Katalan tili — roman tillarining iber-roman guruhiga mansub. Ispaniyaning Kataloniya, Valensiya muxtor viloyatlarida, Balear o.larida, Fransiyaning Russilon tarixiy viloyatida, Sharqiy Tereney departamentida, shuningdek, Andorra davlati hamda Sardiniya orol (Italiya)ning Algero shahrida tarqalgan. Katalan tilida taxminan 8 mln.dan ziyod kishi gaplashadi (1992). Ispaniya (ispan tili bilan bir qatorda), Andorra davlatlarining (ispan va fransuz tillari bilan bir qatorda) rasmiy tili. Sharqiy (barselon, balear, russimon, alger) va gʻarbiy (leridan, valensi) dialektlarga boʻlinadi. Fo-netikasida murakkab konsonantizm (undoshlar tizimi) hamda fonemalarning nutkda gʻoyat oʻzgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Mazkur tilning leksikasi va sintaksisiga ispan tilining taʼsiri katta boʻlgan. Katalan tiliga oid yozma yodgorliklar 11 —12-asrlarda paydo boʻlgan. 13-asr oʻrtalaridan adabiy Katalan tili shakllana boshlagan. hozirgi adabiy Katalan tili 19—20-asrlarda shakllangan. Uning asoschisi 19-asrda yashab oʻtgan atoqli yozuvchi J. Verdager. Yozuvi lotin alifbosi asosida.[1]

Katalan tili
Milliy nomi català [kətə'la], valencià [vəlen'sja]
Mamlakatlar Ispaniya, Fransiya, Italiya, Andorra
Rasmiylik holati Andorra, Kataloniya, Balear orollari, Valencialar mamlakati
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 9,9 mln. kishi; Kataloniya, Valencialar mamlakati, Balear orollari, Aragon, Mursia, Shimoliy Pireney, Algero shahri
Turkumlanishi
Turkum Yevrosiyo tillari
Til oilasi Hind-yevropa tillari
  Roman tillari
Alifbosi lotin
Til kodlari
ISO 639-1 ca
ISO 639-2 cat
ISO 639-3 cat

Katalancha (valensiyacha) tili Hindyevropa tillari oilasining roman guruhining okstian-roman ostguruhiga mansub hisoblanadi. Bu tildan tahmiman 11 mln. kishi gapiradi, Ispaniyaning kataloniya yerlarida (Kataloniya, Valensiya, Balear orollari), Fransiyada (Shimoliy Pirenei), Andorra va Italiyada (Sardiniya orolidagi Algero shahri) bu til rivojlangan. Yuqorida sanab o'tilgan Ispaniya provinsiyalarida va Andorrada bu til rasmiy til hisoblanadi.

Manbalar

tahrir
  1. "Katalan tili" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil