nuqtai nazardan ayollarga mos emas. Ayollarga koʻylak va shim kiyish maʼqul kelmaydi. Bundan boshqa har qanday mintaqaviy kiyim ularga yaxshiroq mos keladi“, - deb javob berdi[1]. Ispaniya demokratik tuzimga oʻtgandan soʻng, 1980-yil noyabr oyida RFEF nihoyat ayollar futbolini qabul qilib, avvaliga milliy kubokni, keyin esa milliy terma jamoani shakllantirdi. 1983-yil 5-fevralda Pontevedraning A Guarda shahrida murabbiy Teodoro Nieto boshchiligida Ispaniya ayollar milliy terma jamoasi ilk debyut oʻyinini oʻtkazdi. Raqib jamoa Portugaliyaiya ayollar terma jamoasi boʻlib, jamoa Ispaniya terma jamoasini 0:1 hisobida magʻlub etdi. Keyinchalik jamoa Fransiya va Shveysariya ayollar jamoalariga qarshi 2 oʻyindan iborat oʻrtoqlik oʻyinida Aranjuez va Barselona shaharlarining stadionlarida ikkala raqib bilan ham durang oʻynadi[2].
Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1985-yil 27-aprelda 1987-yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichidagi ilk rasmiy oʻyinini Vengriyaga qarshi oʻtkazib, 1:0 hisobida magʻlub boʻldi. Saralashning dastlabki toʻrtta oʻyinda magʻlub boʻlganidan soʻng Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi Shveysariya jamoasini magʻlub etdi, Italiya bilan durang oʻynadi va saralash oʻyinlarini uchinchi oʻrin bilan yakunladi. Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1989 va 1991-yilgi saralash oʻyinlarini ham oʻz guruhining eng quyi pogʻonasida yakunlandi[3].
Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2010-yilda 16 yillik tanaffusdan soʻng Yevropa chempionatiga yoʻllanma oldi. Jamoa saralash pley-offida Shotlandiya ayollar terma jamoasini magʻlub etib, UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 musobaqasiga ham yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Ikki yil oʻtib, Ispaniya saralash bosqichidagi oʻnta oʻyinning toʻqqiztasida gʻalaba qozonib, tarixda birinchi marta Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi. 2015-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichi Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi uchun falokat bilan yakunlandi. Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi guruhdagi eng kuchsiz jamoa Kosta-Rika bilan faqat 1:1 hisobida durang oʻynab, Braziliya ayollar terma jamoasiga 0:1 hisobida magʻlub boʻldi. Janubiy Koreya bilan soʻnggi oʻyinda ular dastlabki ustunlikdan keyin 1:2 hisobida magʻlub boʻlishdi va Yevropaning turnirdagi eng yomon jamoasiga aylanishdi. Jahon chempionatidan soʻng, jahon chempionatiga roʻyxatga kiritilgan 23 nafar futbolchi Ignasio Keeredani bosh murabbiylikdan olish haqida jamoaviy bayonot berishdi[4]. Oʻsha yil yozi oxirida Keereda isteʼfoga chiqdi va uning oʻrniga 19 yoshgacha boʻlgan Ispaniya terma jamoani boshqargan va 2014-yil FIFA Jahonning eng yaxshi murabbiyi uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritilgan Jorxe Vilda Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining bosh murabbiyi boʻldi[5][6].
Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi saralashdagi barcha oʻyinlarda gʻalaba qozonib, 11 ochko bilan 2-oʻrinni egallab, UEFA Ayollar oʻrtasidagi Yevro-2017 yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. 2017-yilda milliy terma jamoa birinchi marta Algarve kubogida ishtirok etib, turnirda gʻolib boʻldi[7].
Ayollar oʻrtasidagi 2019-yilgi jahon chempionatida Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasiXitoy, Janubiy Afrika Respublikasi va Germaniya ayollar terma jamoalari bilan B guruhidan joy oldi. Ular guruhda ikkinchi oʻrinni egallab, oʻz tarixlarida birinchi marta jahon chempionatining pley-off bosqichiga yoʻl oldilar[8]. Biroq, Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1/8 finalda ushbu musobaqaning boʻlajak chempioni boʻlgan Amerika Qoʻshma Shtatlari terma jamoasi tomonidan magʻlub etildi[9].
Jamoaning xalqaro musobaqalardagi natijasi
tahrirFIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati
tahrirFIFA ayollar o'rtasidagi jahon chempionatida Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi | Saralash oʻyinlarida Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi | ||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Yil | Bosqich | Oʻrin | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | |
1991-yil | Saralashdan oʻta olmadi | 1991-yil UEFA ayollar chempionati | |||||||||||||
1995-yil | UEFA ayollar Yevro-1995 | ||||||||||||||
1999-yil | 6 | 0 | 2 | 4 | 5 | 10 | |||||||||
2003-yil | 6 | 2 | 0 | 4 | 8 | 11 | |||||||||
2007-yil | 8 | 4 | 2 | 2 | 19 | 14 | |||||||||
2011-yil | 8 | 6 | 1 | 1 | 37 | 4 | |||||||||
2015-yil | Guruh bosqichi | 20 | 3 | 0 | 1 | 2 | 2 | 4 | 10 | 9 | 1 | 0 | 42 | 2 | |
2019 | 16-tur | 12 | 4 | 1 | 1 | 2 | 4 | 4 | 8 | 8 | 0 | 0 | 25 | 2 | |
2023-yil | Yoʻllanma oldi | 8 | 8 | 0 | 0 | 53 | 0 | ||||||||
Jami | 3/9 | 7 | 1 | 2 | 4 | 6 | 8 | 55 | 38 | 6 | 11 | 189 | 43 |
UEFA ayollar chempionati
tahrirUEFA ayollar chempionatida Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi | Saralash oʻyinlarida Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi | ||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Yil | Bosqich | Oʻrin | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | |
1984 | Ishtirok etmadi | Ishtiroki bekor qilingan | |||||||||||||
1987 | Yoʻllanma ololmagan | 6 | 1 | 1 | 4 | 7 | 9 | ||||||||
1989 | 8 | 2 | 2 | 4 | 4 | 8 | |||||||||
1991 | 6 | 0 | 2 | 4 | 3 | 13 | |||||||||
1993 | 4 | 1 | 1 | 2 | 2 | 6 | |||||||||
1995 | 6 | 3 | 3 | 0 | 29 | 0 | |||||||||
1997 | Yarim final | 4 | 4 | 1 | 1 | 2 | 3 | 4 | 6 | 1 | 2 | 3 | 8 | 15 | |
2001 | Yoʻllanma ololmagan | 6 | 1 | 1 | 4 | 6 | 17 | ||||||||
2005 | 8 | 2 | 1 | 5 | 10 | 10 | |||||||||
2009 | 8 | 5 | 2 | 1 | 24 | 7 | |||||||||
2013 | Chorak final | 7 | 4 | 1 | 1 | 2 | 5 | 7 | 10 | 6 | 2 | 2 | 43 | 14 | |
2017 | Chorak final | 8 | 4 | 1 | 1 | 2 | 2 | 3 | 8 | 8 | 0 | 0 | 40 | 2 | |
2022 | Chorak final | 6 | 4 | 2 | 0 | 2 | 6 | 5 | 8 | 7 | 1 | 0 | 48 | 1 | |
Jami | 4/13 | 16 | 5 | 3 | 8 | 16 | 19 | 84 | 37 | 18 | 29 | 224 | 102 |
Boshqa turnirlar
tahrirYil | Musobaqa nomi | Oʻrin | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1992-yil | Grand Hotel Varna (Albena kubogi) | 4 | 4 | 3 | 0 | 1 | 8 | 1 |
1993-yil | Torneig Internacional Ciutat de Tarragona | 4 | 2 | 0 | 1 | 1 | 2 | 3 |
1995-yil | Grand Hotel Varna (Albena kubogi) | 3 | 5 | 2 | 1 | 2 | 9 | 12 |
1996-yil | Slovakiya ayollar turniri, | 4 | 3 | 0 | 2 | 1 | 2 | 6 |
2005-yil | Torneo Internacional de Maspalomas | 2 | 2 | 0 | 2 | 0 | 2 | 2 |
2017-yil | Algarve kubogi | 1 | 4 | 3 | 1 | 0 | 6 | 1 |
2018-yil | Kipr kubogi | 1 | 4 | 3 | 1 | 0 | 6 | 0 |
2019-yil | Algarve kubogi | 7 | 3 | 2 | 0 | 1 | 4 | 3 |
2020-yil | SheBelieves kubogi | 2 | 3 | 2 | 0 | 1 | 4 | 2 |
2022-yil | Arnold Clark kubogi | 2 | 3 | 1 | 2 | 0 | 2 | 1 |
Ispaniya ayollar terma jamoasining umumiy natijalari tarixi
tahrirMusobaqa nomi | Bosqich | Hisob | Raqib jamoa | Oʻrin | Gol urgan Ispaniya jamoasining futbolchilari |
---|---|---|---|---|---|
1987-yilgi Yevropa chempionatiga saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 0-1, 1-2 | Vengriya | 3 / 4 | Prieto |
0-2, 3-0 | Shveysariya | Y. García, V. Hernández (2) | |||
2-3, 1-1 | Italiya | Y. García, V. Hernández, Prieto | |||
1989-yilgi Yevropa chempionatiga saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 1-1, 1-0 | Bolgariya | 4 / 5 | Artola, V. Hernández |
0-1, 0-2 | Czechoslovakia | ||||
1-0, 0-1 | Belgiya | Artola | |||
1-3, 0-0 | Fransiya | Artola | |||
1991-yilgi Yevropa chempionatiga saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 0-0, 1-2 | Shveysariya | 4 / 4 | Parejo |
1-3, 0-5 | Daniya | Bakero | |||
1-3, 0-0 | Italiya | Artola | |||
1993-yilgi Yevropa chempionatiga saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 0-4, 1-1 | Shvetsiya | 2 / 3 | Prieto |
0-1, 1-0 | Irlandiya | Bakero | |||
1995-yilgi Yevropa chempionatiga saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 0-0, 4-0 | Belgiya | 2 / 4 | Pascual (2), Bakero + 1 o.g. |
0-0, 0-0 | Angliya | ||||
17-0, 8-0 | Sloveniya | Prieto (9), Bakero (4), M. González (3), R. Castillo (2), B. García (2), Pascual (2), Sirgo (2) + 1 o.g. | |||
1997-yilgi Yevropa chempionatiga saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 0-1, 0-2 | Daniya | 3 / 4 | |
5-1, 2-2 | Ruminiya | Prieto (4), Cano, R. Castillo, Torras | |||
1-1, 0-8 | Shvetsiya | Prieto | |||
Pley-off | 2-1, 1-1 | Angliya | 1 / 2 | Prieto (2), Mateos | |
1997-yilgi Yevropa chempionati | Guruh bosqichi | 1-1 | Fransiya | 2 / 4 | Parejo |
0-1 | Shvetsiya | ||||
1-0 | Rossiya | Parejo | |||
Yarim final | 1-2 | Italiya | 4 / 8 | Parejo | |
1999-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 1-2, 1-2 | Ukraina | 4 / 4 | Mateos, Torras |
1-2, 1-3 | Shvetsiya | Mateos, Prieto | |||
0-0, 1-1 | Islandiya | Prieto | |||
Yakuniy davra | 3-0, 4-1 | Shotlandiya | 1 / 2 | Monforte (2), Auxi, Cabezón, Gimbert, Marco, Mateos | |
2001-yilgi Yevropa chempionatiga saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 2-5, 0-7 | Shvetsiya | 3 / 4 | Mateos, Rodríguez |
0-1, 1-2 | Fransiya | Mateos | |||
1-1, 2-1 | Niderlandiya | Fuentes, Gimbert, Moreno | |||
Pley-off | 1-6, 2-4 | Daniya | 2 / 2 | Cabezón, Gimbert, Mateos | |
2003-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 6-1, 0-3 | Islandiya | 4 / 4 | Auxi (2), del Río (2), Ferreira, Gimbert |
0-2, 2-1 | Rossiya | Auxi, del Río | |||
0-3, 0-1 | Italiya | ||||
Yakuniy davra | bekor qilingan | Vengriya | - | ||
2005-yilgi Yevropa chempionatiga saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 1-0, 0-0 | Niderlandiya | 3 / 5 | del Río |
0-2, 0-2 | Norvegiya | ||||
9-1, 0-2 | Belgiya | del Río (5), Vázquez (2), Castillo, Gurrutxaga | |||
0-1, 0-2 | Daniya | ||||
2007-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 2-3, 7-0 | Polsha | 3 / 5 | del Río (2) |
1-0, 0-0 | Finlandiya | Cabezón | |||
3-2, 4-2 | Belgiya | Adriana (2), Cabezón, Gimbert, Gurrutxaga, del Río + 1 o.g. | |||
2-2, 0-5 | Daniya | Adriana, Vilanova | |||
2009-yilgi Yevropa chempionatiga saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 3-0, 6-1 | Belarus | 2 / 5 | Vázquez (3), Romero (2), Auxi, Azagra, Cuesta, Pérez |
2-2, 4-1 | Chexiya | Boquete (2), Adriana, Gimbert, Torrejón, Vilanova | |||
0-1, 2-2 | Angliya | Bermúdez, Boquete | |||
4-0, 3-0 | Shimoliy Irlandiya | Vázquez (2), Bermúdez, Boquete, R. García, del Río, Vilas | |||
Pley-off | 0-2, 0-2 | Niderlandiya | 2 / 2 | ||
2011-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 13-0, 9-0 | Malta | 3 / 5 | Adriana (8), Bermúdez (3), Boquete (3), Romero (3), Ibarra (2), Casado, Meseguer + 1 o.g. |
2-0, 1-0 | Avstriya | Adriana (2), Bermúdez | |||
5-0, 5-1 | Turkiya | Adriana (5), Bermúdez (2), Boquete, Olabarrieta, Torrejón | |||
0-1, 2-2 | Angliya | Adriana, Bermúdez | |||
2013-yilgi Yevropa chempionatiga saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 10-1, 4-0 | Turkiya | 2 / 6 | Adriana (4), Boquete (3), Bermúdez (2), Borja, Corredera, Olabarrieta, Vilas + 1 o.g. |
3-2, 3-4 | Shveysariya | Adriana (2), Boquete (2), R. García, Vilas | |||
4-0, 13-0 | Qozogiston | Vilas (7), Bermúdez (3), Boquete (2), Borja (2), Adriana, Meseguer, Torrejón | |||
4-0, 0-0 | Ruminiya | Boquete (2), Adriana, Bermúdez | |||
2-2, 0-5 | Germaniya | Boquete, Romero | |||
Pley-off | 1-1, 3-2 | Shotlandiya | 1 / 2 | Adriana (2), Boquete, Meseguer | |
2013-yilgi Yevropa chempionati | Guruh bosqichi | 3-2 | Angliya | 2 / 4 | Boquete, Hermoso, Putellas |
0-1 | Fransiya | ||||
1-1 | Rossiya | Boquete | |||
Chorak final | 1-3 | Norvegiya | 7 / 8 | Hermoso | |
2015-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 6-0, 5-0 | Estoniya | 1 / 6 | Natalia (3), Bermúdez (2), Vicky (2), Hermoso (2), Torrejón, Paredes |
2-0, 0-0 | Italiya | Bermúdez, Natalia | |||
1-0, 2-0 | Ruminiya | Natalia (2), R. García | |||
3-2, 1-0 | Chexiya | Bermúdez (2), Boquete, Corredera | |||
12-0, 10-0 | Makedoniya | Natalia (6), Bermúdez (5), Hermoso (5), Boquete (2), Calderón (2), Losada, Torrejón | |||
2015-yilgi Jahon chempionati | Guruh bosqichi | 1-1 | Kosta Rika | 4 / 4 | Losada |
0-1 | Brazil | ||||
1-2 | Janubiy Koreya | Boquete | |||
2017-yilgi Yevropa chempionatiga saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 2-1, 5-0 | Finlandiya | 1 / 5 | Paredes (2), Hermoso, Putellas, Sampedro, Torrecilla, Torrejón |
3-0, 3-0 | Irlandiya | Boquete (2), Hermoso (2), Losada, + 1 o.g. | |||
2-0, 4-1 | Portugaliya | Bermúdez, Boquete, Losada, Putellas, Sampedro, Torrecilla | |||
7-0, 13-0 | Montenegro | Boquete (5), Bermúdez (5), Losada (3), Putellas (2), Sampedro (2), Corredera, Hermoso, Torrecilla | |||
2017-yilgi Yevropa chempionati | Guruh bosqichi | 2-0 | Portugaliya | 2 / 4 | Losada, Sampedro |
0-2 | Angliya | ||||
0-1 | Shotlandiya | ||||
Chorak final | 0-0 | Avstriya | 8 / 8 | ||
2019-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 6-0, 2-0 | Isroil | 1 / 5 | Hermoso (2), Paredes (2), Latorre, Putellas, Sampedro, Vilas |
2-1, 3-0 | Serbiya | Hermoso (3), Guijarro, Sampedro | |||
4-0, 1-0 | Avstriya | Guijarro, Paredes, Putellas, Torrecilla | |||
2-0, 5-1 | Finlandiya | Corredera (2), O. García, Hermoso, Nahikari, Paredes + 1 o.g. | |||
2019-yilgi Jahon chempionati | Guruh bosqichi | 3-1 | Janubiy Afrika Respublikasi | 4 / 4 | Hermoso (2), Lucía García |
0-1 | Germaniya | ||||
0-0 | Xitoy | ||||
Nimchorak final | 1-2 | AQSh | 11 / 16 | Hermoso | |
2021-yilgi Yevropa chempionatiga saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 4-0, 0-13 | Ozarboyjon | 1 / 5 | González (5), Hermoso (5), Bonmatí (2), Caldentey, Eizagirre, Guijarro, Navarro, Torrecilla |
5-1, 0-4 | Chexiya | Bonmatí (2), Caldentey, González, Guijarro, Hermoso, Paredes, Putellas + 1 o.g. | |||
9-0, 0-10 | Moldava | Caldentey (4), Hermoso (4), Bonmatí (2), L. García (2), Guijarro (2), Navarro, Putellas, Redondo + 2 o.g. | |||
0-0, 3-0 | Polsha | González (2), León | |||
2023-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 10-0, 12-0 | Farer orollari | Aniqlamoqda | Sarriegi (5), Caldentey (4), González (4), Bonmatí (2), Putellas (2), Aleixandri, L. García, Guerrero, Guijarro, Redondo |
7-0 | Vengriya | Caldentey (2), González (2), Sarriegi (2), del Castillo | |||
6-0 | Ukraina | Sarriegi (2), Eizagirre, Putellas, Redondo + 1 o.g. | |||
8-0, 0-2 | Shotlandiya | Hermoso (3), Bonmatí (2), Caldentey (2), Sarriegi (2), Putellas | |||
2021-yilgi Yevropa chempionati | Guruh bosqichi | 4-1 | Finlandiya | 2 / 4 | Bonmatí, Caldentey, L. García, Paredes |
0-2 | Germaniya | ||||
1-0 | Daniya | Cardona | |||
Chorak final | 1-2 | Angliya | 6 / 8 | González |
Murabbiylar shtabi
tahrirHozirgi murabbiylar atrkibi
tahrirLavozimi | Ismi |
---|---|
Bosh murabbiy | Jorge Vilda |
Bosh murabbiy yordamchisi | Montserrat Tomé |
Yordamchi murabbiy | Kenio Gonzalo |
Darvozabonlar murabbiyi | Carlos Sánchez |
Fitnes murabbiyi | Blanca Romero Javier Velázquez |
Analyst technician | Javier Egido |
Video-montaj yordamchisi | Rubén Jimenez |
Doktor | Joan Molera |
Psixolog | Javier López Vallejo |
Bosh murabbiylar tarixi
tahrir- 2022-yil 6-sentabr holatiga koʻra.
Bosh murabbiy | Faoliyatini boshladi | Faoliyatini tugatdi | Record | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Gollar farqi | Gʻalaba koʻrsatkichi
% | |||
Teodoro Nieto | Fevral,1983 | Iyul, 1988 | 19 | 4 | 5 | 10 | 14 | 22 | −8 | 34.21% |
Ignacio Quereda | Avgust, 1988 | Iyul, 2015 | 142 | 52 | 38 | 52 | 304 | 207 | +97 | 50% |
Jorge Vilda | Avgust, 2015 | hozirga qadar | 90 | 60 | 15 | 15 | 255 | 47 | +208 | 75% |
Jami | 251 | 116 | 58 | 77 | 573 | 276 | +297 | 57.77% |
Oʻyinchilar
tahrirHozirgi tarkib
tahrir2022-yil 2 va 6-sentabr kunlari Vengriya va Ukraina ayollar terma jamoalariga qarshi JCh-2023 saralash bosqichiga quyidagi futbolchilar Ispaniya milliy ayollar terma jamoasiga chaqirildi.
- 2022-yil 6-sentabr holatiga koʻra.
Ispaniya ayollar milliy terma jamoasining yutuqlari
tahrirJamoaviy yutuqlari
tahrir- Algarve kubogi
- Chempion: 2017
- Kipr kubogi
- Chempion: 2018
- SheBelieves kubogi
- 2-oʻrin 2020
- Arnold Clark kubogi
- 2-oʻrin 2022
- Albena kubogi
- 3-oʻrin: 1995
Individual mukofotlar
tahrir- UEFA ayollar chempionati: Eng yaxshi oʻyinchi: Verónica Boquete (2013), Aitana Bonmatí (2022)
- Grand Hotel Varna (Albana kubogi): Eng yaxshi toʻpurar: Mar Prieto (1992)[10]
- Algarve kubogi: Eng yaxshi oʻyinchi: Irene Paredes (2017)
- Kipr kubogi: Oltin Qoʻlqop: Dolores Gallardo (2018)
- Algarve kubogi: Eng yaxshi toʻpurar: Jennifer Hermoso (2019)
- SheBelieves kubogi: Eng yaxshi oʻyinchi: Alexia Putellas (2020)
- SheBelieves kubogi: Eng yaxshi toʻpurar: Lucía García and Alexia Putellas (2020)
- Arnold Clark kubogi: Eng yaxshi oʻyinchi: Aenea del Castillo (2022)
- Arnold Clark kubogi: Eng yaxshi toʻpurar: Alexia Putellas (2022)
Boshqa mukofotlar
tahrir- Premios Nacionales del Deporte mukofoti (Milliy sport mukofotlari): Baron de Güell kubogi doirasida beriladi (2014)[11].
Jamoaning ichki rekordlari
tahrir- Qalin yozilgan oʻyinchilar hali ham oʻz futbolchilik faoliyatini amalga oshiradi (hech boʻlmaganda klub darajasida). 2022-yil 7-sentabr holatiga koʻra
Eng koʻp maydonga tushgan futbolchilar
tahrir# | Futbolchi | Faoliyat yillari | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|---|
1 | Alexia Putellas | 2013-hozirga qadar | 100 | 27 |
2 | Jennifer Hermoso | 2011-hozirga qadar | 93 | 46 |
3 | Marta Torrejón | 2007-2019 | 90 | 8 |
4 | Irene Paredes | 2011-hozirga qadar | 88 | 11 |
5 | Marta Corredera | 2013-2021 | 85 | 5 |
6 | Arantza del Puerto | 1990-2005 | 71 | 0 |
7 | Silvia Meseguer | 2008-2019 | 67 | 5 |
8 | Virginia Torrecilla | 2013-2020 | 66 | 7 |
9 | Victoria Losada | 2010-2020 | 65 | 13 |
10 | Mar Prieto | 1989-2000 | 62 | 30 |
Eng yaxshi futbolchilar roʻyxati
tahrir# | Futbolchi | Faoliyat yillari | Gollar | Oʻtkazgan oʻyinlar | Bir oʻyinga toʻgʻri keladigan
gol koʻrsatkichi |
---|---|---|---|---|---|
1 | Jennifer Hermoso | 2011-hozirga qadar | 46 | 93 | 0.49 |
2 | Verónica Boquete | 2005-2017 | 38 | 56 | 0.68 |
3 | Sonia Bermúdez | 2008-2017 | 34 | 61 | 0.56 |
4 | Adriana Martín | 2005-2015 | 33 | 37 | 0.89 |
5 | Mar Prieto | 1985-2000 | 30 | 62 | 0.48 |
6 | Alexia Putellas | 2013-hozirga qadar | 27 | 100 | 0.27 |
7 | Eser González | 2016-hozirga qadar | 19 | 28 | 0.68 |
Mariona Caldentey | 2017-hozirga qadar | 19 | 53 | 0.36 | |
9 | Aitana Bonmatí | 2017-hozirga qadar | 16 | 46 | 0.35 |
10 | Mari Paz Vilas | 2008-2018 | 15 | 26 | 0.58 |
Jamoa safida urilgan xet-trik (bir oʻyinda uchta gol)lar roʻyxati
tahrirFutbolchi (nechta gol urgani) | Raqib jamoa | Uy/safar | Natija | Musobaqa nomi |
---|---|---|---|---|
Mar Prieto7 | Sloveniya | Uy oʻyini | 17-0 | 1995-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinlari |
Mercedes González | ||||
Mar Prieto | Ruminiya | Uy oʻyini | 5-1 | 1997-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinlari |
Laura del Río5 | Belgiya | Uy oʻyini | 7-0 | 2005-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinlari |
Adriana Martín5 | Polsha | Uy oʻyini | 7-0 | 2007-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlari |
Adriana Martín4 | Malta | Safarda | 0-13 | 2011-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlari |
Sonia Bermúdez | ||||
Ana „Willy“ Romero | ||||
Adriana Martín | Turkiya | Safarda | 0-5 | |
Adriana Martín4 | Malta | Uy oʻyini | 9-0 | |
Verónica Boquete | Turkiya | Safarda | 1-10 | 2013-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinlari |
Mari Paz Vilas7 | Qozogʻiston | Uy oʻyini | 13-0 | |
Natalia Pablos5 | Shimoliy Makedoniya | Uy oʻyini | 12-0 | 2015-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlari |
Sonia Bermúdez | Shimoliy Makedoniya | Safarda | 0-10 | |
Jennifer Hermoso | ||||
Sonia Bermúdez5 | Chernogoriya | Uy oʻyini | 13-0 | 2017-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinlari |
Verónica Boquete4 | ||||
Mariona Caldentey | Moldova | Safarda | 0-9 | 2021-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinlari |
Jennifer Hermoso | Moldova | Uy oʻyini | 10-0 | |
Eser González5 | Ozarbayjon | Safarda | 0-13 | |
Jennifer Hermoso5 | ||||
Amaiur Sarriegi4 | Farer orollari | Safarda | 0-10 | 2023-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlari |
Eser González4 | Farer orollari | Uy oʻyini | 12-0 | |
Mariona Caldentey |
Eng koʻp seyf (darvozaga yoʻllangan kuchli zarbani qaytarish) koʻrsatgan darvozabonlar
tahrir# | Futbolchi | Faoliyat yillari | Seyflar soni | Oʻtkazgan oʻyinlar | Oʻrtacha hisobda |
---|---|---|---|---|---|
1 | Sandra Paños | 2011-hozirga qadar | 26 | 53 | 49.06% |
2 | Dolores Gallardo | 2012-hozirga qadar | 21 | 37 | 55.26% |
3 | Ainhoa Tirapu | 2007-2015 | 20 | 46 | 43.48% |
4 | Roser Serra | 1991-1998 | 13 | 33 | 39.39% |
5 | María Isabel Rodríguez | 2021-hozirga qadar | 5 | 6 | 83.33% |
6 | Elixabete Capa | 1998-2005 | 4 | 26 | 15.38% |
7 | Lucía Muñoz | 2005-2006 | 3 | 8 | 37.5% |
Ana Ruiz | 1984-1988 | 17 | 17.65% | ||
9 | Mariatxi Sánchez | 2006-2007 | 2 | 2 | 100% |
Jamoa reytingi
tahrirFIFA Jahon reytingi (ayollar futbolida)
Qizil fonda berilgan yillar (Har yili 4 marta tuziladi)da jamoa reytingi pastga tushgan, yashilda berilgan yillarda esa jamoaning reytingi oʻsgan.
Mavsum | Mart
(ochko) |
Iyun/Iyul
(ochko) |
Avgust/Sentabr
(ochko) |
Dekabr
(ochko) |
---|---|---|---|---|
2003 | 19 (1767) | 19 (1767) | 20 (1767) | 20 (1765) |
2004 | 20 (1771) | 21 (1756) | 21 (1756) | 20 (1756) |
2005 | 20 (1754) | 20 (1756) | 20 (1756) | 20 (1778) |
2006 | 20 (1778) | 20 (1793) | 20 (1778) | 20 (1778) |
2007 | 20 (1778) | 20 (1802) | 20 (1802) | 20 (1805) |
2008 | 21 (1805) | 19 (1819) | 19 (1819) | 20 (1796) |
2009 | 20 (1796) | 20 (1796) | 20 (1797) | 20 (1813) |
2010 | 20 (1813) | 20 (1812) | 19 (1816) | 19 (1816) |
2011 | 18 (1816) | 18 (1816) | 18 (1819) | 17 (1841) |
2012 | 17 (1842) | 16 (1841) | 17 (1831) | 18 (1823) |
2013 | 18 (1824) | 18 (1823) | 17 (1831) | 15 (1849) |
2014 | 15 (1844) | 16 (1854) | 16 (1865) | 15 (1865) |
2015 | 14 (1867) | 19 (1815) | 18 (1824) | 14 (1854) |
2016 | 15 (1852) | 14 (1861) | 14 (1861) | 14 (1862) |
2017 | 13 (1885) | 13 (1885) | 17 (1849) | 13 (1869) |
2018 | 12 (1886) | 12 (1911) | 12 (1916) | 12 (1920) |
2019 | 13 (1913) | 13 (1899) | 13 (1897) | 13 (1900) |
2020 | 13 (1915) | 13 (1915) | 13 (1915) | 13 (1919) |
2021 | 13 (1929.14) | 12 (1935.87) | 10 (1935.87) | 9 (1959.16) |
2022 | 7 (1980.28) | 7 (1985.84) | 8 (1983.13) | 8 (1985.69) |
UEFA ayollar reytingi (ayollar futbolida)
Sana | Reyting | Ochko |
---|---|---|
9-mart 2011 | 12 | 32,679 |
25-oktabr, 2012 | 12 | 32,999 |
17-sentabr, 2014 | 7 | 35,941 |
8-iyun, 2016 | 6 | 37,363[12] |
21-sentabr, 2016 | 6 | 37,655[13] |
28-noyabr, r 2017 | 5 | 39,340[14] |
13-iyun, 2018 | 6 | 39,139[15] |
4-sentabr, 2018 | 5 | 39,181[16] |
8-iyul, 2019 | 6 | 22,335 |
24-fevral, 2021 | 6 | 38,913[17] |
- Ziaian ayollar futboli reytingi[18]
Mavsum | 1996 | 1997 | 1998 | 1999 | 2000 | 2001 | 2002 | 2003 | 2004 |
Reyting | 15 | 16 | 16 | 16 | 28 | 23 | 26 | 24 | 24 |
Mavsum | 2005 | 2006 | 2007 | 2008 | 2009 | 2010 | 2011 | 2012 | 2013 |
Reyting | 24 | 24 | 24 | 24 | 22 | 23 | 15 | 19 | 18 |
Mavsum | 2014 | 2015 | 2016 | 2017 | 2018 | 2019 | 2020 | 2021 | 2022 |
Reyting | 15 | 14 | 11 | 8 | 8 | 10 | 4 | 1 | 4* |
* 2022-yil 15-avgust holatiga koʻra
Yoshlar terma jamoalari
tahrirIspaniya 23 yoshgacha ayollar futbol terma jamoasi
tahrirIspaniyaning 23 yoshgacha boʻlgan terma jamosi Ispaniya Qirollik Futbol Federatsiyasi homiyligida faoliyat yuritadigan futbol jamoasidir. Uning asosiy roli — Ispaniya ayollar terma jamoasiga tayyorgarlik koʻrish uchun futbolchilarni malakasini oshirishdan iborat.
Ispaniya 20 yoshgacha ayollar futbol terma jamoasi
tahrirFIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati | |||||
---|---|---|---|---|---|
2002: | Ishtirik etmadi | 2004: | 1-tur | 2006: | Ishtirik etmadi |
2008: | Ishtirik etmadi | 2010: | Ishtirik etmadi | 2012: | Ishtirik etmadi |
2014: | Ishtirik etmadi | 2016: | 5-oʻrin | 2018: | Ikkinchi oʻrin |
2020: | COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilindi | 2022: | Chempion |
Ispaniya 19 yoshgacha ayollar futbol terma jamoasi
tahrir19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionati | |||||
---|---|---|---|---|---|
2002: | Yakuniy raund | 2003: | Yakuniy raund | 2004: | Chempion |
2005: | Ikkinchi davra | 2006: | Ikkinchi davra | 2007: | Yakuniy raund |
2008: | Yakuniy raund | 2009: | Ikkinchi davra | 2010: | Yakuniy raund |
2011: | Yakuniy raund | 2012: | Ikkinchi oʻrin | 2013: | Ishtirik etmadi |
2014: | Ikkinchi oʻrin | 2015: | Ikkinchi oʻrin | 2016: | Ikkinchi oʻrin |
2017: | Chempion | 2018: | Chempion | 2019: | Uchinchi oʻrin |
2020: | COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilindi | 2021: | COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilindi | 2022: | Chempion |
Ispaniya 18 yoshgacha ayollar futbol terma jamoasi
tahrir18 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionati | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
1998: | Ishtirik etmadi | 1999: | Ishtirik etmadi | 2000: | Ikkinchi oʻrin | 2001: | 4 |
Ispaniya 17 yoshgacha ayollar futbol terma jamoasi
tahrir- FIFA U-17 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati
FIFA U-17 ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati | |||||
---|---|---|---|---|---|
2008: | Ishtirik etmadi | 2010: | Uchinchi oʻrin | 2012: | Ishtirik etmadi |
2014: | Ikkinchi oʻrin | 2016: | Uchinchi oʻrin | 2018: | Chempion |
2020: | COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilindi |
- 17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionati
17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionati | |||||
---|---|---|---|---|---|
2008: | Ishtirik etmadi | 2009: | Ikkinchi oʻrin | 2010: | Chempion |
2011: | Chempion | 2012: | Ishtirik etmadi | 2013: | Uchinchi oʻrin |
2014: | Ikkinchi oʻrin | 2015: | Chempion | 2016: | Ikkinchi oʻrin |
2017: | Ikkinchi oʻrin | 2018: | Chempion | 2019: | Uchinchi oʻrin |
2020: | COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilindi | 2021: | COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilindi | 2022: | Ikkinchi oʻrin |
16 yoshgacha
tahrirShuningdek, Ispaniya sharafini 16 yoshgacha boʻlgan toifa boʻyicha xalqaro futbolda himoya qiladigan va Ispaniya Qirollik Futbol Federatsiyasi tomonidan boshqariladigan ayollar terma jamoasi ham mavjud. Bu jamoa, odatda, har-yili UEFA Ayollar U-16 rivojlanish turnirida (garchi bu rasmiy turnir boʻlmasa ham) muvaffaqiyat bilan ishtirok etadi[19].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ The underground origin of the womenʼs national team.
- ↑ The official baptism of the womenʼs national team.
- ↑ „Why Spain is absent from the World Cup“. Fox Soccer. Qaraldi: 5-avgust 2012-yil.
- ↑ Kassouf, Jeff. „Spain players call firing Ignacio Quereda women's World Cup exit“. Equalizer Soccer (19-iyun 2015-yil). Qaraldi: 8-iyun 2019-yil.
- ↑ „Quereda's reign as Spain coach ends after 27 years“. Equalizer Soccer (31-iyul 2015-yil). Qaraldi: 4-sentabr 2015-yil.
- ↑ „Vilda appointed coach of Spain's women's team“. FIFA.com (30-iyul 2015-yil). 1-avgust 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-sentabr 2015-yil.
- ↑ Muñoz, Antonio D.. „Champions of Algarve Cup“. RFEF (8-mart 2017-yil). 25-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyun 2019-yil.
- ↑ „South Africa 0–4 Germany, China 0–0 Spain: Women's World Cup clockwatch – live!“. The Guardian (17-iyun 2019-yil). Qaraldi: 17-iyun 2019-yil.
- ↑ Oficial: La RFEF crea la Selección Absoluta Promesas, una nueva selección femenina de fútbol (Official: The RFEF creates the Absolute Promises Selection, a new womenʼs team) (Wayback Machine saytida 15-noyabr 2021-yil sanasida arxivlangan), SEfutbol (in Spanish), 29 October 2019
- ↑ „Grand Hotel Varna Tournament official awards“. rsssf.com. Qaraldi: 22-iyul 2022-yil.
- ↑ „La Selección española Absoluta femenina, distinguida en los Premios Nacionales del Deporte 2014“ (ispancha). RFEF (10-iyul 2015-yil). 30-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyun 2019-yil.
- ↑ „UEFA Women's National Team Coefficient Overview (June 2016)“.
- ↑ „UEFA Women's National Team Coefficient Overview (September 2016)“.
- ↑ UEFA Womenʼs National Team Coefficient Overview (November 2017)
- ↑ „UEFA Women's National Team Coefficient Overview (June 2018)“.
- ↑ „UEFA Women's National Team Coefficient Overview (September 2018)“.
- ↑ „UEFA Women's National Team Coefficient Overview (February 2021)“.
- ↑ Ranking womenʼs national football teams based on a formula invented and developed by Mark Ziaian
- ↑ „The U16s debut with a brilliant victory at the UEFA Development Tournament“. 9-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-sentabr 2022-yil.