Jaloliddin Manguberdi majmuasi — Xorazm viloyatining Urganch shahri, Al-Xorazmiy koʻchasida joylashgan majmua. 1999-yilda qurib bitkazilgan majmua Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan. Hozirda Xorazm viloyati madaniyat boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulkiga tegishli[1][2].

Jaloliddin Manguberdi majmuasi
Umumiy maʼlumot
Turi Majmua
Manzili Al-Xorazmiy koʻchasi
Shahar Urganch
Mamlakat O‘zbekiston
Koordinatalar 41°32′41″N 60°38′01″E / 41.5447310059948°N 60.63373933396149°E / 41.5447310059948; 60.63373933396149
Qurilishi tugagan 1999-yil
Egasi Davlat mulkiga tegishli
Binoning ichki maydoni 15 gektar
Map
Jaloliddin Manguberdi majmuasi xaritada

Qurilish tarixi va uslubi

tahrir

Majmua Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi munosabati bilan 1999-yilda Urganch shahrining markaziy qismi boʻlgan Shovot kanalining soʻl sohilida bunyod etilgan. Majmuaning kirish qismida sharqona darvoza oʻrnatilgan boʻlib, uning ichki qismida favvoralar, Jaloliddin Manguberdining haykali va 15 gektarlik bogʻ mavjud. 1999-yil 5-noyabr kuni Oʻzbekistonning sobiq Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan ochilgan.

Majmuaning markaziy qismida Jaloliddin Manguberdining 14,5 metrlik haykali oʻrnatilgan boʻlib, bu yodgorlik Oʻzbekistondagi eng baland monumentlardan biridir. Monument postamenti qizil granitdan tayyorlangan. Haykalni tayyorlashda esa bronzadan foydalanilgan. Xorazmlik meʼmor Polvonnazir Salayev monument loyihasining muallifi sanaladi. Toshkentlik haykaltaroshlar Ilhom va Kamol Jabborovlar tomonidan haykal tayyorlangan. Oʻzbekiston badiiy akademiyasi aʼzosi Toʻra Quryozov oʻsha davrga oid boʻlgan tarixiy asarlardan kelib chiqib chizgan surati Manguberdi qiyofasini yaratilishi uchun asos qilib olingan. Shuningdek, Toʻra Quryozov Manguberdi asari uchun „Oʻzbekiston xalq rassomi“ unvoniga sazovor boʻlgan. Majmuaning kirish qismida moviy rangda tayyorlangan va gumbaz bilan yopilgan darvoza mavjud. Darvozaning har ikki qanoti boʻylab Xorazm milliy hunarmandchiligi uslubi boʻyicha tayyorlangan, oʻntadan jilo berilgan yogʻoch oʻyma ustun oʻrnatilgan. Old qsimida katta favvora, ichkari qismida esa yana uchta favvora qurilgan[3].

1999-yil noyabr oyida Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yillik sanasi nishonlangan. Shuningdek, „Jaloliddin Manguberdi“ ordeni taʼsis qilinib, uning nomidagi bogʻ-majmua va haykali barpo qilindi.

Yangi Jaloliddin Manguberdi majmuasi

tahrir

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2022-yil 29-avgust kuni Jaloliddin Manguberdining „yangi“ majmuasi Urganch shahrining Al-Xorazmiy va Islom Karimov koʻchalari kesishgan 8 gektarlik maydonda boʻlishi belgilangan. Shu kuni Shavkat Mirziyoyev Jaloliddin Manguberdi uchun yangi oʻrnatilgan 25 metrlik haykalning ochilish marosimida ham ishtirok etgan[4][5].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir