Ivan Kazakov
Ivan Semyonovich Kazakov (1873-yil – 1935-yil) – rus rassomi. Grafik rassomchilik bilan ham shugʻullangan.
Ivan Kazakov (Ivan Semyonovich Kazakov) | |
[[Image:|220px| ]] | |
Haqiqiy ismi | Ivan Semyonovich Kazakov |
Tavalludi | 1-fevral 1873-yil |
Vafoti | 16-oktyabr 1935-yil (62 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston SSR SSSR |
Hayoti
tahrirIvan Semyonovich Kazakov (1873—1935-yillar) Orlov viloyatining Kasilovo qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan.
- 1888—1894-yillarda Moskva rassomchilik, haykaltaroshlik va meʼmorchilik maktabida tahsil olgan[1].
- Keyinchalik Imperator Badiiy Akademiyasi qoshidagi Oliy rassomchilik, haykaltaroshlik va meʼmorchilik maktabida oʻqishini davom ettirgan.
- 1895-yildan 1898-yilgacha V.Ye. Makovskiy ustaxonasida oʻqigan.
- 1898-yilda rassom unvonini olgan[2].
- 1899—1900-yillarda Imperator Badiiy Akademiyasi stipendiyasi bilan Italiya, Fransiya va Germaniyaga sayohat qilgan.
Chet eldan qaytgach, Kazakov Sankt-Peterburgda yashagan.
I. S. Kazakov 1890—1900-yillarda akademik koʻrgazmalarning doimiy ishtirokchisiga aylangan, xususan, Moskva sanʼat ixlosmandlari jamiyati va 1902—1910-yillarda tijorat va sanoat koʻrgazmalarida ishtirok etgan.
1906-yilda Kazakov Turkiston hududiga yaʼni Toshkentga koʻchib oʻtgan. Toshkentdagi Toshkent real maktabida chizmachilik va hattotlik boʻyicha oʻqituvchi lavozimini egallagan. 1910-yilgacha Toshkent real maktabida (Toshkent shahrida faoliyat yuritgan real maktab) dars bergan.
Turkistonda I. S. Kazakov Samarqand, Buxoro va Toshkentning meʼmoriy manzaralarini chizgan. Etnografik eskizlar turkumini va „Doston oʻqiyapmiz“ kartinasini yaratgan. Bu suratda Kazakov Samarqandning markaziy maydoni hisoblangan – Registonda oʻzbek xalq dostonini qiziqish bilan tinglayotgan bir guruh insonlarni tasvirlagan. 1960—1970-yillarda ushbu surat Toshkent politexnika institutining Arxitektura fakulteti binosida saqlangan.
1917—1918-yillarda rassom „Toshkent hovlisi“ kartinasini chizgan.[3] Unda yangi Yevropa Toshkentidagi bir badavlat boyning odatiy hovlisi va uyi tasvirlangan[4].
1919-yilda Kazakov Turkiston oʻlkasi rassomlik bilim yurtida, 1921-yilda esa Toshkentning Pushkin koʻchasida joylashgan oʻz ustaxonasida ishlagan va dars bergan.
I. S. Kazakov Toshkentdagi inqilobiy tantanalarni loyihalashda faol ishtirok etgan va oʻz zamondoshlarining „Rassom Chebakov portreti“ va „Qizil kiyimdagi ayol“ kartinalarini chizgan[5].
Bu davrda Kazakovning ishlari Petrograddagi 1-Davlat bepul sanʼat asarlari koʻrgazmasida (1919-yil), Moskvadagi 47-sayyor rasmlar koʻrgazmasida (1922-yil) va Rossiya Respublikasi sanʼati Akademiyasining Toshkent filiali 1-rasmlar koʻrgazmasida namoyish etilgan(1928-yil)[6].
Kazakov 1926—1932-yillarda inqilob rassomlari uyushmasining Toshkent boʻlimi aʼzosi va tashkilotchilaridan biri boʻlgan. 1930-yil 17-yanvargacha Toshkentdagi AXR(Inqilob rassomlari uyushmasi) studiyasiga ham rahbarlik qilgan.
„Pravda Vostoka“ Respublika gazetasida Mixail Donetskning (Ksandr taxallusi ostida) rassomlar Yeremey Grigoryevich Burtsev va I. S. Kazakovga[7] qarshi qaratilgan „Qizil yorliq ostidagi terri reaksiyasi“ felyetoni chop etilganidan soʻng, mazkur muallifning „Fossillari“, GPU (Davlat siyosiy boshqaruvi) zudlik bilan ularga qarshi ish[8] qoʻzgʻatdi va OGPU (Birlashgan Bosh Siyosiy Boshqarma) kollegiyasining navbatdan tashqari yigʻilishi E. G. Burtsevni Tojikistonning Stalinobod shahriga uch yil muddatga axloq tuzatish maqsadida yuborgan.
- Kazakov 1930—1935-yillarda Toshkent politexnika institutida oʻqituvchi boʻlib ishladi.
- 1935-yil 16-oktabrda Toshkentda vafot etdi.
Kazakovning asarlari qator muzey va shaxsiy kolleksiyalarda, jumladan, Rossiya davlat muzeyi va Oʻzbekiston Davlat Sanʼat muzeyida saqlanadi .
Manbalar
tahrir- ↑ Za vremya uchebi v uchiliщe dvajdi nagrajdalsya malimi serebryanimi medalyami za etyud i risunok.
- ↑ Interesno, chto kogda on eщyo uchilsya v Akademii xudojestv, to ego kartina „U derevenskogo sapojnika“ bila priobretena Sovetom akademii za 800 rubley.
- ↑ Dom № 1 po ulitse Ikanskoy v Tashkente.
- ↑ Na kartine I. S. Kazakova „Tashkentskiy dvorik“ izobrajen dom, soxranivsheysya prakticheski v neizmennom vide do nashego vremeni, pervonachalno prinadlejavshiy tashkentskomu advokatu Mixailu Ivanovichu Bukovskomu, a zatem ego vdove Yelene Kazimirovne Bukovskoy (v devichestve Kurovitskoy)
- ↑ Obe kartini naxodyatsya v kolleksii Gosudarstvennogo muzeya iskusstv Uzbekistana.
- ↑ Odnim iz organizatorov etogo filiala yavlyalsya I. S. Kazakov.
- ↑ V kotorom ix obvinyali v tom, chto na zanyatiyax v studii ucheniki risuyut golovi Xrista i apostola Pavla.
- ↑ delo № 3950 po obvineniyu Ye. G. Burseva i I. S. Kazakova po 10-66 st. i 142 st. UK UzSSR.