Jazoir milliy futbol terma jamoasi
Jazoir milliy futbol terma jamoasi laqabi Les Fennecs (Fenek tulkilari), xalqaro futbol musobaqalarda Jazoir davlati sharafini himoya qiladi, Fédération algérienne de Football tomonidan boshqariladi. Jazoirning uy stadioni poytaxt Jazoirdagi 1962-yil 5-iyul stadionidir, terma jamoa bosh murabbiyi Bosniya va Gersegovinalik Vahid Halilhodžić. Terma jamoaga 1962-yil 1-yanvarda asos solingan, FIFAga 1964-yil 1-yanvarda aʼzo boʻlgan. FIFA Jahon chempionati 2014 musobaqasi guruh bosqichida Jazoir Janubiy Koreya darvozasiga 4ta gol kiritib jahon chempionatlari tarixida Afrika qitʼasi boʻyicha, bir oʻyinda 4ta gol urgan ilk jamoa boʻldi.
Tahallusi |
الأفناك (Fenek tulkilari الخُضر (Yashillar) محاربي الصحراء (Sahro jangchilari) | ||
---|---|---|---|
Assotsiatsiya | Jazoir Futbol Federatsiyasi | ||
Konfederatsiya | CAF (Afrika) | ||
Sub-konfederatsiya | UNAF (Shimoliy Afrika) | ||
Bosh murabbiy | Vahid Halilhodžić | ||
Sardor | Madjid Bougherra | ||
Eng koʻp oʻynagan futbolchi | Lakhdar Belloumi (101) | ||
Eng yaxshi toʻpurar | Abdelhafid Tasfaout (35) | ||
Uy stadioni | 1962-yil 5-iyul stadioni | ||
FIFA kodi | ALG | ||
| |||
FIFA Reytingi | |||
Hozirgi | 22 | ||
Eng yuqori | 19 (Noyabr 2012-Dekabr 2012) | ||
Eng past | 103 (Iyun 2008) | ||
Birinchi xalqaro oʻyin | |||
Tunis 1–2 FLN Algeria[1] (Tunis, Tunis; 1-iyun 1957)[1][2] Bolgariya 1–2 Jazoir ALG (Sofiya, Bolgariya; 6-yanvar 1963) | |||
Eng yirik gʻalaba | |||
ALG 15–1 Janubiy Yaman (Tripoli, Liviya; 17 Avgust 1973) | |||
Eng yirik magʻlubiyat | |||
Vengriya 9–2 Jazoir ALG (Budapesht, Mojariston; 16 Avgust 1967) | |||
Jahon chempionati | |||
Ishtiroki | 4 (Ilk marta 1982-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Nimchorak final, 2014 | ||
Afrika millatlar kubogi | |||
Ishtiroki | 14 (Ilk marta 1968-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Gʻolib 1990 | ||
Yozgi olimpiada oʻyinlari | |||
Ishtiroki | 1 (Ilk marta 1980-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Chorak final 1980 |
Jazoir jahon chempionatlariga 1982, 1986, 2010 hamda 2014-yillar chiqqan. Jazoir bir marta 1990-yili Afrika millatlar kubogining gʻolibi boʻlgan, oʻshanda Jazoir oʻsha musobaqaga mezbonlik qilgan edi.
Jazoirning anʼanaviy raqiblari Marokash, Tunis va Misr terma jamoalaridir.
Liboslar tarixi
tahrirJazoir terma jamoasining asosiy formasi oq rangli yashil bilan chetlari bezalgan, zaxira formasi esa yashil rangli oq bilan chetlari bezalgan.
Asosiy formasi
tahrirZaxira formasi
tahrirOʻyinchilar
tahrirHozirgi tarkib
tahrirQuyidagi futbolchilar FIFA Jahon chempionati 2014 musobaqasiga chaqirtirilgan va roʻyxatga olingan.