Janubiy Alichur tizmasi

Pomirning jan.dagi baland togʻ tizmasi (Tojikistonda)

Janubiy alichur tizmasi - Pomirning jan.dagi baland togʻ tizmasi (Tojikistonda). Uzunligi 150 km. Alichur vodiysi va Yashilkoʻl havzasi bilan Pomir vodiysi hamda Zoʻrkoʻl havzasi orasidagi suvayirgʻich. Tizmaning tepalari qoyalar, qirrali choʻqqilar va muzlik vodiylaridan iborat boʻlib, doimiy qor va muzliklar bilan qoplangan. Eng baland choʻqqisi 5706 m. J. A. t. granit, gneys, kristalli slanetslardan tarkib topgan. Oʻsimlik siyrak, yon bagʻirlarida shoʻra-shuvoq tipli baland togʻ-choʻl oʻsimliklari oʻsadi. Muzliklar bor.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil